Allergik kasalliklar bilan kasallangan bolalarda oziq-ovqat mahsulotlarining sensibilizatsiya xususiyatlarini gigiyenik asoslash


Ovqat allergiyasiga sabab bo‘luvchi eng ko‘p tarqalgan allergenlar


Download 450.03 Kb.
bet7/23
Sana10.02.2023
Hajmi450.03 Kb.
#1184405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
Bog'liq
monografiya

1.4. Ovqat allergiyasiga sabab bo‘luvchi eng ko‘p tarqalgan allergenlar
Oxirgi yillarda har xil xususiyatga va genezga ega bo‘lgan allergenlarning mintaqaviy xususiyatlarini o‘rganishda yangi yo‘nalish vujudga kelib, u muvaffaqiyat bilan rivojlanmoqda. Organizm reaktivligining shakllanishida muayyan mintaqadagi tashqi muhit ta’siri muhim rol o‘ynaydi va ular miqdor hamda sifat jihatidan ajralib turadi. Bundan tashqari organizm reaktivligi aholi populyatsiyasining etnik xususiyatlariga, aholining hayot va turmush tarziga, ovqatlanish tartibiga bog‘liq. Shunga ko‘ra uar xil mintaqalardagi allergenlar turi va ta’siri ham har xil bo‘lib, hatto turli mintaqalardagi mavjud bir xil allergenlarga nisbatan har xil hududlardagi turg‘un aholi organizmining reaksiyasi ham har xil bo‘ladi [3, 82].
Oziq — ovqat mahsulotlariga nisbatan allergiya keng tarqalgan bo‘lib, ularni ko‘tara olmaslikning u yoki bu shakli sifatida namoyon bo‘ladi. Eng ko‘p tarqalgan alllergenlar — tuxum oqsili, sigir suti, baliq, sitrus va boshqa mevalar hisoblanadi. OA va pollinozlar o‘rtasida bog‘liqlik (kungaboqar, dukkakli mahsulotlarni ko‘tara olmaslik) mavjud. O’simlik changi pollinozni keltirib chitsarishi, bu o‘simliklardan tayyorlangan taom OA keltirib chiqarishi mumkin. OA ning yuzaga kelishida ham boshqa allergik reaksiyalarda qatnashuvchi mexanizmlar rol uynaydi. Me’da — ichak trakti kasalliklari, ovqat hazm bo‘lishining izdan chiqishi OAning yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga OA xam yuqoridagi kasalliklarga olib kelishi mumkin. Me’da va ichaklar devori limfoid to‘qimaga boy, ichak shilliq qavatida ko‘p miqdorda leykotsit, makrofag, plazmatik xujayralar bo‘lib, immun javobning yuzaga kelishiga yordam beradi. Sekretor IgE ning nasliy yoki orttirilgan yetishmovchiligi ovqat antigenlarining so‘rilishi va OA ning yuzaga kelishiga yordam beradi [47].
Bolalarning 75% ida meva va sabzavot sharbatlariga nisbatan allergiya holati ko‘krak yoshida vujudga keladi va uning oqibatida o‘simlik changlariga nisbatan sensibilizatsiya shakllanishishi kuzatiladi. Daraxt changlariga sensibilizatsiya bilan birga olmaga (34%), shaftoliga (38%), sabziga (39,5%), selderey, petrushka, gilos va kartoshkaga (12%) nisbatan kesishgan reaksiya vujudga kelgan [41].
T.E.Borovikning bergan ma’lumoti bo‘yicha bolalar ovqatlanishida qo‘llaniladigan barcha oziq — ovqat mahsulotlari allergen bulishi mumkin, lekin qizil va olov rangli sabzavotlar qamda mevalar (malina, zemlyanika, qulupnay, shaftoli, abrikos, sitrus mevalari, sabzi, pomidor), don mausulotlari (bugdoy va "roj") ular ichida eng yuqori senisibilizatsiyalovchi faollikka ega mahsulotlar sanaladi [10].
Sut, tuxum, baliq va soya kabi mahsulotlar kichik yoshdagi bolalarning ovqat qazm qilish traktini kimyoviy chidamli oqsillarga nisbatan sezgir bo‘lishiga olib keladi. Katta yoshlilarda esa birlamchi ingalyator sezuvchanligining oshishi va oziq —ovqat allergenlariga nisbatan IgE - kesishgan reaktivlik natijasida ikkilamchi allergiya yuzaga kelishi xarakterli qisoblanadi. Karra yoshlilarda asosiy ozits-ovqat allergenlari - sabzavot va mevalar bo‘lib, o‘simlik changi bilan bog‘liq OA ning oqibati hisoblanadi [4, 91].
OA klinikasi me’da— ichak traktining biron qismidagi kasalliklar (stomatit, kolit), ovqat hazmida qatnashuvchi organlar (jigar, oshqozon osti bezi) kasalliklari, ovqat zqazm qilish sistemasidan tanpqaridagi allergik reaksiyalar (teri, suyak, mushak va zqk.) zqamda anafilaktik shok tarzida namoyon bo‘ladi (A.M.Nogaller, 1983). OA kechishi 65% o‘t yo‘llari tomonidan diskinetik uzgarishlar va qabziyatga moyillikdan iborat bo‘ladi [54]. OA kup zrllarda eshak yemi, Kvinke shishi, gastrit, kolit sifatida namoyon bo‘ladi. (L. A. Goryachkina va boshqalar, 1984). [47].
Sigir sutiga nisbatan allergiya aholining 1,5% ida uchraydi. Uning tarkibidagi beta—laktoglobulin eng yuqori antigenlik xususiyatiga ega bo‘lib, (ona suti sut emizuvchi bogshqa jonivorlar sutidan lakto globulin saqlamasligi bilan farqlanadi) suvda yaxshi eriydi va yaxshi so‘riladi. U sutni qaynatilganda ko‘pikda parchalanmay yig‘iladi. Sigir sutiga allergiyasi bo‘lganlarning 45% ida β—laktoglobulinga nisbatan allergiya kuzatiladi va bunda allergik reaksiyalar β -laktoglobulinni oz bo‘lsa ham saqlagan barcha mahsulotlarni iste’mol tsilinganda va tarkibida β - laktoglobulinni saqlovchi grippga qarshi zardob kishi tanasiga yuborilganda yuzaga keladi. Sutning asosiy oqsili - kazeinga nisbatan allergiya sutga nisbatan OA bo‘lganlarning 30% ida uchraydi. Kazein termostabil bo‘lib, sutni qainatilganda antigenlik xususiyatini yutqotmaydi. Sutga nisbatan allergik reaksiyalar bijgigan yoki ishlov berilgan sut mahsulotlariga Karaganda kup uchraydi. Sutga nisbatan allergiyasi bo‘lgan kishilarda bijgigan sut mahsulotlari (smetana, kefir, qatiq) va pishloqa nisbatan allergik reaksiya ko‘pincha ular tarkibidagi bakteriyalar va ularning metabolizmi mahsulotlariga nisbatan sensibilizatsiya natijasida yuzaga kelgan bulishi mumkin [60].
Sigir sutiga nisbatan allergiya chaqaloqlarda ko‘p uchraydi, ularni davolash cheklovchi parxezdan boshlanadi. qozirgi kunda sigir suti urniga turli xildagi: soya suti, lactoserum oqsil gidrolizati, chuchqa go‘shti kollageni kabi mahsulotlar tavsiya qitshngan [120].
Ovqatni ko‘tara olmaslik holatini chakiruvchi oziq-ovqat mahsulotlari OA ni chakiruvchi oziq — ovqat mahsulotlari bo‘lib, ularni ajratish mushkul bo‘ladi. Sigir suti asosidagi mahsulotlar asosan bolalarni su’niy boqish uchun mo‘ljallangan aralashmalar bo‘lib, ko‘pincha allergiya holatiga va shu bilan birga 7 — 8% bolalarda, rossiyalik olimlarning ko‘rsatishicha, 16 — 21% bolalarda ovqatni ko‘tara olmaslik holatiga sabab bo‘ladi [27].
Faqat sutga nisbatan allergiya —monoallergiya asosan hayotining dastlabki 2 oyidagi bolalarda uchraydi. Sigir sutidan keyin ikkinchi o‘rinda sabzavotlar va donlarga sensibilizatsiya qayd qilinadi. Donlardan aksariyat bug‘doy va javdarga sensibilizatsiya ko‘p uchraydi. Allergik reaksiyalar ovqatda sabzi, lavlagi, ko‘k noxot, pushti rang gulli mevalar (qulupnay, o‘rik, olcha, olma), ituzumdoshlar (pomidor, kofe, kartoshka), xochgullilar (xantal, yerqalampir, rediska, sholg‘om), soyabongullilar (selderey, petrushka), sitrusli mevalar (mandarin, apelsin, limon, greypfrutlar) ishlatilganda rivojlanishi mumkin. Allergik reaksiyalar ko‘pincha shokolad, kakao, qo‘ziqorin, yong‘oq, asal, balik; va baliq mahsulotlari (uvildiriq, qisqichbaqalar)ga nisbatan paydo bo‘ladi va bu guruhga oid mahsulotlar obligat allergenlar nomini olgan. Hozirgi kunda mahsulotlar ta’mini yaxshilaydigan, ularga qo‘shiladigan har xil moddalar (bo‘yoq, konservant, emulgatorlar) juda keng tarqalgan. Oziq—ovqat mahsulotlari 2700 xildagi sun’iy qo‘ushimchalarni saqlaydi, ular iste’mol uchun zararsiz bo‘lsada, ba’zilari oz miqdorda ham organizmda noqulay reaksiyalar paydo qiladi. Uzida azot saqluaydigan bo‘yoqlar guruhining allergik xossalari ayniqsa yuzaga chikqan bo‘ladi. Ovqatga sarik va olov rang tus beradigan va sharbat, limonad, murabbo, ayrim qandolatchilik qamda kolbasa mahsulotlariga qo‘shiladigan tartrazin moddasi hammaga ma’lum. Bu modda nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar bilan birga 30% kesishgan reaksiyalar chaqiradi. Marmelad tayyorlashda va konservant sifatida ishlatiladigan benzoat kislota ham shu chastotada kesishgan reaksiya chaqirish xususiyatiga ega. Natriy nitrat— bakteriostatik vosita, undan ko‘pincha sabzavotlar tuzlashda va golland pishlogi ishlab chiqarishda foydalaniladi. Salitsilatlar margarin, xantal tayyorlashda, konservalar ishlab chiqarishda qo‘llanadi. Ular yana kup mevalar va sabzavotlarda (uzum, yer tuti, shaftoli, olma, olcha, olxuri, pomidor, kartoshka, bodring) da bo‘ladi. Turli oziq —ovqat mahsulotlariga nisbatan kesishgan allergik reaksiyalarning yuzaga kelishida azo —bo‘yoqlar va konservant kabi ovqat qo‘shichalarining asosiy omil sifatidagi roli o‘rganilgan [Lockey, 1971; August, 1980]. Buyoqlar va konservantlarga nisbatan sezgir kupgina bemorlar ba’zi sabzavot va mevalar tarkibiga kiruvchi salitsilatlarga ham allergik reaksiya bilan javob beradilar [Michayelson, Juhlin, 1973]. Aspirinli astma bilan xastalangan bemorlar salitsilatlar saqlovchi dori — darmonlardan tashqari natriy salitsilat va xolin salitsilat saqlovchi oziq —ovqat mahsulotlarini ham ko‘tara olmaydilar. Quyida tartrazin, benzoat, salitsilatlar saqlovchi ba’zi mahsulotlar keltirilgan [29, 36, 44].
Aromatizatorlar va konservantlardan natriy glutamat, nitrit, nitratlar, natriy benzoat, sulfitlar tez-tez allergik reaksiyalar kelib chshqishiga olib kelsa, oziq — ovqat mahsulotlarining komponentlaridan gistamin, teobromin, kofeinning tutridan — tutri toksik ta’siri oqibatida ularga nisbatan reaksiya kuzatilishi ham mumkin. Ko‘pincha OA ni tuxum, bug‘doy, makkajuxori, yer yongoq, o‘rmon yong‘oqlari, mollyuska va qisqichbaqasimonlar keltirib chiqaradi [74].
OA bilan kasallanganlarning 10—15% ida baliq va baliq mahsulotlari (sho‘rva, marinad, ikra), 2 — 8% ida don —non, yorma, xamir mahsulotlari, 2 — 5% ida esa go‘shtga nisbatan sensibilizatsiya kuzatiladi. (Sidorenko Ye.I. ,1991) Shuni unutmaslik kerakki, baliq mahsulotlariga nisbatan allergiyasi bo‘lgan ayollarda kosmetik bo‘yoqlarga nisbatan kesishgan reaksiya kuzatilishi mumkin, chunki ular tarkibida baliq qanotchalari qo‘shilgan bo‘ladi (Nazarov O.A., 1984). Tovuq tuxumi, baliq, sitrus mevalari, shirinliklar yuqori allergenlik xususiyatiga ega sanaladi. Sabzavotlar ichida sabzi va tomat eng ko‘p allergiya chaqiradi [1, 3, 4, 78]. Tovuq tuxumining oqsilida bir necha antigen substansiyalari bo‘lib, sarig‘ida esa vitellin allergiya chatsiradi. Tuxum sarigada eng ko‘p antigenlik xom holida, eng kam 1qaynatilgan ko‘rinishida uchraydi. Tuxumga nisbatan allergiyasi bo‘lganlar mayonez, kremlar, oq vino, shampan vinosi (ularni rangsizlantiriish uchun tuxum oqsili qo‘shiladi) iste’mol qilganda ham allergik reaksiya vujudga kelishi mumkin. Bundan tashqari tovuq go‘shti va tuxumiga nisbatan allergiyasi bo‘lgan bemorlarda tovuq pariga qam sensibilizatsiya kuzatilishi mumkin. Tuxum antigenlari turga nisbatan nospetsifik bo‘lgani uchun ko‘pincha tovuq tuxumidan tanqari boshqa parrandalar tuxumiga ham allergik reaksiyalar kuzatilishi ehtimoldan holi emas (Nazarov O.A., 1984).
Ovqatlanish ratsionida haddan tashqari ko‘p miqdorda hayvon oqsili bo‘lganda OA ga moyillik oshishi kuzatilgan [60]. Z.M.Evenshteyn bergan ma’lumotlar bo‘yicha allergiyaning, jumladan, ovqat allergiyasining kelib chiqishiga saxaroza va osh tuzi, kaliy, natriy, kalsiy, magniy mineral moddalari, D, S, V guruh vitaminlarining nomutanosib qabul k,ilinishi, ovqat tarkibida chorvachilik va qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan mineral ug‘itlar, pestitsidlarning ko‘p bo‘lishi kabi omillar o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmaydi.
Yuqori sensibilizatsiya xususiyatiga ega mahsulotlar ko‘lami keng bo‘lib, ko‘pincha sut, tuxum, baliq, qulupnay, sitrus mevalari, yong‘oqlar, banan, tomat, bug‘doy, shokolad, asal, mollyuskalar allergiya chaqiradi. Sigir suti juda kup hollarda, ayniqsa, bolalarda OA ga sabab bo‘ladi va ular yoshi ortgan sayin sutga nisbatan sezuvchanligi kamaya boradi. Ikra, krevetkalar, krablar, qisqichbaqasimonlar va boshqa dengiz mahsulotlarini ko‘tara olmaslik holatlari ma’lum. Ayniqsa, daryolar buyida yashovchi aholida baliqqa nisbatan allergiya ko‘p uchraydi. Cho‘chqa, tovuq, ot go‘shtlari mol va quy go‘shtlariga nisbatan ko‘proq allergiya chatsiradi. Meva va sabzavotlvr ichida pomidor, sabzi, piyoz, tsovun, shaftoli, sitrus mevalari, qulupnay, malina, qora smorodinaning allergenlik xususiyatlari boshqalariga nisbatan kuchli hisoblanadi. Yong‘oq eng ko‘p tarqalgan allergenlardan bo‘lib, ba’zan tort yoki shokoladda ozgina yong‘oq qo‘shilgan bo‘lsa ham kuchli allergik reaksiya vujudga kelishi mumkin. Ammo allergik reaksiya yong‘oqning qaysidir turiga nisbatan tanlangan bo‘ladi. Sut, tuxum, mevalarga nisbatan allergiya qaytalamasligi mumkin, lekin yong‘oq va baliqlarga nisbatan allergiya juda turg‘un bo‘ladi [1, 3, 66].
Bizning ovqatlanish sharoitimizda eng asosiy allergenlar sut, tuxum, baliq, sitrus mevalari, ularga nisbatan kamroq tarqalgan allergenlar go‘sht, ayniqsa, cho‘chqa va ot go‘shti, don mahsulotlari (roj, burdoy, grechka va suli yormasi, makkajjo‘xori va guruch), dukkaklilar, mevalar (apelsin, banan), sabzavotlar (shpinat, karam, turp, kartoshka) sanaladi. Shirinliklar, konservantlar va stabilizatorlarning allergen sifatida ahamiyati katta ekanini ham unutmaslik kerak [28].


    1. Download 450.03 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling