Aliyev shahzodning


-Rasm. Tabiat manzarasi (jamiyat tasiri unchalik sezilmagan)


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/14
Sana13.04.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1355640
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Aliyev Shahzod

 
1-Rasm. Tabiat manzarasi (jamiyat tasiri unchalik sezilmagan). 
Insoniyat tarixi davomida uning tabiat bilan bo‘lgan munosabati doim 
o‘zgarib, murakkablashib borgan. Jamiyatning tabiatga ta’sirining ortib borishi va 
tabiatga munosabatining o‘zgarib borishini besh bosqichga bo‘lish mumkin. 
Keyingi rejada u bosqichlarni ko`rib chiqamiz. 
 
 
 
 
 


10 
3. JAMIYATNING TABIATGA TA`SIRINING BOSQICHLARI 
Jamiyatning tabiatga ta’sirining ortib borishi va tabiatga munosabatining 
o‘zgarib borishini besh bosqichga bo‘lish mumkin. 
1. Ibtidoiy jamoa davri – jamiyatning geotizimlar tabiiy holatini 
buzmaydigan hayot tarzi. Odam paydo bo‘lgandan boshlangan. Bu davrning 
xususiyatlari: dastlab tayyor tabiat ne’matlaridan termachilik bilan kun ko‘rilgan; 
tosh qurollari ixtiro qilinib, ovchilik va baliqchilik bilan shug‘ullanilgan; olov kashf 
qilingan; dastlabki uy hayvoni, ya’ni it xonakilashtirilgan; inson tabiatga butkul 
qaram bo‘lib, tabiatning bir bo‘lagi sifatida hayot kechirgan; tabiatni o‘ziga 
moslashtirlmagan; geotizimlar to‘la qayta tiklanish imkoniga ega bo‘lgan va h.k. 
Ibtidoiy odamni iqlimi qulay, biologik resurslarga boy (yirik hayvonlar, mevalar) 
joylar ko‘proq qiziqtirgan. Bu bosqichda inson tabiatni o‘zgartirmagan, balki unga 
moslashgan. Inson xo‘jalik faoliyati juda sodda bo‘lib, tabiiy muhitning o‘zgarishiga 
sababchi bo‘lmagan. Mevali o‘simliklarni asrash va me’yorida terish, hayvonlarni 
me’yorida ovlash qoidalari u davrda yozuv bo‘lmaganligi sababli og‘zaki tarzda 
o‘rnatilgan. 
2. Qishloq xo‘jaligi inqilobi davri – jamiyatning geotizimlarni kichik 
hududlarda, kam buzilishiga sababchi bo‘ladigan hayot tarzi. Bundan 6–8 ming yil 
ilgari boshlangan. Ushbu davrda odam ovchilik va baliqchilikdan dehqonchilikka 
o‘tgan. Tabiiy landshaftlarning kuchsiz o‘zgarishi ro‘y bera boshlagan. Bu davrning 
xususiyatlari: neolit davrida «Qishloq xo‘jaligi inqilobi» natijasida dehqonchilik va 
chorvachilik bilan shug‘ullana boshlangan; mug‘onalik – insonning tabiatga ta’sir 
ko‘rsatishi va uni o‘zgartirishi mumkinligi haqidagi qarash paydo bo‘lgan. Mehnat 
qurollari ancha takomillashib borishi natijasida inson tabiat bilan muvozanatni buza 
boshlagan, ayrim ov hayvonlari va o‘simliklar miqdor jihatdan kamaygan; xo‘jalik 
sohalarining dastlabki ko‘rinishlari paydo bo‘lgan va rivojlangan; aholi o‘troq hayot 
kechira boshlagan va dastlabki shaharlar paydo bo‘lgan. Bunday aholi to‘plangan 
joylarda fatsiya yoki urochishe miqyosida ekologik muvozanat buzilib, turli 
geoekologik muammolar tarkib topishiga olib kelgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 
O‘zbekiston hududida er. av. II asrda dastlabki ariqlar, eramizning IV–VI asrlarida 


11 
esa kanallar qurilgan. IX–XIII asrlarda sug‘orishning turli usullari va yirik 
gidrotexnik inshootlar qurilib, shu davr mobaynida jami 3,5–3,8 mln gektar yer 
sug‘orilgan. Bu davrda insonning tabiatga bo‘lgan ta’siri kuchaya borgan, 
hunarmandchilik rivojlangan, xo‘jalikda tabiiy resurslardan keng qo‘llanila 
boshlangan. Dehqonchilik va chorvachilik yanada rivojlangan, ammo ular, asosan, 
qo‘l kuchiga asoslangani uchun ekologik muvozanatga ta’sir etmagan. Demak, bu 
davrda tabiatga ta’sir, asosan, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish maqsadida bo‘lgan. 
Nisbatan uzoq davom etgan bosqich bo‘lib, tabiatga kuchsiz, ba’zi tabiat 
komponentlariga kuchliroq ta’sir ko‘rsatilgan. Atrof-muhitni muhofaza qilish va 
tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan qonunlar yozma ravishda 
o‘rnatilgan va amal qilingan, diniy manbalarga asoslanib, hukmdorlarturli davrlarda 
har xil ekologik qonunlar va farmoyishlar chiqarganlar. 

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling