Allergik kasalliklar bilan kasallangan bolalarda oziq-ovqat mahsulotlarining sensibilizatsiya xususiyatlarini gigiyenik asoslash


IV.2 Ovqat tarkibidagi asosiy minerallar tarkibi


Download 450.03 Kb.
bet15/23
Sana10.02.2023
Hajmi450.03 Kb.
#1184405
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
Bog'liq
monografiya

IV.2 Ovqat tarkibidagi asosiy minerallar tarkibi
Mineral moddalar ozuqaviy qiymatga ega bo‘lmasa ham organizmda turli almashinuv jarayonlarida qatnashadi va plastik material hisoblanldi. Taomnomolardagi asosii minerallar tarkibini o‘rganish maqsadida natriy, kaliy, kalsiy, magniy, fosfor va temir miqdorini A.A.Pokrovskiyning oziq-ovsat mahsulotlarining ximiyaviy tarkibi zqaqidagi qo‘llanmasi yordamida hisoblandi. Bemorlar sutkalik ratsionida qishki - baqorgi va yozgi-kuzgi mavsumlarda kalsiy va natrii mikroyelementlarining yetishmasligi, ya’ni kalsiy miqdori barcha tekshirilgan oylarda fiziologik me’yorlardan 1,3-2,1 marta kamligi aniqlangan.
Ma’lumki, kalsiy inson organizmida mudim vazifalarni bajaradi. U suyak tuqimasining asosiy mineral tarkibiga kirishi, tayanch —himoya vazifasini bajarishidan tashqari, to‘qimalar hosil bo‘lishida, turli bioximik va fiziolgik jarayonlarning boshqarilishida ahamiyati katta. Kalsiy asab sistemasining normal qo‘zg‘aluvchanligi va mushaklarning qiskaruvchanligida katta ahamiyatga ega; u ko‘pgina fermentlar va gormonlarning aktivatori, qon ivish sistemasining asosiy komponenti hisoblanadi. Organizmda kalsiy so‘rilishining optimal holati kalsiy va fosfor miqdori 1:1 nisbatda bo‘lganda yuzaga keladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyasiga ko‘ra katta yoshli kishi uchun kalsiyga bo‘lgan fiziologik ehtiyoj sutkasiga 500 — 1000 mgni tashkil etadi, homiladorlik davrida va bolalarda kalsiyga bo‘lgan talab yanada yuqori bo‘lishi e’tiborga olinishi kerak.
Taomnomalarda asosiy minerallar tarkibini hisob — kitob usuli bilan tekshirganimizda quyidagilarni aniqladik: Kalsiy mineralining o‘rtacha miqdori qish-baqor mavsumida qabul qilingan fiziologik me’yorlarning eng minimal miqdoriga teng kelgan bo‘lsa, magniy mikroyelemengi me’yorning 74,59% ni tashkil etdi. Mavsumlarda aksincha, fosfor darajasidai sezilarli darajada farq bo‘lib, fiziologik me’yorlarga nisbatan 105,8% ni tashkil qildi va yoz-kuz mavsumida esa 112,7% ga yetgani aniqlandi. Kalsiy va fosfor moddalarining optimal nisbati qabul qilingan miqdorini e’tiborga oladigan bo‘lsak, tekshiruvlarimiz natijasida ushbu moddalarning yillik o‘rtacha mikdorinnng nisbati 1:3 ni tashkil qildi. Kish-baqorgi mavsumda bu nisbat 1:3,1 ni va yoz-kuzgi mavsumlarda esa 1:2,8 ni tashkil etdi.
Fosfor kofermentlar, nukleotidlar, nuklein kislotalar, fosfoproteidlar, fosfolipidlar va boshqa birikmalar tarkibida bo‘lib, organizmda qurilish va metabolik vazifalarni bajaradi. Uninig qurilish vazifasi kalsiy bilan birga birikmalar hosil qilib, suyak tuqimalari — oksiapatit tarkibiga kirishi, hujayralar membranalari va undagi organellalar, membrana tarkibiy qismlari, jumladan miyelin uchun asosiy qurilish materiali bo‘lib xizmat qilishida namoyon bo‘ladi. Fosfor nukleotidlar va nuklein kislotalar (DNK, RNK) tarkibiga kirib, genetik axborotning saklanishi, kodlanishi, hujayralar bo‘linishi, o‘sishi, oqsillar va nuklein kisltlar biosintezida qatnashadi. Fosforning organik birikmalari organizmning quvvat bilan ta’minlanishida rol uynaydi. Fosfor birikmalari nerv impulsi o‘tishi va mushaklar qisqarishi kabi fiziologik jarayonlarda, muvozanati saqlanishida katta ahamiyat kasb etali. Insonning fosforga bo‘lgan eqtiyojining aniq me’yori aniqlanmagan, lekin katta yoshli odam ovqat tarkibida kuniga 1200—1500 mg fosfor iste’mol kilganda musbat balans yuzaga kelishi aniqlangan. Sobiq iggifoqda fosforning kundalik me’yori katta yoshli odamda 1200— 1600 deb belgilangan edi. Fosforning o‘rtacha sutkalik miqdori 1587,2±159,08 mgni tashkil etdi Yozgi — kuzgi mavsumda esa fiziologik me’yorlardan nisbatan ko‘proq, ya’ni 1690,9±297,52 mgni tashkil etdi.
Ko‘pgina ovqat mahsulotlari fosforga boy bo‘lgani uchun ovqat ratsionida uning tanqisligi deyarli kuzatilmaydi va kuniga 1500 mg fosfor tushishi ta’minlanadi. Shu tufayli ovqat ratsionida kalsiy va fosforning optimal nisbatini ta’mnnlash va fosforning ortiqcha kelib tushishidan kelib chiqadigan salbiy ta’sirini oldini olish muammosi paydo buladi.
Ayniqsa, fosforning ortiqcha iste’moli go‘daklar uchun xavfli bulib, giperfosfatemiya, gipokalsiyemiya va tirishish (sudorogi), keyinchalik esa nefrolitiaz va boshk>a kasalliklar kelib chi!$ishiga sabab bulishi mumkin. Yuqorida ko‘rsatilgan holatlar bolani sigir suti bilan sun’iy boqilganda kelib chiqiish xavfi ortadi, chunki sigir suti tarkibida fosfor miqdori ona sutiga nisbatan 5 — 7 marta yuqori bo‘ladi. Kukrak sutida kalsiy va fosfor nisbati 2,3:1 bo‘lsa, sigir sutida 1,3:1 ga teng, ya’ni ona sutida kalsiy mitsdori nisbatan kuproq. Bemorlar ratsionida fosfor miqdori fiziologik me’yorlarga mos, ya’ni qishki —-bahorgi mavsumdagi taomnomalarda taomnomalardagi fosforning sutkalik o‘rtacha miqdori 1612,89±68,89 mg bo‘lib, fiziologik me’yorlardan nisbatan yuqoriligi (12,89±68,89 mg) aniqlandi.
Katta yoshli kishi organizmida 25 g atrofida magniy saqlanadi. Uiing ko‘p qismi suyaklarda fosfat va bikarbonat tuzlari ko‘rinishida saqlanadi va suyaklar magniy zahirasi bo‘lib xizmat qiladi. Organizmga kerak bo‘lganda zahiradagi magniy e^tiyojlarni doplat uchun chi^ariladi. Magniyning taxminan 20% yumshok tukimalarda shusillar bilan boglangan uolda saklanadi. Magniy uglevod —fosfor va energiya almashinuvida qatnashuvchi ferment va ferment sistemalarining kofaktori bo‘lib xizmat qiladi. Magniy ingichka ichakda o‘t kislotlari bilan hosil qilgan komplekslar ko‘rinishida so‘riladi. Magniyga bo‘lgan sutkalik ehgiyoj katta yoshli odamda 350-500 mgni tashkil qiladi, homiladorlik va laktatsiya davrida bu miqdor 1000—1200 mggacha yetadi. Bizning tekshi ruvlarimizda taomnomalardagi magniyning o‘rtacha sutkalik mikdori fiziologik me’yorlar darajasiga mos keldi va tekshirilgan taomnomalarning o‘rtacha sutkalik miqdori 508,4±18,58 mgni tashkil qildi. Kishki — bahorgi (495,82±47,72 mg) va yozgi —kuzgi mavsum (505,43±55,87 mg) larda olingan natijalar me’yorlarga mos keldi. Kalsiy va magniy moddalarining optimal nisbati me’yorda 1:0,5 ni tashkil qilishi o’rniga, taomnomalardagi ushbu moddalarning yillik o‘rtacha sutkalik miqdorining nisbati kalsiy elementi fiziologik me’yorlardan 2 marta kamligi hisobiga 1:1 ni tashkil qildi. Qish — bahorgi mavsumda bu nisbat 1,1:1 ni va yoz —kuzgi mavsumlarda esa 1,2:1 ni tashkil etdi.
Qish — bahor mavsumida taomnomalar tarkibidagi natriy mikroyelementining o‘rtacha miqdori qabul qilingan fiziologik me’yorlarning eng minimal miqdoriga nisbatan 47,67%ni tashkil ichaklarda o‘rta qisobda sutkasiga ovqat tarkibidagi temir moddasining 5 — 20% miqdori so‘rilishini va keyingi yillarda aholi orasida temir tanqis kamqonlik xastaligi ko‘p uchrashini qisobga oladigan bulsak, buning xavfli joyi yo‘qligi ma’lum bo‘ladi. Shuni eslatib utish muhimki, temir tanqis anemiya xastaligiga uchragan bemorlarda ichaklarda temirning surilishi ratsiondagi temir moddasining 20% va undan ko‘p qismini tashkil etishi mumkin [65].
Temir organizmdagi gemoglobin va mioglobin oqsillarining almashtirib bo‘lmaydigan tarkibiy qismi bo‘lib, tsitoxromlar va oksidlanish — qaytarilish reaksiyalar fermentlari — katalaza hamda peroksidazalar tarkibiga kiradi. Katta yoshli inson organizmida 4 g atrofida temir bo‘lib, shundan 2,5 g temir gemoglobin tarkibida bo‘ladi, organizmda temir yetishmasligi natijasida temir —tanqis anemiya kasalligi kelib chiqadi. Temir asosan ingichka ichakda so‘riladi. Katta yoshdi sog‘lom odam organizmida kuniga o‘rtacha 1 mg miqdordagi temir so‘riladi. Ovqat tarkibidagi temirning atigi 5 —20 % ichaklar orqali qazm bo‘ladi. Bunda organizm bu elementga nisbatan eqtiyojiga qarab, qancha mikdorda so‘riliishini boshqarib turadi.
Bemorlar taomnomalarida temirning o‘rtacha kunlik miqdori fiziologik me’yorlarga mos kelishi aniqlandi (27,05+1,98 mg). Qishki — baqorgi (28,15±5,03 mg) va yozgi-kuzgi mavsum (28,75±6,1 mg) da taomnomalardagi temir miqdori deyarli bir xilda bo‘lib, ulardagi temir organizm ehtiyojiga qarab ishlatilishini hisobga olgan holda me’yorlar darajasiga mos deb qabul qilinadi.
IV.3. Ovqat tarkibidagi asosiy vitaminlar
Allergik kasalliklar bilan xastalangan bemorlar taomnomasidagi asosiy vitaminlar qiymatini aniqlash natijasida ularning sutkalik ratsionida ularning miqdori mutanosib emasligi aniqlandi. Ma’lumki, vitamin A inson organizmiga ko‘p tomonlama ta’sir ko‘rsatish qobiliyatiga ega va u to‘йimalarning o‘sishi, rivojlanishi, immunologik statusni ushlab turishda muhim ahamiyatga ega.
Vitamin A turli epitelial to‘qimalarning tuzilishida ahamiyatga ega bo‘lgan glikoproteidlar va mukopolisaxariddar metabolizmida rol uynaydi. Vitamin A yetishmasligi ko‘pgina a’zo va sistemalar tomonidan og‘ir xastalanishlar, oqibatda epiteliyning shikastlanishi, uning metaplaziya va keratinlashuviga olib keladi. Ayniqsa, teri qoplamining (teri quruqlashuvi, follikulyar giperkeratoz, piodermiyalarga moyillik, furunkulez va hk.) nafas a’zolarining (rinit, laringotraxeit, bronxit va pnevmoniyaga moyillik), me’da — ichak traktining (me’da sekretsiyasining buzilishi, dispeptik buzilishlar, gastrit, kolitlarga moyillik), peshob ajratish sistemasi xastaliklarining (piyelit, uretrit, tsistitlarga moyillik) kelib chiqishi shu bilan bog‘liq sanaladi. Ko‘ruv a’zolari ham zararlanishi, gemeralopiya (shapkurlik), kon’yunktivit, kseroftalmiya (shox pardaning quruqligi), xatto ko‘rlik yuzaga kelishi mumkin. Vitamin A yetishmasligidan kelib chiqqan epiteliyning bar’er (to‘siq)lik vazifasi va immunologik statusning buzilishi natijasida organizmning infeksiyaga nisbatan moyilligi keskin kamayib ketadi. Vitamin A gipovitaminozi kelib chirsh sabablaridan biri ratsionda dayvonot mahsulotlarining kamligidan bo‘lsa, yana bir sabab ichak yoki gepatobiliar sistema shilliq davatining xastaliklari (surunkali enterkolit, enterit, gepatit, angixolit va dk.) disoblanadi [65].
Yuqoridagi jadvallardagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, ular 2 mavsumda ham A vitamining o‘rtacha sutkalik miqdori eng minimal sutkalik me’yorlardan dam 4,5 marta kam. A vitaminining yillik o‘rtacha sutkalik miqdori eng qabul qilingan minimal sutkalik me’yorga iisbatan tekshiruvlarimiz natijasida taomnomalarda fiziologik me’yorlardan ancha yuqoriligi malum, tekshirilgan taomnomalar tarkibidagi A vitamini provitamini bo‘lgan beta — karotinning yillik o‘rtacha sugkalik miqdori sugkalik me’yordan qish — baqor mavsumida fiziologik me’yorlardan 5,8 marta, yozgi — kuzgi mavsumda esa 4,4 marta ko‘p. Bemorlar sutkalik ratsionida beta — karotin miqdorining mutanosib bo‘lmasligi allergik xastaliklarga moyillik kelib chiqish eqtimoli ortishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Tiamin (vitamin B1) organizdagi ko‘pgina fermentlar sintezida, atsetilxolin neyromediatori biosintezida muhim rol uynaydi. Organizmda uning yetishmasligi natijasida utlevoddar oksidlanish jarayoni buziladi, qon va siydikda chala oksiddangan moddalar (pioruzum kislota va boshqalar) to‘planadi, atsetilxolin biosintezi izdan chiqadi. Buning natijasida asab tizimi tomonidan bosh ogrishi, asabiylashish, qotiraning susayishi, periferik polinevritlar, parezlar, og‘ir holatlarda paralichlar kuzatiladi. V, vitamnnining sutkalik miqdori qishki-bahorgi mavsumda qabul qilingan fiziologik me’yorlarga nisbatan 3,0% ga, yozgi - kuzgi mavsumda esa 10,5% ga ortiqligi aniqlandi, sutkasiga 0,6mg/1000 kkalni tashkil kiladi. Ovqat tayyorlash jarayoni davomida vitaminlarning ma’lum miqdori vitamnnining 20-50%, V, vitamnnining 20-40%, V2 vitaminining 15-30%, RR vitamnnining 15-30%, S vitamining 50-75% parchalanishini e’tiborga oladigan bulsak, vitaminlarning miqdori me’erlarga nisbatan yuqori bo‘lishi maqsadga muvofiq, chunki yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, ovqat tarkibidagi mahsulotlarga bog‘liq ravishda (sabzavot, meva, yorma) vitaminlarning deyarli yarmi parchalanib ketadi. Yurak — qon tomir tizimi tomonidan yurakdagi og‘riqlap, hansirash, shishlar, ovqat hazm kilish tizimi tomonidan ishtaqaning keskin pasayishi, qorindagi og‘riqlar, ko‘ngil aynishi, qabziyat kabi holatlar kelib chiqadi. Bu simptomlarning avj olish darajasi vitaminning yetishmaslik darajasiga mos ravishda o‘zgaradi.

Download 450.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling