Alixonov ziyodullo akbaraliyevich ‘’alixonov akademiyasi’’ telegram:+998 93 788 16 56


 Odam genetikasini o‘rganish usullari haqida ma’lumot bering


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/59
Sana09.06.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1473585
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   59
Bog'liq
BIOLOGIYA 9 SINF 2023 \'\'ALIXONOV AKADEMIYASI\'\'

 
2. Odam genetikasini o‘rganish usullari haqida ma’lumot bering. 
Genetika fani bir qator usullardan foydalanadi:
Duragaylash. Bu usulning mohiyati chatishtirish natijasida olingan avlodlarda ota-ona 
belgilarining irsiylanishini o‘rganishdan iborat.
Sitogenetik. Ushbu usul qo‘llanilganda ota-ona belgilarining irsiylanishi bilan birga 
xromosomalarning holati maxsus mikroskoplar yordamida o‘rganiladi.
Molekular genetik. Mazkur usul orqali irsiyatning moddiy asosi bo‘lgan DNK va 
RNKning strukturasi va vazifasi o‘rganiladi.
Ontogenetik. Bu usul yordamida organizmlarning shaxsiy rivojlanish taraqqiyotida 
genotip va tashqi muhit omillarning ta’siri fenotipning namoyon bo‘lishiga qanday ta’sir 
qilishi o‘rganiladi. 
Genetik injeneriya. Bu usul yordamida bir organizmning noyob genlarini ikkinchi 
organizmga ko‘chirib o‘tkazish ishlari amalga oshiriladi.
3. So‘lak va oshqozon shirasining oziq moddalarga ta’sirini tajriba orqali tushuntirib 
bering 
Kerakli jihozlar va asboblar: shtativ, 4 ta probirka, pipetka; termometr, suyul- tirilgan 


ALIXONOV ZIYODULLO AKBARALIYEVICH 
‘’ALIXONOV AKADEMIYASI’’ TELEGRAM:+998 93 788 16 56 
kraxmal kleysteri, 10 ml suyultirilgan so'lak, xlorid kislotaning 0,1 % li eritmasi, yodning 
kuchsiz suvli eritmasi, suv hammomi, muz solingan idish
Ishni bajarish tartibi: probirkalarga 3 ml dan suyuq kraxmal kleysteri solinadi:
-1-probirka 37 °C li suv hammomiga joylashtiriladi; qolgan 3 ta probirkaga 3 ml dan 
suyultirilgan so'lak solinadi;
-2-probirka muz solingan idishga joylashtiriladi;
- 3-probirkaga 2-3 tomchidan xlorid kislota eritmasi tomizilib, suv hammomiga qo'yiladi; 
- 4-probirka suv hammomiga solinadi. 30 minut o'tgach, probirkalar olinib, ularning har 
qaysisiga 2-3 tomchidan yod eritmasi tomiziladi;
1-, 2-, 3-probirkalardagi aralashma ko'k rangga bo'yalishi qayd etiladi;
-1-, 2-, 3-probirkalardagi kraxmal yod ta'sirida ko'k rangga bo'yalganligi ko’rish mumkin;
-1-probirkaga so'lak solinmaganligi sababli kraxmal parchalanmaydi; 
-2-probirka muzli idishda turganligi uchun so'lak sovuq haroratda kraxmalni parchalamagan;
- 3-probirkaga xlorid kislota qo'shilganligi natijasida kislotali muhitda so'lak kraxmalga ta'sir 
etmaydi;
-4-probirkada iliq haroratda so'lak kraxmalni parchalaydi. 

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling