Aliyev shahzodning


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/14
Sana13.04.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1355640
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Aliyev Shahzod

Qo‘riqxona – har qanday xo‘jalik faoliyati taqiqlangan, tabiat komponentlari 
va landshaftlar qonun asosida qat’iy muhofazaga olingan joy. Qo‘riqxona tabiatni 
muhofaza qilishning eng samarali shakllaridan biri. Alohida muhofaza etiladigan 
hududlar orasida qo‘riqxonalar muhim rol o‘ynaydi. Ularning asosiy vazifasi – 
tabiati o‘zgarmagan yoki kam o‘zgargan hududlarni, qimmatli landshaftlarini 
jamiyat manfaatlari uchun saqlashdan iborat. Qo‘riqxona hududidan xo‘jalikda 
foydalanish, hatto, pichan tayyorlash, ov qilish, baliq tutish, qo‘ziqorin terish 
umuman ta’qiqlanadi. Ularning atrofi kam foydalaniladigan, muhofaza qilinadigan 
zona bo‘lishi kerak. Hududidagi mavjud tabiiy sharoit o‘z holicha saqlanadi. 
Qo‘riqxona hududi turli hayvon va o‘simlik turlarini, ovlanadigan hayvonlarning 
miqdori va genetik fondini saqlash uchun ajratiladi. Ular inson tomonidan 
o‘zlashtirilayotgan va o‘zgargan qo‘shni hududlar uchun namuna bo‘lib xizmat 
qiladi. Bunday namunalar inson xo‘jalik faoliyatining biz uchun qulay yoki noqulay 
ekanligini taqqoslashga, tabiatdan amaliy foydalanishda u yoki bu usul ning 
qanchalik maqsadga muvofi qligini nazorat qilishga imkon beradi. U tabiat 
komponentlari o‘rtasidagi uzviy aloqadorlikni o‘rganib, tabiiy boyliklardan unumli 
foydalanish yo‘llarini ishlab chiqish uchun zarur. Qo‘riqxonalar ilmiy muassasalar 
hisoblanadi. Respublikamizda 8 ta qo‘riqxona faoliyat ko‘rsatmoqda. 
Biosfera rezervati (lot. rezervo – saqlayman) – biologik xilma-xillikni 
saqlashni va bir vaqtda mintaqaning barqaror iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash 


22 
maqsadida tabiiy va madaniy landshaftlar muhofaza qilinadigan joy. Biosfera 
rezervati konsepsiyasi UNESKO tomonidan «Inson va biosfera» dasturi doirasida 
ishlab chiqilgan. Birinchi biosfera hududlari 1976-yilda tashkil etilgan. Hozirgi 
kunda biosfera rezervatlari 411 ta bo‘lib, 97 mamlakatga tegishli. Xalqaro 
mezonlarga ko‘ra, biosfera rezervatlari hududi uchta zonaga ajratiladi: 
qo‘riqlanadigan zona, bufer zona va oraliq zona. Respublikamizda Quyi Amudaryo 
biosfera rezervati tashkil etilgan. 

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling