Alixonov ziyodullo akbaraliyevich ‘’alixonov akademiyasi’’ telegram:+998 93 788 16 56


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/59
Sana09.06.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1473585
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   59
Bog'liq
BIOLOGIYA 9 SINF 2023 \'\'ALIXONOV AKADEMIYASI\'\'

 
16-BILET 
1. Umurtqalilarning tayanch-harakat organlari ularning yashash muhiti bilan bog‘liq 
holda takomillashganini tushuntiring. 
Hayvonlarning harakatlanish organlari ularning yashash muhiti bilan bog‘liq holda 
takomillashib borgan. Harakatlanish tufayli tirik organizmlar sayyoramizning turli joylari 
(atmosfera, gidrosfera, litosfera)da tarqalgan. Umurtqali hayvonlarning harakatlanishi 
tayanch-harakatlanish sistemalarining rivojlanish darajasiga bog‘liq. Tayanch-harakatlanish 
sistemasiga skelet va muskullar kiradi. 
Baliqlar suv muhitida yashashga moslashgani sababli suzgichlari harakatlanish organi 
hisoblanadi. Baliqlarda toq (orqa, dum, anal) va juft (ko‘krak, qorin) suzgichlar rivojlangan 
Amfibiyalarning ko‘pchilik vakillarida ikki juft yurish oyoqlari rivojlangan. Oldingi 
oyoqlari yelka, bilak va panja Orqa oyoqlari son, boldir va tovon bo‘limlariga bo‘linadi.
Baqaning oldingi oyoqlari to‘rt barmoqli bo‘lib, beshinchi barmog‘i rivojlanmagan.
Orqa oyoqlarining besh barmoqlari orasida tarang tortilgan suzgich pardasi bo‘ladi 
Reptiliyalardan kaltakesakning oyoqlarida 5 tadan panjasi bo‘ladi. Oyoqlar tanaga ikki yon 
tomondan birikkan bo‘lganidan tanasini dast ko‘tarib turmaydi. Shuning uchun 
harakatlanayotgan kaltakesakning qorni yerda sudraladi; dumi yurishga yordam beradi.
Ilonlar va ba’zi kaltakesaklar (sariq ilon)da oyoq rivojlanmagan, ular gavdasini egib
qovurg‘alariga tayangan holda harakat qiladi. Kaltakesakning skeleti baqanikiga o‘xshasa-
da, bir qator o‘zgarishlar bilan farq qiladi. 


ALIXONOV ZIYODULLO AKBARALIYEVICH 
‘’ALIXONOV AKADEMIYASI’’ TELEGRAM:+998 93 788 16 56 
Qushlar havo muhitida yashashga moslashgani uchun suyaklari yengil, naysimon 
suyaklarning bo‘shlig‘i havo bilan to‘lgan, oldingi oyoqlari qanotga aylangan, orqa ikki 
oyog‘iga tayanib yerda yuradi. Qushlar uchganida qanot va dumidagi qoqish va boshqarish 
patlari bir-birining ustiga cherepitsa singari tushib, ko‘tarish yuzasini hosil qiladi. Qanot 
yelka, ikkita bilak (tirsak va bilak) va bir necha panjalardan tashkil topgan. 

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling