Aliyev o. A, Xo‘jamuratov b. «C++ da dasturlash» fanidan tajriba ishlarini bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma


Download 2.01 Mb.
bet9/27
Sana20.11.2023
Hajmi2.01 Mb.
#1787789
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27
Bog'liq
file8

Sinfni e’lon qilish.


Sinfni e’lon qilish uchun class kalitli so’zi, undan so’ng ochiluvchi figurali qavs, co’ng xossalar va usullari ro’yxati ishlatiladi. Sinfni e’lon qilish yopiluvchi figurali qavs va nuqtali vergul orqali yakunlanadi. Masalan, Mushuk sinfini quyidagicha e’lon qilish mumkin.
Class Mushuk
{
unsigned int itsYosh ;
unsigned int itsOgirlik ;
void Miyovlash()
}
Mushuk sinfini e’lon qilishda xotira zahiralanmaydi. E’lon qilish, kompilyatorga Mushuk sinfini mavjudligini, hamda unda qanday qiymatlar saqlashi mumkinligi (itsYosh, itsOgirlik) va u qanday amallarni bajarishi mumkinligi (Miyovlash() usuli) haqida xabar beradi. Bundan tashqari, bu e’lon qilish orqali kompilyatorga Mushuk sinfining o’lchami, ya’ni har bir Mushuk sinfi obyekti uchun kompilyator qancha joy ajratishi lozimligi haqida ham ma’lumot beradi. Masalan, joriy misolda butun qiymat uchun to’rt bayt talab qilinsa, Mushuk sinfi obyekti o’lchovi sakkiz bayt bo’ladi. (itsYosh o’zgaruvchisi uchun to’rt bayt, itsOgirlik o’zgaruvchisi uchun to’rt bayt). Miyovlash() usuli xotiradan joy ajratishni talab qilmaydi.

Obyektni e’lon qilish


Yangi turdagi obyekt xuddi oddiy butun sonli o’zgaruvchidek aniqlanadi. Haqiqatan ham ixtiyoriy butun sonli o’zgaruvchi quyidagicha aniqlanadi:
unsigned int MyVariable
//ishorasiz butun sonni aniqlaymiz
Cat sinfidagi obyekt esa quyidagicha aniqlanadi:
Mushuk Frisky //Mushuk obyektini aniqlaymiz.

Bu dasturiy kodlarda unsigned int tipidagi MyVariable nomli o’zgaruvchi va Mushuk sinfining Frisky nomli obyekti aniqlandi.


Ko’pgina hollarda sinf va obyekt tushunchalarini ishlatishda chalkashlikka yo’l qo’yiladi. Shuning uchun, obyekt sinfning biror bir ekzemplyari (nusxasi) ekanligini yana bir bor ta’kidlash joiz.

Download 2.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling