Allergik kasalliklar bilan kasallangan bolalarda oziq-ovqat mahsulotlarining sensibilizatsiya xususiyatlarini gigiyenik asoslash


Download 450.03 Kb.
bet21/23
Sana10.02.2023
Hajmi450.03 Kb.
#1184405
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
monografiya

А

*
Maxsus anketa yordamida so‘rov natijasida 60 ta o‘quvchida, ya’ni tekshirilgan maktab o‘quvchilarining 45.7% ida 36 ta qiz (27.2%), 24 ta o‘g‘il bola (18.3%) da ba’zi oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘tara olmaslik va allergiya holatlari mavjudligi aniqlandi. Tekshirilgan bolalarning ko‘p qismida ovqat allergenlariga sezuvchanlik bilan birgalikda boshqa xildagi alllergenlarga sezuvchanlik hollari kuzatildi. Oziq- ovqat mahsulotlaridan baliq va dengiz mahsulotlariga nisbatan yuqori sezuvchanlik holati 5.3-11,4%, asal va yongoqqa nisbatan 4.5%, tuxum va shokoladga nisbatan 3.8%, kofe va kakaoga nisbatan esa 2.2% hollarda aniqlandi.
Biz allergik kasalliklar bilan kasallangan bemorlar faktik ovqatlanishini o‘rganish natijasida ovqat ratsioni tarkibidagi asosiy ozuqaviy moddalar tarkibini o‘rganib, ularning qiymatini fizilogik me’yorlar bilan solishtirdik va bemorlar ratsionidagi xatoliklarni aniqladik. Tekshirishlar natijasida ba’zi kunlarda bemorlar sutkalik ratsionida oqsillarning sutkalik o‘rtacha miqdory fiziologik me’yorlardan yuqoriligi aniqlandi.
AK bilan xastalangan bemorlar taomnomalari tarkibini o‘rganish natijasida quyidagilar aniqlandi. Qishki — baqorgi mavsumda oqsillarning o‘rtacha qiymati maksimal me’yorlardan 2,64% gacha ortib ketgan.
Oqsillar murakkab azot saqlovchi biopolimerlar bo‘lib, alfa — aminokislotalardan iborat monomerlarga eta qisoblanadi. Oqsillarning aminokislota tarkibi turlicha bo‘lib, oqsilning ozuqaviy qiymati va o‘ziga xos xususiyati unga bog‘liq bo‘ladi. Oqsillarning asosiy funksiyasi organizmni plastik material bilan ta’minlash bo‘lib, ular yana nuvvat manbai dam qisoblanadi.
Bemorlar ovqat ratsionidagi oqsillar miqdori boinqa ozuqaviy moddalar kabi nomutanosib taqsimlangan. Ozuqaviy qiymati past bo‘lgan oqsillar sutkalik ratsionda kup qismni egallagan. Yog‘lar organizmni energiya bilan ta’minlash bo‘yicha uglevodlardan keyin ikkinchi urinda turadi. Hayvon va o‘simlik yog‘lari farqlanadi va ular tarkibidagi polituyinmagan yog kislotalari almashtirib bulmaydigan omil hisoblanadi. Yolarning ozuqaviy qiymati ulardagi yog‘ kislotalar tarkibi va lipid tabiatli fosfatidlar, sterinlar, yogda eruvchi vitaminlar mavjudligi bilan belgilanadi. Ovqatda almashtirib bulmaydigan, ya’ni organizmda sintezlanmaydigan essensial polituyinmagan yog‘ kislotalari, ayniqsa, linol kislotaning me’yorda bulishi muhim axamiyatga e ga. Insonning linol kislotaga bo‘lgan eqtiyoji sutkasiga 2 — 6 gni tashkil etadi, bu miqdor o‘simlik yot (paxta, makkajuxori) tarkibida bo‘ladi. Organizmning linol kislotaga ehtiyoji katta yoshlilarda yuqori va uning miqdori yetishmagaida o‘siishing orqada qolishi kuzatiladi, undan tashqari dermatitlar, dispepsik buzilishlar paydo bo‘ladi.
Bemorlar ratsionida yog‘lar miqdorini hisob — kitob yuli bilan tekshirganimizda yog‘lar miqdoriiing sutkalik o‘rtacha kiymati 55,9 grammga tengligi, tekshirilgan kunlarning aksariyatida bu ko‘rsatkichdan ham past qiymatlar kuzatildi va eng kam sutkalik o‘rtacha miqdor 39,0 grammligi aniqlandi. Yog‘larning o‘rtacha qiymati esa fiziologik me’yorlarning 69,36% ini tashkil etdi va me’yorning minimal chegarasidan 30,64% ga kam bo‘lib, ba’zi kunlarda esa 40,05% gacha kamayishi kuzatildi. Yozgi — kuzgi mavsumda esa yog‘larning o‘rtacha qiymati fiziologik me’yorlarning minimal miqdorining 72,15% ini tashkil qildi, ya’ni inson organizmi eqtiyoji uchun kerak bo‘ladigan yog‘ning eng kam miqdoriga nisbatan 3/4 qismini qopladi.
Taomnomalarda asosiy minerallar tarkibini hisob — kitob usuli bilan tekshirganimizda quyidagilarni aniqladik: Kalsiy mineralining o‘rtacha miqdori qish-baqor mavsumida qabul qilingan fiziologik me’yorlarning eng minimal miqdoriga teng kelgan bo‘lsa, magniy mikroyelemengi me’yorning 74,59% ni tashkil etdi. Mavsumlarda aksincha, fosfor darajasidai sezilarli darajada farq bo‘lib, fiziologik me’yorlarga nisbatan 105,8% ni tashkil qildi va yoz-kuz mavsumida esa 112,7% ga yetgani aniqlandi. Kalsiy va fosfor moddalarining optimal nisbati qabul qilingan miqdorini e’tiborga oladigan bo‘lsak, tekshiruvlarimiz natijasida ushbu moddalarning yillik o‘rtacha mikdorinnng nisbati 1:3 ni tashkil qildi. Kish-baqorgi mavsumda bu nisbat 1:3,1 ni va yoz-kuzgi mavsumlarda esa 1:2,8 ni tashkil etdi.
Oziq-ovqat allergiyasini davolash bo‘yicha ko‘rsatmalar amalga oshirishda kompleks yondashuv va simptomlarni engillashtirishga qaratilgan terapiya bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Eng muhimi muhimi, oziq-ovqat tarkibiy qismlari bemorning yoshiga, uning vazniga, birga keladigan somatik kasalliklarga va hajmi va nisbati bo‘yicha mos keladigan adekvat ratsional ovqatlanishni tayinlashdir [74].



Download 450.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling