Aliyev shahzodning
TABIATNI MUHOFAZA QILISHNING GEOGRAFIK
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Aliyev Shahzod
- Bu sahifa navigatsiya:
- Alohida muhofaza etiladigan hududlar
5.TABIATNI MUHOFAZA QILISHNING GEOGRAFIK
ASOSLARI Aholining tez ko‘payishi va fan-texnika taraqqiyoti munosabati bilan jamiyatning tabiatga ta’siri tobora kuchaymoqda. Bu ta’sir ham ijobiy, ham salbiy oqibatlarga olib kelmoqda. Shu tufayli tabiatni muhofaza qilish, inson uchun qulay ekologik muhitni saqlash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish – eng dolzarb masalalardan bo‘lib qolmoqda. Tabiatni muhofaza qilish deganda, tabiatni insoniyat manfaatlarini ko‘zlab saqlashga va ongli ravishda o‘zgartirishga, uning mahsuldorli- gini saqlab qolishga, hamda resurslaridan oqilona foydalanishga qaratilgan barcha turdagi tadbirlar tushuniladi. Bu tadbirlar davlat va nodavlat tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Tabiatni muhofaza qilishning eng asosiy masalalari – atrof-muhit ifloslanishining oldini olish va barcha turdagi tabiiy resurslar: suv, yer, iqlim, o‘simlik, hayvonot resurslari hamda qazilma boyliklardan oqilona va isrof qilmay foydalanish. Tabiatni muhofaza qilishning ikki xil yo‘li mavjud. Birinchisi, alohida muhofaza etiladigan hududlar ajratilib, u yerdagi tabiiy landshaftlaryoki noyob tabiat yodgorliklarini saqlab qolish, ayrim turdagi o‘simlik va hayvonlarni saqlash va ko‘paytirish tadbirlari amalga oshiriladi. Ikkinchisi, keng qamrovli bo‘lib, tabiatni undan xo‘jalik maqsadlarida foydalanish jarayonida muhofaza qilishni o‘z ichiga oladi. Alohida muhofaza etiladigan hududlar – tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya, tarixiy-madaniy maqsadlar uchun ajratilgan yer va suv (akvatoriya) maydonlari hisoblanadi. Ularga milliy bog‘lar, qo‘riqxonalar, biosfera rezervatlari, buyurtmaxonalar kiradi. Milliy bog‘ – alohida muhofaza etiladigan hududlarning eng yirik shakli bo‘lib, ilmiy, madaniy, estetik yoki tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan tabiat komplekslarini, nodir tabiat obyektlari, xushmanzara landshaftlarini saqlash uchun tashkil qilinadi va tabiatni muhofaza qilishning maxsus rejimi bilan saqlanadi. Milliy 21 bog‘lar xorijiy mamlakatlarda hududlarni muhofaza qilishning asosiy shaklidir. «Milliy» so‘zi mazkur hududning xususiy mulk emas, balki butun millatga qarashli ekanligini bildiradi va muhofaza tadbirlari davlat tomonidan amalga oshiriladi. Milliy bog‘ hududi foydalanish va muhofaza qilish rejimi turlicha bo‘lgan maydonlarga – zonalar (qo‘riqxona, buyurtmaxona, tabiat yodgorliklari, dam olish zonasi va boshqalar)ga bo‘lib qo‘yiladi. Shunday qilib, tabiiy bog‘larni tashkil qilishda bog‘ maydoni, tabiiy sharoiti (relyef, o‘simlik)ni hisobga olish zarur. Bu esa bog‘ tabiiy landshaftlarini uzoq muddat saqlashga imkon beradi. Respublikamizda 3 ta milliy bog‘ mavjud. Bular: Ugom–Chotqol va Zomin davlat milliy tabiat bog‘lari hamda Do‘rmon tabiat bog‘i.[1] Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling