Sutemizuvchilarning harakatlanish organlari turlarga qarab har xil tuzilgan.
Ularning oyoqlari odatda ancha baquvvat va uzun bo‘lib, tanasi ostida joylashgan. Shuning
uchun ularning tanasi yerdan dast ko‘tarilib turadi. Sutemizuvchilarning barmoqlari uchida
muguz tirnoqlari yoki tuyoqlari bo‘ladi. Aksariyat turlarda to‘rtta oyoq bilan (it, bo‘ri,
qoramol, jirafa, ot); ba’zilari ikki oyoqlab (kenguru, odam), ba’zilari esa qanotlar
(ko‘rshapalaklar) orqali harakatlanadi
2. Genetikaning rivojlanish tarixi, shu sohada ilmiy tadqiqotlar olib borgan
o‘zbekistonlik olimlardan kimlarni bilasiz?
Genetika fani barcha tirik organizmlarni, bir-biriga qarama-qarshi lekin uzviy bog‘liq
bo‘lgan ikki xususiyati ya‘ni irsiyat va o‘zgaruvchanlik qonuniyatlarini o‘rganadi.
Genetika so‘zi – grekcha so‘zdan olingan bo‘lib ―Tug‘ilish, kelib chiqish‖ degan ma‘nolarni
anglatadi.
Bu fanga Chex olimi Gregor Mendel no‘xat o‘simligidagi turli chatishtirish metodi
yordamida asos slogan. U o‘z tajribalarini 1865 – yil ommaga taqdim etsada lekin uzoq vaqt
tan olinmadi.
1900 yilga kelib, uch yirik olim : G. de- Friz (Golandiyada lola qizg‘aldoqda), E.Chermak
(Avstriyada makkajo‘xorida) va K. Korrenslar (Germaniyada no‘xatda) lar qaytadan kashf
etishdi.
Genetika fanining rivojlanishiga xorijlik juda ko‘p olimlar o‘zlarining hissalarini
qo‘shishgan. O‘zbekistonda ham genetika sohasida ko‘plab olimlar ilmiy tadqiqot ishlarini
olib borishgan va genetika fanining rivojiga munosib hissa qo‘shishgan. Bu olimlarimiz
akademiklar J.A.Musayev, O.Jalilov, N.Nazirov, S.Mirahmedov, A.Abdukarimov,
Abdullaev va boshqalar.
3. Agar qora kalamushning tuxum hujayrasida autosoma xromosomalar soni 18 ta
bo‘lsa hamda embrional rivojlanishning maydalanish bosqichida hosil bo‘lgan
hujayralarda jami xromosomalar soni 38 912 taga yetgan bo‘lsa, embrion necha marta
Do'stlaringiz bilan baham: |