Aliyev shahzodning


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/14
Sana13.04.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1355640
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Aliyev Shahzod

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



2.JAMIYAT VA TABIAT O`RTASIDAGI MUNOSABATLAR 
Inson o‘z hayoti davomida ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan moddiy narsalarning 
barchasini tabiatdan oladi. U tabiat bilan o‘zaro chambarchas bog‘langan. Fan-
texnika rivojlangani sari insonning mehnat qurollari takomillashib boradi.
Natijada u o‘zini o‘rab turgan tabiatning xususiyatlarini o‘zgartirib, o‘ziga xos 
“muhit” yaratadi. Shuning uchun, jamiyat va tabiat munosabatlari haqida gapirganda 
tabiiy muhit, geografik muhit, atrof-muhit, texnogen muhit kabi tushunchalar 
qo‘llaniladi.
Tabiat – bizni o‘rab olgan borliq, olam. Tabiat vaqt va fazoda cheksizdir
to‘xtovsiz ravishda harakatda, rivojlanishda va o‘zgarishda bo‘ladi. Jamiyat ham 
tabiatning, moddiy olamning o‘ziga xos bir bo‘lagidir.[10] 
Tabiiy muhit – tabiiy jism va moddalarning, nimanidir yoki kimnidir o‘rab 
turuvchi, uning hayotiy faoliyati kechadigan tabiiy sharoit yoki tabiiy sharoitlar 
mujassamligi.
Geografik adabiyotlarda mazkur tushuncha, ko‘pincha, geografi k qobiqning 
inson va uning xo‘jalik faoliyatini o‘rab turgan qismiga nisbatan ishlatiladi.
Geografik muhit – jamiyatni o‘rab turgan tabiiy sharoit; ijtimoiy ishlab 
chiqarishning muayyan tarixiy bosqichida tabiatning jamiyat bilan o‘zaro ta’sirda 
bo‘ladigan bir qismi.
Geografik muhit jamiyat taraqqiyotining doimiy va zaruriy sharoitlaridan biri, 
u mehnat taqsimotiga va xo‘jalik tarmoqlarining joylashishiga faol ta’sir etadi. O‘z 
navbatida, jamiyat ham geografik muhitga ta’sir ko‘rsatadi. Jamiyat rivojlanib 
borgani sari geografik muhit doirasi o‘zgarib, kengayib boradi.
Texnogen muhit – aholini o‘rab turgan atrof-muhitning bir qismi bo‘lib, 
inson tomonidan yaratilgan obyektlar, jism va moddalar tushuniladi. Jamiyat 
rivojlanib borgan sari texnogen muhit takomillashib boradi. [16] 
Atrof-muhit – aholini o‘rab turgan tabiiy va texnogen muhitni qamrab olgan 
yashash va mehnat qilish sharoiti. Jamiyat bilan tabiat o‘rtasidagi ta’sir va 
munosabatlar makon va zamonda o‘zgarib, xilma-xillashib boradi. Inson faoliyati 
maqsadga to‘g‘ri yo‘naltirilgan bo‘lsa, tabiatdan oqilona foydalanish shu joy, hudud, 



o‘lkaning yashnashiga olib kelgan. Aks ta’sir esa, noqulay sharoitning kelib 
chiqishiga sabab bo‘ladi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling