Aliyev shahzodning


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/14
Sana13.04.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1355640
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Aliyev Shahzod

3. Sanoat inqilobi davri – jamiyatning o‘z moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini 
qondirish maqsadida tabiatdan ayovsiz foydalanadigan hayot tarzi. Bu davr XVIII 
asrdan boshlangan bo‘lib, asosiy xususiyatlari: 1784- yil bug‘ mashinasining 
yaratilishi bilan “sanoat inqilobi”, XX asrning o‘rtalarida esa – “Yashil inqilob”, 
ya’ni qishloq xo‘jaligida tub burilish amalga oshirildi va bu “inqilob”lar keyinchalik 
geotizimlarda ekologik tanglikni keltirib chiqardi; inson eng asosiy “geologik 
kuch”ga aylandi; regional miqyosdagi geoekologik muammolar tarkib topdi; tabiiy 
muhitga kuchli ta’sir ko‘rsatildi.
Jamiyatning tabiatga ta’siri kuchaydi. Tabiiy landshaftlar tez sur’atlarda 
o‘zgara boshlandi. Buyuk geografik kashfi yotlar tufayli boshqa qit’alar ham 
o‘zlashtirila boshladi. Sanoat rivojlangani sayin jamiyatning tabiatga ta’siri ham 
ortib bordi.
Jamiyatning ehtiyojini qondirish, turmush darajasini ko‘tarish, kun sayin ortib 
borayotgan harbiy xarajatlarni qoplash maqsadida tabiat bag‘ridan uning boyliklari 
ayovsiz, pala-partish «yulib olindi». Bu davr ko‘pgina mamlakatlarda hozir ham 
davom etmoqda. 
4. Fan-texnika inqilobi davri – jamiyatning tabiiy resurslardan oqilona 
foydalanish va mavjud tabiiy muhitni saqlab qolish darajasidagi hayot tarzi. Bu davr 


12 
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlandi. Bu davrda: ekologik bilim, ong, madaniyat 
shakllandi va rivojlandi; ekologik tashkilotlar tuzila boshladi; aholi soni juda tez 
o‘sdi va inson ilm bilan “qurollandi”, ya’ni «fan-texnika inqilobi» amalga oshirildi; 
fazoni o‘zlashtirish boshlandi;
Mendeleyev davriy sistemasidagi barcha elementlardan foyda-lanildi va 
tabiatga “begona” bo‘lgan sun’iy birikmalar paydo bo‘ldi; tabiat qonunlari ijtimoiy 
qonunlarga moslashtirilmoqchi bo‘lindi; geo ekologik vaziyat inqirozli hududlar va 
global geoekologik muammolar vujudga 
keldi; tabiat komponentlarining barchasiga kuchli ta’sir etildi. Shu bilan birga, bu 
davrda suv, tuproq, o‘simlik va hayvonlar muhofazasiga ham alohida e’tibor 
qaratildi, ixtisoslashtirilgan ekologik qonunlar qabul qilindi. 
Ayniqsa, respublikamiz mustaqillikka erishganidan so‘ng ushbu qonunlar 
xalqaro andozalarga moslashtirildi va ekologik qonunchilik ta’lim tizimida o‘qitila 
boshlandi. «Atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologiya davlat qo‘mitasi» tashkil 
etildi, davlatning ekologik boshqaruv va nazorat tizimi yuzaga keldi.
Demak, bu davr nisbatan eng qisqa davom etgan bo‘lib, geotizimlarning eng 
kuchli o‘zgarganligi bilan ajralib turadi. 
Fan va texnikaning yuksak darajada rivojlanishi munosabati bilan tabiiy 
resurslar juda katta miqyos da o‘zlashtirila boshlandi. Katta-katta hududlar qishloq 
xo‘jaligi maq sadida o‘zlashtirildi, ulkan zavodlar qurildi, cho‘llar, shimoliy 
o‘lkalar, tog‘lar, hamda Dunyo okeani o‘zlashtirildi va ekologik muvozanat buzi la 
boshladi.
Turli shakl va miqyosdagi geoekologik muammolar ning tarkib topishi va 
tabiiy 
ofatlarning 
kuchayishi 
jamiyat 
qonunlarini 
tabiat 
qonunlariga 
uyg‘unlashtirishni taqozo etmoqda. 

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling