Allergik kasalliklar bilan kasallangan bolalarda oziq-ovqat mahsulotlarining sensibilizatsiya xususiyatlarini gigiyenik asoslash


-rasm. Oziq-ovqatlarga sezuvchanlikning bolalar orasida jins bo‘yicha tarqalishi


Download 450.03 Kb.
bet13/23
Sana10.02.2023
Hajmi450.03 Kb.
#1184405
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
Bog'liq
monografiya

9-rasm. Oziq-ovqatlarga sezuvchanlikning bolalar orasida jins bo‘yicha tarqalishi


Gipoallergen parxez fonida va ovqatlanish kundaliklari yordamida olingan ma’lumotlar asosida ularning ovdatlanish holatlari va qaysi oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘tara olmaslik hollari o‘rganildi.


3- bob boyicha hulosa.
Murojatlar bo‘yicha kasallanish ko‘rsatkichini bemorlar yoshi, jinsi buyicha tahlil qilganda quyidagilar aniqlandi. Oziq —ovqat mahsulotlariga nisbatan allergiya bilan kasallangan va allergologiya markazi poliklinikasida ambulator sharoitda davolangan 87 ta bemorlarning aksariyatini 14-18 yoshdagi (49,4%) bemorlar tashkil qildi, ulardan 30 nafari (34,5%) qizlar, 13 nafari (14,9%) o‘g‘il bolalar bo‘lib chiqdi. Bolalar ichida 7-14 yoshda OA 50,6% ni tashkil etdi, ulardan 21 nafari (24,1%) qizlar, 23 nafari (26,5%) o‘g‘il bolalar edi.
Xastalik boshqa guruh allergenlariga ham sezuvchanlik bilan kechishi ma’lum bo‘ldi. 7-14 yoshdagi (21,8%) va 14-18 yoshdagi (45,9%) bemorlarda osimlik changlari, uy changi, hayvonlar allergenlariga nisbatan sezuvchanlik aniqlandi.
Oziq — ovqat mahsulotlariga nisbatan allergiya bilan kasallangan va allergologiya markazi poliklinikasida ambulator sharoitda davolangan 87 nafar bemorlarga poliklinika vrachlari tomonidan qo‘yilgan tashxislar asosida allergik kasalliklarning uchrash chastotasini taxlil xilganimizda bemorlarning aksariyatini ayollar tashkil qilishi ma’lum bo‘ldi.
Jumladan, qavarchiqlar tekshirilgan qizlarning 15 nafarida, o‘g‘il bolalarning 11 nafarida, allergik dermatit xastaligi qizlarning 10 nafarida, o‘g‘il bolalarrning 7 nafarida, uchrashi ma’lum bo‘ldi. Ovqat allergiyasi tashxisi bilan davolangan qizlar barcha bemorlarning 58,6% ini, o‘g‘il bolalar esa 41,4% ini tashkil qildi.
18 nafar qiz va 12 nafar o‘g‘il bolalarni allergik rinit OA bilan birga kechishi ma’lum bo‘ldi. Bemorlar ichida 1 nafar qizda dori allergiyasi ham bezovta qilishi aniqlandi. 8 nafar qizda va 6 nafar o‘g‘il bolalarda boshqa allergik kasalliklar mavjudligi qayd qilingan.
Pollinoz va allergic rinit bilan kasallanish ko‘rsatkichlari bolalar orasida ancha yuqori bo‘lib, barcha tekshirilgan bemorlar ichida 34,5% ni tashkil qildi.
Bemorlarda surunkali xastaliklarning jins bo‘yicha uchrash chastotasini aniqlab, quyidagi natijalarni oldik: Tekshirilgan bemorlar ichida anamnezida asosan allergik xastaliklar bilan oirgalikda me’da —ichak, nafas va jigar, ug yo‘llari xastaliklari bilan xastalangan o‘g‘il bolalar va qizlarning yosh guruhlari bo‘yicha taqsimlanishi diagrammada aks ettirilgan.
Barcha tekshirilganlar ichida me’da—ichak kasalliklari erkaklar orasida 3,2% bemorda, qizlar orasida esa 8,2% bemorda, nafas a’zolari kasalliklari erkaklar orasida 3,9% bemorda, qizlar orasida esa 6,7% bemorda, jigar va o‘t yo‘llari kasalliklari esa o‘g‘il bolalar orasida 2,1 % bemorda, qizlar orasida esa 8,5% bemorda qayd qilindi. Umuman olganda o‘g‘il bolalar orasida 9,2% hollarda va qizlar orasida 23,4% hollarda surunkali kasalliklar bilan xastalanish kuzatildi. Bu ko‘rsatkichlar, albatta nisbiy, chunki ko‘p hollarda bemorlar ambulator kartalarida ularning anamnezidagi o‘tkazgan barcha kasalliklari to‘liq yoritilmaganligini e’tiborga olish muhim.

А

*
Biz tuzgan maxsus anketa yordamida so‘rov natijasida 60 ta o‘quvchida, ya’ni tekshirilgan maktab o‘quvchilarining 45.7% ida 36 ta qiz (27.2%), 24 ta o‘g‘il bola (18.3%) da ba’zi oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘tara olmaslik va allergiya holatlari mavjudligi aniqlandi. Tekshirilgan bolalarning ko‘p qismida ovqat allergenlariga sezuvchanlik bilan birgalikda boshqa xildagi alllergenlarga sezuvchanlik hollari kuzatildi. Oziq- ovqat mahsulotlaridan baliq va dengiz mahsulotlariga nisbatan yuqori sezuvchanlik holati 5.3-11,4%, asal va yongoqqa nisbatan 4.5%, tuxum va shokoladga nisbatan 3.8%, kofe va kakaoga nisbatan esa 2.2% hollarda aniqlandi.
BOB IV. OVQAT ALLYERGIYASI BILAN KASALANGAN BYEMORLAR
FAKTIK OVQATLANISHINI O’RGANISH USULLARI

Biz ovqat allergiyasi bilan kasallangan bemorlar faktik ovqatlanishini o‘rganish va unga baho berish maqsadida ularning sutkalik ovqat ratsionini qish- baqor va yoz — kuzgi mavsumlar bo‘yicha o‘rganib chiqdik. Sutkalik ovqat ratsioni tarkibidagi asosiy ozuqaviy moddalar, ya’ni oqsil, yog‘, uglevodlar, ratsionning energetik qiymati, inson organizmi uchun muhim bo‘lgan asosiy minerallar va vitaminlar miqdorini kunlik fiziologik me’yorlar bilan solishtirib chiqdik va quyidagi natijalarni oldik.


  1. Download 450.03 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling