Aliyev shahzodning


-Rasm. a) Vohalar – madaniy landshaftlar. b) Karyerlar –buzilgan yerlar


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/14
Sana13.04.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1355640
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
Aliyev Shahzod

2-Rasm. a) Vohalar – madaniy landshaftlar. b) Karyerlar –buzilgan yerlar. 
Antropogen landshaftlar haqida so‘z borganda madaniy va buzilgan 
landshaftlar atamalari ko‘p ishlatiladi. Madaniy landshaft– jamiyat manfaatlarini 
ko‘zlab xususiyatlari inson tomonidan ilmiy asosda va oqilona o‘zgartirilgan 
landshaftlar. Ularga quyidagi eng muhim ikki sifat xos: 1) odamlarning yashashi 
uchun qulay, sog‘lig‘ini saqlashi, jismoniy va ma’naviy rivojlanishiga yordam 
beradigan muhit;2) yuqori mahsuldorlik va iqtisodiy samaradorlik. Bunda inson 
tomonidan landshaftlarning ichki imkoniyatini rivojlantirish, tabiiy jarayonlarni 
faollashtirish va landshaftlarning samaradorligini oshirish asosiy maqsad bo‘ladi. 
Respublikamizda uzoq yillardan buyon o‘zlashtirilib, obodon-lashtirib kelinayotgan 
vohalar – madaniy landshaftlardir.
Vohalarda atrofdagi cho‘l yoki tog‘ geotizimlariga nisbatan aholi yashashi 
uchun ekologik muhit qulay, xo‘jalik faoliyati esa bir necha barobar samaralidir. 
Buni quyidagilarda ko‘rish mumkin: Respublika aholisining qariyb 9/10 qismi 
vohalarda yashaydi. Sug‘oriladigan yerlar respublikamiz yer fondining 1/10 qismini 
tashkil etgani holda qishloq xo‘jaligida yetishtiriladigan mahsulotlarning qariyb 


18 
9/10 qismini beradi. Buzilgan landshaftlar bu umumiy tushuncha bo‘lib, aslida, 
landshaftlar biron tabiiy yoki antropogen ta’sirlar natijasida to‘liq buzilishga 
uchramaydi. Balki ularning tarkibiy qismlari – biron komponenti yoki ayrim 
qismlarida kuchli o‘zgarish, buzilish ro‘y beradi. Shuning uchun “buzilgan yerlar” 
deb ifodalangani ma’qul.
Buzilgan yerlar – inson faoliyati va tabiiy jarayonlar oqibatida xo‘jalik 
qiymatini yo‘qotgan, yaroqsiz yoki kam yaroqli holga kelgan, tuproq-o‘simlik 
qoplamining va gidrologik rejimining o‘zgarishi, texnogen relyefning vujudga kel 
tirilishi munosabati bilan atrof-muhitga salbiy ta’sir manbayi bo‘lgan, yoqimsiz 
manzarali hududlar.
Ular tuproq, suv, havoning ifloslanish manbayi hisoblanadi, odamlarning 
yashash va mehnat faoliyati muhitini murakkablashtiradi. Bunday yerlar, ko‘pincha, 
insonning tabiatga nooqilona ta’siri natijasida vujudga keladi. Ekin dalalaridagi 
jarlar, suvomborlariyonidagi botqoqlar, konchilik sanoati hududlaridagi surilmalar, 
o‘pirilishlar va tashlamalar, chiqindixonalar va h.k.
Ularni qayta tiklash ishlariga juda katta mablag‘ talab qilinadi. 
Respublikamizda hozirgi paytda bunday yerlarda yaylovlar, bog‘lar, ko‘llar, 
rekreatsiya maskanlari barpo etilib, xo‘jalikda foydalanilmoqda. Antropogen 
omilning tabiatga bo‘ladigan ta’sirining bir ko‘rinishi texnika ta’siri bo‘lib, 
texnikaning tabiat bilan o‘zaro tutashib ketishi natijasida yaxlit tabiiy-texnik tizimlar 
vujudga keladi. Ularni fanda geotextizimlar deb yuritiladi. Geotextizim tabiiy-texnik 
tizimlarning alohida o‘ziga xos geografi k xili; texnika va tabiat, yoki tabiiy va 
texnik kichik tizimlarning uyg‘unligi tushuniladi va tizimning bir butunligi 
tushunchasi alohida ahamiyat kasb etadi. Geotextizimlarga misol tariqasida 
suvomborlari, yirik kanallar, sug‘oriladigan ekin maydonlari, turli xil zavod va 
fabrikalar, ular joylashgan landshaftlar hamda yon atrofdagi o‘zaro aloqada bo‘lishi 
mumkin bo‘lgan landshaftlarni aytish mumkin.
Geotextizimlarda ularning texnik qismida ro‘y beradigan jarayonlar bilan 
landshaftda yuz beradigan jarayonlar o‘zaro jadal kirishib ketgan bo‘ladi. Masalan, 
sug‘orib dehqonchilik qilinadigan landshaftlarda o‘simlik, tuproq kabi 


19 
komponentlarning xususiyatlari texnika yordamida inson tomonidan belgilanib
sozlanib turiladi. O‘z navbatida, sug‘orish tizimining rejimi esa landshaftning holati 
bilan belgilanadi, ya’ni boshqariladigan geotextizimdagi aloqadorliklar to‘g‘ri va 
teskari aloqalar yordamida hosil bo‘ladi.
Bunday hollarda texnika yordamida boshqari ladigan obyekt sifatida 
landshaftning biotik komponentlari, suv va hokazolar xizmat qiladi. Buni 
respublikamizdagi ko‘plab kanallar yoki suvomborlar misolida ko‘rish mumkin. 
Geotextizimlar faqat kanallar yoki suvomborlardagina emas, balki yirik sanoat 
obyektlari atrofi da ham shakllanishi mumkin. Bunday geotextizimlarda kichik 
tizimlar sifatida tabiat, ya’ni landshaft bilan sanoat obyekti o‘zaro aloqa va ta’sirda 
bo‘ladi.
Asosiy aloqalar esa yana suv yoki havo orqali amalga oshadi. 
Geotextizimlarning texnika qismi vazi-fasini turli xil issiqlik elektr stansiyalari, 
tog‘-kon metallurgiya kombinatlari, yirik qazilma konlar va boshqalar bajarishi 
mumkin.[15] 


20 

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling