Aliyev shahzodning


TABIATNI MUHOFAZA QILISHNING GEOGRAFIK


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/14
Sana13.04.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1355640
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Aliyev Shahzod

5.TABIATNI MUHOFAZA QILISHNING GEOGRAFIK 
ASOSLARI 
Aholining tez ko‘payishi va fan-texnika taraqqiyoti munosabati bilan 
jamiyatning tabiatga ta’siri tobora kuchaymoqda.
Bu ta’sir ham ijobiy, ham salbiy oqibatlarga olib kelmoqda. Shu tufayli 
tabiatni muhofaza qilish, inson uchun qulay ekologik muhitni saqlash va tabiiy 
resurslardan oqilona foydalanish – eng dolzarb masalalardan bo‘lib qolmoqda. 
Tabiatni muhofaza qilish deganda, tabiatni insoniyat manfaatlarini ko‘zlab 
saqlashga va ongli ravishda o‘zgartirishga, uning mahsuldorli- gini saqlab qolishga, 
hamda resurslaridan oqilona foydalanishga qaratilgan barcha turdagi tadbirlar 
tushuniladi. Bu tadbirlar davlat va nodavlat tashkilotlar tomonidan amalga 
oshiriladi.
Tabiatni muhofaza qilishning eng asosiy masalalari – atrof-muhit 
ifloslanishining oldini olish va barcha turdagi tabiiy resurslar: suv, yer, iqlim, 
o‘simlik, hayvonot resurslari hamda qazilma boyliklardan oqilona va isrof qilmay 
foydalanish. Tabiatni muhofaza qilishning ikki xil yo‘li mavjud. Birinchisi, alohida 
muhofaza etiladigan hududlar ajratilib, u yerdagi tabiiy landshaftlaryoki noyob 
tabiat yodgorliklarini saqlab qolish, ayrim turdagi o‘simlik va hayvonlarni saqlash 
va ko‘paytirish tadbirlari amalga oshiriladi.
Ikkinchisi, keng qamrovli bo‘lib, tabiatni undan xo‘jalik maqsadlarida 
foydalanish jarayonida muhofaza qilishni o‘z ichiga oladi. 
 Alohida muhofaza etiladigan hududlar – tabiatni muhofaza qilish, 
sog‘lomlashtirish, rekreatsiya, tarixiy-madaniy maqsadlar uchun ajratilgan yer va 
suv (akvatoriya) maydonlari hisoblanadi. Ularga milliy bog‘lar, qo‘riqxonalar, 
biosfera rezervatlari, buyurtmaxonalar kiradi.
Milliy bog‘ – alohida muhofaza etiladigan hududlarning eng yirik shakli 
bo‘lib, ilmiy, madaniy, estetik yoki tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan tabiat 
komplekslarini, nodir tabiat obyektlari, xushmanzara landshaftlarini saqlash uchun 
tashkil qilinadi va tabiatni muhofaza qilishning maxsus rejimi bilan saqlanadi. Milliy 


21 
bog‘lar xorijiy mamlakatlarda hududlarni muhofaza qilishning asosiy shaklidir. 
«Milliy» so‘zi mazkur hududning xususiy mulk emas, balki butun millatga qarashli 
ekanligini bildiradi va muhofaza tadbirlari davlat tomonidan amalga oshiriladi. 
Milliy bog‘ hududi foydalanish va muhofaza qilish rejimi turlicha bo‘lgan 
maydonlarga – zonalar (qo‘riqxona, buyurtmaxona, tabiat yodgorliklari, dam olish 
zonasi va boshqalar)ga bo‘lib qo‘yiladi. Shunday qilib, tabiiy bog‘larni tashkil 
qilishda bog‘ maydoni, tabiiy sharoiti (relyef, o‘simlik)ni hisobga olish zarur. Bu esa 
bog‘ tabiiy landshaftlarini uzoq muddat saqlashga imkon beradi. Respublikamizda 
3 ta milliy bog‘ mavjud. Bular: Ugom–Chotqol va Zomin davlat milliy tabiat 
bog‘lari hamda Do‘rmon tabiat bog‘i.[1] 

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling