Aliyev shahzodning


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/14
Sana13.04.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1355640
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Aliyev Shahzod




 
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY TA`LIM FAN VA INOVATSIYALAR VAZIRLIGI 
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI 
TABIIY FANLAR FAKULTETI 
GEOGRAFIYA TA`LIM YO`NALISHI 
4-BOSQICH G119-GURUH TALABASI 
ALIYEV SHAHZODNING 
 
TABIATDAN FOYDALANISHNING GEOGRAFIK ASOSLARI 
FANIDAN “Tabiat va jamiyat” MAVZUSIDA YOZGAN 
TerDU____2022-2023 
Topshirdi: _________________ 
Qabul qildi: _________________ 



REJA: 
KIRISH 
1.“Tabiat” va “Jamiyat” tushunchalarining ilmiy talqini. 
2.Jamiyat va tabiat o`rtasidagi munosabatlar. 
3.Jamiyatning tabiatga ta`sirining bosqichlari. 
4.Antropogen landshaftlar va ularning turlari. 
5.Tabiatni muhofaza qilishning geografik asoslari. 
XULOSA 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



KIRISH 
Mavzuning dolzarbligi. Tabiat insonlarning moddiy va ma’naviy talablarini 
qondiruvchi manbadir. Tabiat – bu butun moddiy borliqdir. Tabiat va jamiyat bir-
biri bilan chambarchas bog‘langan yaxlit borliqning ikki bo‘lagini tashkil etadi. 
Tabiat va jamiyatning umumiy belgilari bilan bir qatorda o‘ziga xos tomonlari 
ham bor. Butun ijtimoiy hayot, ishlab chiqarish, inson va ongi tabiat qonunlariga 
bo‘ysunadilar. Bu borada jamiyat tabiatning bir qismi, uning sotsial mohiyatini aks 
ettiradi. Jamiyat va tabiat turli yo‘nalishlarda doim muloqotda bo‘ladi. Tabiiy 
muhitsiz jamiyat yashay olmaydi.
Hayot insonni tabiat bilan bog‘laydi. Insonni yashashi uchun zarur bo‘lgan 
barcha narsalar – ozuqa, kiyim, qurilish materiallari va boshqalar tabiatdan olinadi. 
Jamiyatda foydalaniladigan barcha narsalar ikki element: tabiat mahsuloti va mehnat 
natijasida hosil bo‘ladi. 
Jamiyat rivojlanishining turli bosqichlarida uning tabiatga bo‘lgan 
munosabati o‘zgarib brogan. Ibtidoiy jamoa tuzumida insoniyat tabiatga sezilarli 
ta’sir o‘tkazmagan. Quldorlik tuzumida dehqonchilik va chorvachilikning vujudga 
kelishi tabiatga ta’sirning keskin kuchayishiga olib keldi.
Feodalizm tuzimida mehnat vositalarinig takomillashuvi, aholi sonining ortib 
borishi natijasida insonning ta’sir doirasi va sur’ati o‘sib brogan. Kapitalistik 
ijtimoiy-iqtisodiy tuzum qaror topishi bilan fan va texnika rivoji, sanoat, 
transportning vujudga kelishi, tabiiy boyliklarning tezkor o‘zlashtirilishi tabiatga 
ta’sirning yuqori darajasiga yetkazdi.
Atrof muhitning zararli chiqindilar bilan ifloslanishi muammosi kelib chiqdi. 
Tabiat va jamiyat o‘rtasida o‘ziga xos antrapogen moddda va energuya almashinuvi, 
ya’ni xom-ashyolarni tabiatdan ortig‘i bilan olinishi va zararli chiqindi holiday atrof 
muhitga tashlanishi tabiat va jamiyat o‘rtasidagi azaliy muvozanatning buzilishiga 
olib keldi. Tabiat va jamiyat munosabatlarining rovijlanishida biogen, antropogen 
va texnogen bosqichlar ajratiladi. Tabiat boyliklari va ularning inson uchun 
ahamiyati. Inson o‘zining kundalik ehtiyojlarini qondirish maqsadida tabiat 
boyliklaridan foydalanishga majbur. Tabiat boyliklarini beshta asosiy guruhga 



ajratish mumkin: mineral, iqlimiy, suv, yer va biologik boyliklar. Aholining 
yashashi uchun rudali va noruda mineral bioliklar zarur. Ularsiz jamiyatning 
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini tasavvur etish qiyin. Rudali foydali qazilmalarga 
temir, mis, olmos, oltin, uran va boshqalar, noruda mineral boyliklarga oltingugurt, 
neft, gaz, fosforit va boshqalar kiradi. Insoniyatning rekreatsion resurslarga va, 
ayniqsa, qishloq xo‘jalik mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish uchun iqlimiy 
boyliklarning ahamiyati beqiyos. Shuning uchun odamlar qadimdan tabiiy-iqlimiy 
sharoiti qulay bo‘lgan hududlarga joylashganlar. Xo‘jalikda eng ko‘p 
foydalaniladigan tabiat boyligi suv hisoblanadi . «Suv bor joyda hayot bor», «suv 
tugagan joyda hayot tugaydi» degan xalq maqollari suvning bebaho mineral boylik 
ekanligidan dalolat beradi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling