Aliyev shahzodning
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Aliyev Shahzod
Buyurtmaxona – ayrim tabiiy obyektlar va landshaftlarni saqlab qolish,
takror ko‘paytirish va tiklash uchun mo‘ljallangan muhofaza etiladigan tabiiy hudud yoki suv havzasi. Ularning hududida ayrim tabiiy resurslardan foydalanishga, tabiatga kuchli ta’sir ko‘rsatmaydigan xo‘jalik faoliyatiga ruxsat beriladi. Qo‘riqxonalardan farq qilib, buyurtmaxonalarning maydonlari yer fondidan ajratib olinmaydi. Buyurtmaxonalar doimiy va vaqtincha bo‘ladi. Vaqtincha buyurtmaxonalar ko‘pincha ovchilik xo‘jaliklarida ov qilinadigan hayvon va qushlarning sonini tiklash va ko‘paytirish maqsadida ma’lum muddatga tashkil qilinadi. Muhofaza qilinayotgan turlarning o‘rtacha soni tiklangandan keyin cheklov bekor qilinadi va buyurtmaxona yana ov qilinadigan joyga aylanadi. Keyingi yillarda botanik, zoologik, geologik, ixtiologik, ornitologik va boshqa xil buyurt- maxonalar tashkil qilinmoqda. Tabiat yodgorliklari – jonli va jonsiz tabiat yaratgan noyob, diqqatga sazovor obyektlar: g‘orlar, sharsharalar, ajoyib shaklli qoyatoshlar, daralar, geyzerlar, buloqlar, relyefning g‘aroyib shakllari, geologic ochilib qolgan joylar, katta yoshli ulkan daraxtlar va boshqalar. Tabiat yodgorliklari milliy bog‘, qo‘riqxona va buyurtmaxonalardan farq qilib, asosan, muhofazaga olingan ayrim nodir tabiiy yoki antropogen obyektlardir. Tabiat yodgorliklarining ko‘zga yaqqol tashlanib turadigan xo‘jalik ahamiyati bo‘lmasligi mumkin, lekin ulardan ilmiy, estetik, rekreatsiya, sayohat, turizm, istirohat, tarbiyaviy maqsadlarda foydalaniladi. Shuning uchun ham ularni muhofaza qilish zarur. Tabiat yodgorliklarini umumiy xususiyatiga qarab geologik-geomorfologik, botanik, paleontologik, astronomik va landshaft yodgorliklariga bo‘linadi. Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish murak-kab tadbirlar tizimi bo‘lib, ularni oqilona tashkil etish uchun 23 quyidagi geografik-ekologik tamoyillarga amal qilinadi. Geotizimlarda jonli va jonsiz tabiat o‘rtasidagi o‘zaro ekologik muvozanat tamoyiliga ko‘ra, har bir tabiiy chegaralangan hududda jonliva jonsiz tabiat orasida shunday teng munosabat mavjudki, bunda ular bir-biri bilan muayyan tabiiy muvozanatda bo‘ladi. Lekin, ulardan birining tashqi ta’sir natijasida buzilishi uzoq muddatli muvozanatni izdan chiqishiga olib keladi. Ekologik muvozanat tabiatda juda ham mo‘rt bo‘lib, ko‘p hollarda o‘simlik olamining qashshoqlanishi, suv maromining buzilishi va tuproq qoplamining yemirilishi bilan bog‘liq. Ekologik muvozanat barqarorligi geotizimlarning qaysi taksonomik pog‘onadaligiga bog‘liq. Masalan, ekologik muvozanat landshaftda joyga nisbatan, joyda esa urochishega nisbatan, urochisheda esa fatsiyaga nisbatan barqaror hisoblanadi. Inson mehnat faoliyatining ekologik jihatdan tozalik tamoyiliga asosan ishlab chiqarish jarayonida va kundalik turmushda vujudga kelayotgan turli chiqindilarni atrof-muhitga tashlashdan oldin ularni toza lab, butunlay zararsizlantirish lozim. Ushbu tamoyilning amaliyotga tatbiq etilishi ekologik xavfsizlikni ta’minlash, aholi sog‘lig‘ini mustahkamlash, kasallik keltirib chiqaruvchi va tarqatuvchi manbalarni yo‘qotish va shu kabi ekologik muammolarning oldini olishda yuqori samara beradi. Tabiiy resurslardan me’yorga yarasha foydalanish tamoyili tabiiy resurslarning ma’lum miqdorga egaligi, ularning o‘z miqdori va foydalanish me’yori mavjud ekanligiga asoslanadi. Ushbu me’yorga amal qilmaslik ularning qashshoqlanishi va ifl oslanishiga, modda va energiya almashinuvining buzilishiga sabab bo‘ladi. Natijada geotizimlarning ekologik muvozanati buzilib, o‘zgarishiga olib keladi, tabiiy resurslardan foydalanish jarayonini murakkablashtiradi, sun’iy taqchilliklarga sabab bo‘ladi. Masalan, dehqonchilikda suvdan ortiqcha foydalanish tog‘oldi va yuqori terrasa landshaftlarida eroziya, suffoziya, karst, surilma kabi tabiiy geografik jarayonlarni tezlashtiradi yoki yuzaga keltiradi. Quyi terrasalardagi landshaftlarda esa suv tanqisligi, botqoqlanish, flora va faunaning kamayishi kabi ko‘plab ekologik, iqtisodiy-ijtimoiy muammolarni keltirib chiqaradi. Axborotning to‘liqligi tamoyili. Geotizimlarning xususiyatlari va rivoj lanishi haqida mutlaqo ishonchli, ilmiy asoslangan ma’lumotga ega 24 bo‘lmasdan, uni o‘zlashtirishga urinib, osongina zarar keltirish mumkin. Geotizimlar haqida aniq ma’lumotlarga ega bo‘lmay turib, amalga oshirilgan tadbirlar oqibatida tabiatda muayyan o‘zgarishlar ro‘y beradi, tabiatning aks ta’siri unga bo‘lgan ta’sir hajmidan bir necha barobar oshib ketishi mumkin. Masalan, Orol va Orolbo‘yidagi ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy muammolar. Xilma-xillikning zarurligi tamoyili. Tabiatni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish tadbirlarini qo‘llayotganda turli usullar, ayniqsa, biologik xilma-xillikga, asosan, mahalliy elementlarga katta e’tibor berish kerak. Chunki, o‘simliklar eroziya, sel, ko‘chki kabi jarayonlarning oldini olish da va geotizimlarning barqarorligini ta’minlashda eng muhim omil hisoblanadi. Ayniqsa, antropogen landshaftlar bir xil ekinlardan iborat bo‘lib qolsa (masalan, paxta, sholi, bug‘doy, makkajo‘xori) ob-havodagi ozgina o‘zgarish yoki ayrim kasallik va zararkunandalar bunday landshaftlarni birdaniga xarob qilishi mumkin. Tabiatni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanishda bunday holatlarni hisobga olish zarur. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling