Allergik kasalliklar bilan kasallangan bolalarda oziq-ovqat mahsulotlarining sensibilizatsiya xususiyatlarini gigiyenik asoslash


Download 450.03 Kb.
bet1/23
Sana10.02.2023
Hajmi450.03 Kb.
#1184405
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
monografiya


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI


ERMATOV NIZOM JUMAKULOVICH, ABDULLAYEVA DILAFRUZ GAYRATOVNA, ABDULLAYEVA DILOROM TELMANOVNA, HAQBERDIYEV XUSAN RAHMATULLAYEVICH, JOLDASBAYEVA GULZODA TAYIR QIZI


ALLERGIK KASALLIKLAR BILAN KASALLANGAN BOLALARDA OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINING SENSIBILIZATSIYA XUSUSIYATLARINI GIGIYENIK ASOSLASH


(Monografiya)

Toshkent-2022

OʻZBEKISTON RESPUBLIKАSI SOGʼLIQNI SАQLАSH VАZIRLIGI



TASDIQLAYMAN”
Fan va ta’lim boshqarmasi
boshligʻi, t.f.d., professor


____________U.S.Ismailov
«____»____________2022 y.





Ermatov N.J., Abdullayeva D.G., Abdullayeva D.T., Haqberdiyev X.R., Joldasbayeva G.T.


ALLERGIK KASALLIKLAR BILAN KASALLANGAN BOLALARDA OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINING SENSIBILIZATSIYA XUSUSIYATLARINI GIGIYENIK ASOSLASH
(monografiya)

Toshkent–2022 y.
ANNOTATSIYA

Keyingi yillarda, hukumatimiz va davlat rahbari tomonidan sog‘liqni saqlashga katta e’tibor berilmoqda, jumladan mamlakatimizda aholining reproduktiv salomatligini asrash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, jismoniy va maʼnaviy yetuk hamda barkamol avlodni voyaga yetkazish sogʻliqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy yo‘nalishlaridan sanaladi.
2020 yilda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasi tomonidan Sogʻliqni saqlash vazirligining “Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimida onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, sogʻlom bola tugʻilishini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida”gi axboroti berildi. Keyingi yillarda onalar va bolalarning sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish, bemorlarga ixtisoslashgan va malakali tibbiy yordam koʻrsatish, reproduktiv salomatlikni asrash, goʻdaklar va bolalar oʻlimining oldini olishga qaratilgan qonunlar, Prezident farmon va qarorlari qabul qilindi. Mazkur yoʻnalishda bugungi kunda respublikaning barcha hududlarida perinatal, skrining, reproduktiv salomatlik va diagnostika markazlari, tugʻruq boʻlimlari, koʻp tarmoqli poliklinika, oilaviy poliklinika va qishloq vrachlik punktlari tomonidan aholiga tibbiy xizmat koʻrsatib kelinmoqda. Yurtimizda onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar takomillashtirib borilmoqda. Jumladan, ayollar va oʻsmir qizlarni sogʻlomlashtirish va boʻlajak onalarning reproduktiv salomatligini yaxshilash, homiladorlarga tibbiy yordam koʻrsatish sifatini oshirish, onalar salomatligini mustahkamlash maqsadida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Aholini profilaktik koʻrik, tizimli patronaj bilan qamrab olish va reproduktiv salomatligini mustahkamlash yuzasidan koʻrilgan choralar oʻz natijasini bermoqda.
Jahon Sogʻliqni saqlash tashkilotining epidemiologik ma’lumotlariga koʻra, jahon aholisining deyarli yarmi allergik kasalliklar bilan kasallangan. Aytish joiz-ki, ba’zi mamlakatlarda allergik kasalliklar salmogʻi undan ham yuqori bo‘lishi mumkin. Shuningdek, allergik kasalliklarni zamonaviy xalqaro talablarga mos tashxislash, davolash usullari amaliyotga keng tatbiq etilmoqda.
Inson organizmida immun tizimi tomonidan yot moddalar kirganda ularga qarshi immunoglobulinlar ishlab chiqariladi. Allergik kasalliklarda (o‘simliklar va daraxt, gullar changi, uy changi, hayvonlar juni, oziq-ovqat allergen oqsillari, zamburug‘lar)ga nisbatan maxsus immunoglobulin E ishlab chiqiladi.
Immunoglobulin E miqdorining oshishiga turli gelmintlar, parazitlar, qondagi gistamin va gistaminga boy mahsulotlar iste’moli sababchi boʻlishi mumkin. Olimlar fikriga koʻra, allergik kasalliklarning koʻpayishiga ekologiyaning buzilishi, atmosfera havosiga ko‘p miqdorda zaharli kimyoviy moddalarning chiqarilishi, turli biologik qo‘shimchalarning koʻp miqdorda ishlatilishi, tabiiy bo‘lmagan preparatlarning qo‘llanilishi kabilar sababchi bo‘lmoqda.
Ular orasida mavjud eng keng tarqalgan kasalliklar - bolalar aholisida uchraydigan allergik kasalliklar sanaladi. Yuqori rivojlangan mamlakatlarda rivojlanayotgan va kam rivojlangan mamlakatlarga qaraganda allergiya bilan og‘rigan bemorlarning taqdiri yoshlar orasida ancha yuqori.
Allergiya rivojlanishiga irsiy moyillik ham sabab bo‘lishi mumkin. Ota-onadan biri allergiya bilan og‘risa, bolada 50% hollarda allergiya rivojlanishi, ota va onada allergiya kuzatilganda esa, bolada kasallik rivojlanishi ehtimoli 80% gacha ortadi. Allergiyaning ko‘payishiga yana bir sabab go‘daklar va yosh bolalarga antibiotic preparatlarini no‘to‘g‘ri qo‘llash sanaladi.
Ilmiy ish allergic kasalliklarga olib keluvchi omillar va ularni oldini olishga bag‘ishlangan.





Download 450.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling