Aliyev shahzodning
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Aliyev Shahzod
25 XULOSA Xulosa o`rnida shuni aytish joizki atrof muhitni optimallashtirish inson va tabiat hamkorligini oqilona tashkil yetish tamoyilini amaliyotga tadbiq yetishga doir asosiy yo`nalishlardan biridir. Atrof muhitni optimallashtirish vazifalarini tabiatni maqsadli yo`nalishda o`zgartirish hamda insoning tabiatga ta`sirini cheklash va tartibga solish tashkil yetadi. Optimallashtirishning har ikkala vazifasi tabiatdan oqilona foydalanish jarayonida muvofiqlashtirilgan bo`lishi lozim. Fan-texnika taraqqiyoti sharoitlarida insonning tabiiy muhitga ta`siri tobora kuchayib borayotganligi tufayli uning hayotiy va ishlab chiqarish faoliyati uchun xavfli ekologik vaziyatlar vujudga kelmoqda. Shu sababali jamiyat oldida nafaqat tabiiy resurlardan katta miqdorda foydalanish, balki fan va texnika yutuqlaridan foydalangan holda atrof tabiiy muhitni himoya qilish bo`yicha ilmiy asoslangan tadbirlarni muntazam va uzluksiz bo„lishini ta‟minlash vazifalari ham turibdi. Endilikda atrof-muhit sifatini ta‟minlashga qaratilgan tadbirlar tizimini belgilashga o`tilmoqda. Atrof-muhit sifati yesa jamiyatning iqtisodiy manfaatlarini hamda tabiat va insonning ekologik himoyasi talablarini mutanosib holda tartibga solish yo`li bilan ta`minlanadi. Jamiyat va tabiat o`rtasidagi o`zaro tasir jarayonlarini bunday tartibga solib turish usuli atrof muhit sifatini boshqarish deb nom olgan. Atrof muhit sifatini boshqarish jamiyatning iqtisodiy va yekologik manfaatlari orasida optimal nisbat bo„lishini taminlashga qaratilgan. Bunday optimal nisbat mavjud bo`lganda insonning moddiy va ma`naviy ehtiyojlari iqtisodiyotni yanada rivojlantirish asosida qondirilgan holda u yashaydigan sog`lom, mahsuldor va xilma-xil tabiiy muhitni saqlash imkoniyati bo`ladi. Keyingi yillarda tabiatni muhofaza qilish, optmallashtirish so„zlari o„rnida “barqaror rivojlanish” termini tobora ko`proq qo`llanilmoqda. 26 1992-yilda Rio–deJaneyro shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiliti (BMT)ning atrof muhit muhofazasi bo„yicha o„tkazilgan butunjahon anjumanidan keyin bu termin ayniqsa keng ilmiy muomalaga kirdi. “Barqaror rivojlanish”ga ko`plab tariflar berilgan bo„lsada, ular mazmun- mohiyatiga ko`ra bir–biriga juda yaqin. Barqaror rivojlanish tabiatda yekologik muvozanatni buzmasdan insoniyatning hozirgi davr talab va ehtiyojlarini qondirishi hamda kelajak avlodlar uchun xavf – xatar tug`ilmasligini ta`minlashni taqoza yetadi. Barqaror rivojlanishning asosida “jamiyat – tabiat” sistemasining o`zaro tasiri yotadi, shu sababli ham unda ekologik, iqtisodiy – sotsial muammolar birgalikda tahlil qilinadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling