Aliyev shahzodning
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Aliyev Shahzod
- Bu sahifa navigatsiya:
- ALIYEV SHAHZODNING TABIATDAN FOYDALANISHNING GEOGRAFIK ASOSLARI FANIDAN “Tabiat va jamiyat
- XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
- KIRISH Mavzuning dolzarbligi.
1 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA`LIM FAN VA INOVATSIYALAR VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI TABIIY FANLAR FAKULTETI GEOGRAFIYA TA`LIM YO`NALISHI 4-BOSQICH G119-GURUH TALABASI ALIYEV SHAHZODNING TABIATDAN FOYDALANISHNING GEOGRAFIK ASOSLARI FANIDAN “Tabiat va jamiyat” MAVZUSIDA YOZGAN TerDU____2022-2023 Topshirdi: _________________ Qabul qildi: _________________ 2 REJA: KIRISH 1.“Tabiat” va “Jamiyat” tushunchalarining ilmiy talqini. 2.Jamiyat va tabiat o`rtasidagi munosabatlar. 3.Jamiyatning tabiatga ta`sirining bosqichlari. 4.Antropogen landshaftlar va ularning turlari. 5.Tabiatni muhofaza qilishning geografik asoslari. XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 3 KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Tabiat insonlarning moddiy va ma’naviy talablarini qondiruvchi manbadir. Tabiat – bu butun moddiy borliqdir. Tabiat va jamiyat bir- biri bilan chambarchas bog‘langan yaxlit borliqning ikki bo‘lagini tashkil etadi. Tabiat va jamiyatning umumiy belgilari bilan bir qatorda o‘ziga xos tomonlari ham bor. Butun ijtimoiy hayot, ishlab chiqarish, inson va ongi tabiat qonunlariga bo‘ysunadilar. Bu borada jamiyat tabiatning bir qismi, uning sotsial mohiyatini aks ettiradi. Jamiyat va tabiat turli yo‘nalishlarda doim muloqotda bo‘ladi. Tabiiy muhitsiz jamiyat yashay olmaydi. Hayot insonni tabiat bilan bog‘laydi. Insonni yashashi uchun zarur bo‘lgan barcha narsalar – ozuqa, kiyim, qurilish materiallari va boshqalar tabiatdan olinadi. Jamiyatda foydalaniladigan barcha narsalar ikki element: tabiat mahsuloti va mehnat natijasida hosil bo‘ladi. Jamiyat rivojlanishining turli bosqichlarida uning tabiatga bo‘lgan munosabati o‘zgarib brogan. Ibtidoiy jamoa tuzumida insoniyat tabiatga sezilarli ta’sir o‘tkazmagan. Quldorlik tuzumida dehqonchilik va chorvachilikning vujudga kelishi tabiatga ta’sirning keskin kuchayishiga olib keldi. Feodalizm tuzimida mehnat vositalarinig takomillashuvi, aholi sonining ortib borishi natijasida insonning ta’sir doirasi va sur’ati o‘sib brogan. Kapitalistik ijtimoiy-iqtisodiy tuzum qaror topishi bilan fan va texnika rivoji, sanoat, transportning vujudga kelishi, tabiiy boyliklarning tezkor o‘zlashtirilishi tabiatga ta’sirning yuqori darajasiga yetkazdi. Atrof muhitning zararli chiqindilar bilan ifloslanishi muammosi kelib chiqdi. Tabiat va jamiyat o‘rtasida o‘ziga xos antrapogen moddda va energuya almashinuvi, ya’ni xom-ashyolarni tabiatdan ortig‘i bilan olinishi va zararli chiqindi holiday atrof muhitga tashlanishi tabiat va jamiyat o‘rtasidagi azaliy muvozanatning buzilishiga olib keldi. Tabiat va jamiyat munosabatlarining rovijlanishida biogen, antropogen va texnogen bosqichlar ajratiladi. Tabiat boyliklari va ularning inson uchun ahamiyati. Inson o‘zining kundalik ehtiyojlarini qondirish maqsadida tabiat boyliklaridan foydalanishga majbur. Tabiat boyliklarini beshta asosiy guruhga 4 ajratish mumkin: mineral, iqlimiy, suv, yer va biologik boyliklar. Aholining yashashi uchun rudali va noruda mineral bioliklar zarur. Ularsiz jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini tasavvur etish qiyin. Rudali foydali qazilmalarga temir, mis, olmos, oltin, uran va boshqalar, noruda mineral boyliklarga oltingugurt, neft, gaz, fosforit va boshqalar kiradi. Insoniyatning rekreatsion resurslarga va, ayniqsa, qishloq xo‘jalik mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish uchun iqlimiy boyliklarning ahamiyati beqiyos. Shuning uchun odamlar qadimdan tabiiy-iqlimiy sharoiti qulay bo‘lgan hududlarga joylashganlar. Xo‘jalikda eng ko‘p foydalaniladigan tabiat boyligi suv hisoblanadi . «Suv bor joyda hayot bor», «suv tugagan joyda hayot tugaydi» degan xalq maqollari suvning bebaho mineral boylik ekanligidan dalolat beradi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling