Allergik kasalliklar bilan kasallangan bolalarda oziq-ovqat mahsulotlarining sensibilizatsiya xususiyatlarini gigiyenik asoslash


IV.4. Ovqat allergiyasi bilan kasallangan bemorlar ovqatlanishini mutanosiblash bo’yicha chora-tadbirlar


Download 450.03 Kb.
bet17/23
Sana10.02.2023
Hajmi450.03 Kb.
#1184405
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23
Bog'liq
monografiya

IV.4. Ovqat allergiyasi bilan kasallangan bemorlar ovqatlanishini mutanosiblash bo’yicha chora-tadbirlar
Hozirgi zamon allergologiyasida tashkil qilingan ovqatlanish tizimi allergik kasalliklarning oldini olish va davolashdagi eng muhim usullardan biri bo‘lib qolmoqda. Ma’lumki, uglevodlarga xaddan tashqari boy bo‘lgan ovqat organizmning bakteriyalarga bo‘lgan sensibilizatsiyasini oshirishga olib keladi. Ko‘pgina allergik holatlarda esa me’da ichak traktidagi turli xastaliklar birga uchraydi. Har qanday allergik kasallikni qat’iy parxez tavsiya qilish orqali davolashdan boshlash kerak. Bu esa uzoq vaqt dori — darmonlar yordamida parxez davolash holatri kamayishiga olib keladi. Demak, turli tashkil qilingan ovqatlanish fonida bemorlarni davolash ancha yengilliklar tutdiradi.
AK larda parxez ovqatlanish ratsionidan aniqlangan va gumon qilingan barcha oziq-ovqat allergenlarini cheklash orqali amalga oshirilishi kerak. Agar oziq-ovqat allergenlari noma’lum bulsa, cheklovchi parzqez usuli 1—2 hafta davomida (bemorga ta’sir qilgan mahsulot topilgunga qadar ratsiondagi turli mahsulotlar ketma —ket cheklab boriladi) qo‘llanadi. Keyin maxsus gipoallergen yoki individual parxezdan foydalaniladi. OA bilan orrigan bemorlar ovqatlanishini mutanosiblash orqali kup natijalarga erishish mumkin. OA kelib chiqishini oldini olish va uni kamaytirish uchun barcha chora — tadbirlarni bola tug‘ilmasdanoq, ya’ni homiladorlik davridan boshlash kerak.
Homiladorlik davrida onaning ovqatlanish holati, yashash sharoitiga qancha ahamiyat berilsa va ko‘riklardan o‘tkazib, nazorat ostiga olinsa, tug‘iladigan bolada turli kasalliklar, jumladan homiladorlik davrida parxez tutib, undan kup mahsulotlarni cheklaganda bolaga yordam berishi, ya’ni parxezning foydasi xali tuliq o‘rganilmagan. Oilada atopik kasalliklar mavjud bo‘lganda ayniqsa, ona ko‘krak suti bilan bolani boqish davrida yuqori allergen mahsulotlardan holi bo‘lgan parxezga amal qilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bolani ko‘krak suti bilan boqishning ko‘p afzalliklari bo‘lib, barchaga buni tavsiya qilish zarur.
Ma’lumki, bolalar salomatligiga kupgina biologik va boshkqa omillar ta’sir qiladi. qomiladorlik asoratlari, homiladorlik davrida ona o‘tkazgan o‘tkir va surunkali kasalliklar, qabul qilingan dori — darmonlar, oiladagi ruhiy holat, bolani boqish xarakteri va boshqa omillar bola salomatligiga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Taxminan 5—10% bolalar bir yoki ko‘p homiladorlikdagi oziq —ovqat mahsulotlariga nisbatan allergiya bilan aziyat chekadi. GA parxez yordamida allergiyaning avj olishi va u bilan bog‘liq kasallanish holatini kamaytirish mumkin, Qancha oz muddatda parxez usuli yordamida davolash boshlansa, shuncha tez va samarali natijaga erishish mumkin [10,14]. Ma’lumki, oziq ovqat mahsulotlariga nisbatan sensibi­lizatsiya kuzatilganda me’da —ichak traktining motor — sekretor-faoliyati buziladi va natijada allergen maxsulotni kup iste’mol qilmasligi kerak. Atopik go‘daklarga turli —tuman oziq - ovqatlarni kechroq tavsiya qilish kerak. Allergik xastaliklar bilan kasallangan bemorlar uchun parxez yordamida davolash masalasini hal etishda asosiy e’tiborni go‘daklik chog‘idanok kasallik profilaktikasiga qaratish muhim. Shuni alohida ta’kidlash muhimki, ko‘krak suti bilan parvarish qilingan bolalar sun’iy usulda boqilgan bolalarga nisbatan 5 marta kamroq allergiyaga chalinadilar. Xatto oilada ota — onaning ikkisida allergiyaga moyillik bo‘lsa ham ko‘krak suti bilan parvarish qilish bolada kasallanish kamayishiga olib keladi [77].
Bolani ko‘krak suti bilan boqish tashqi muhit turli omillariga nisbatan unda moslashish yuzaga kelishiga juda katta ta’sir ko‘rsatuvchi omil hisoblanadi. Bolani ko‘krak suti bilan boqish unda O A ni oldini olishda muhim rol o‘ynaydi.
Ba’zi olimlar bergan ma’lumotlar bo‘yicha, sanoati rivojlangan jamoalarda allergik kasalliklar ta’sir doirasi o‘sib bormoqda. Go‘daklarda atogshk kasalliklarning yuqori xavfini kamaytirish maksadida ko‘krak suti bilan boqilmaganda uning o‘rnini bosuvchi formulalar yaratish kerak bo‘ladi. Bu formulalar kuyidagilarni ta’minlashi kerak: allergenlari kamaytirilgan yoki gipoallergen optimal ovqat va arzon narx [140.].
Spirtli ichimliklar iste’moli allergenlarning so‘rilishiga va allergik reaksilar yuzaga kelishiga ta’sir qiladi, bunda asab sistemasining holati, emotsional fonning ahamiyati katta. Barcha achchiq, ziravorlar va ba’zi sabzavotlar (rediska, piyoz) allergen kabi emas, kimyoviy quzgatuvchi sifatida ta’sir kursatadi va allergik reaksiyalar ko‘rinishini kuchaytiradi. Allergik reaksiyalar ko‘rinishi ovqatga kulinar ishlov berilishiga ham bog‘liq bo‘ladi. Chunki kupgina oziq —ovqat mahsulotlari (sut, tuxum, sabzavot, mevalar) qaynatilganda va pishirilganda allergenlik xususiyatlarini yukotishi mumkin [46.].
Parxezga rioya qilish muhim, hatto kichik bolalarda ham, ammo, unga qattik suyanish oqibatida turli tibbiy va ruxiy, ijtimoiy muammolar kelib chiqishi mumkin. Niderland tibbiyot markazida anketa yordamida o‘tkazilgan tekshiruvlarning ko‘rsatishicha, 0—18 yoshdagi 1826 ta bemor tekshirilganda 124 tasi parxezda bo‘lgan, ularning aksariyati (82 ta) ni ug‘il bolalar tashkil etgan. 60% bemorlar parxezni 2 yoshgacha boshlagan, 50% esa 1 yildan ko‘p muddat davomida parxezga amal qilgan.
Quyidagi parxezlarga amal qilingan: sigir suti cheklangan (62%), tuxum cheklangan (20%), laktozadan holi (14%), dondsiz (20%) va rangli qo‘shimchalarsiz (20%). Parxezga bemorlar quyidagi sabablar: gastrointestinal (47 %), dermal (51 %). epolet (2/%) shikoyatlari bo‘yicha amal qilishgan. 65% hollarda bemorlarniig ota- onalari parxezni samarador deb baholaganlar, 61% hollarda esa hech qanday muammo kelib chiqmagan [104|.
Sabzavot kaynatmasi va bo‘tqasi, lavlagi, kartoshka, qaynatilgan mol go‘shti, juja, olma, nok, zaytun moyi kabi mahsulotlarni iste’mol qilish mumkin, ammo oshirilgan xamir mahsulotlari, tort, vafli kabilarni ratsiondan cheklash kerak bo‘ladi. Atopik kasalliklar xavfi bo‘lgan bolalarga (otasi yo onasi yoki har ikkisi, aka —uka, opa — singlisida kasallik mavjud bo‘lsa) hayotining birinchi yilidan boshlab, profilaktik parxez tavsiya qilinadi. Bunday parxezning asosiy tomonlari: birinchi 6 oy davomida bolani ko‘krak suti bilan boqilishi, birinchi yilda sigir suti, tuxum va baliu kabi allergen ousillarni unga bermaslik uisoblanadi. Ovsatni ko‘tara olmaslik holatlarida bolaga qushimcha erkin parxez va biogen aminlarni kam saqlagan mausulotlarni berish mumkin bo‘ladi. Surunkali uavarchiular yoki atopik dermatitlar bilan kasallangan bemorlarga biogen aminlarni kam saqlagan maqsulotlarni berish ularning aqvolini yaxshilanishiga yordam beradi [48,110].
Allergik kasalliklar va ovqatni ko‘tara olmaslik holatlarida parxez yordamida davolash usulini tanlash aniq allergologik tapxisga bog‘liq. IgE — bog‘liq OA da eliminatsion (cheklovchi) parxez tavsiya qilinadi. Atopik kasalliklar xavfi bo‘lgan bolalarga (otasi yo onasi yoki har ikkisi, aka —uka, opa — singlisida kasallik mavjud bulsa) hayotining birinchi yilidan boshlab, profilaktik parzxez tavsiya qilinadi. Bunday parxezning asosiy tomonlari: birinchi 6 oy davomida bolani ko‘krak suti bilan boqilishi, birinchi yilda sigir suti, tuxum na balik kabi allergen oqsillarni unga bermaslik hisoblanadi. Ovqatni ko‘tara olmaslik hoolatlarida bolaga qo‘shimcha erkin parxez va biogen aminlarni kam saqlagan mahsulotlarni berish mumkin buladi. Surunkali kavarchikdar yoki atopik dermatitlar bilan kasallangan bemorlarga biogen aminlarni kam saqlagan mazqsulotlarni berish ularning ahvolini yaxshilanishiga yordam beradi [881. Olendzka — Rzepecka Ye, Kaczmarski M., Lebensztejn D. klinik tekshiruvlarda atopik dermatit bilan xastalangan bolalarning 10% ida birgina oziq — ovqat mahsuloti; (sigir suti)ga nisbatan, 90% ida esa bir necha oziq — ovqat mahsulotiga nisbatan patologik reaksiyalar kuzatilgan. Go‘daklar va bolalarda esa eliminatsion parzxez bilan birga antigistamin - preparatlar va terini mahalliy davolash tavsiya qilinganda ijobiy natijalar olingan [130]. Yuqoridagi ma’lumotlardan ma’lumki, bolaga qancha erta tashxis qo‘yilsa va davolansa kasallikdan shuncha erta va kam talofotlarsiz, iqtisodiy zararsiz kutilittg mumkin. Bu esa allergolog, diyetolog va bogsh^a shifo korlardan tash^i muz^it kasalliklari bilan kasallangan bemorlar bilan yanada kuprsh shutullanishlarini talab qiladi [138].
OA ning klinik ko‘rinishi turli — tuman bo‘lib, organizm reaktivligiga, allergenning xususiyatlariga, a’zo va sistemalar davolashda tuliq allergologik anamnez yig‘ish katta ahamiyatga ega. Bunda bemorning irsiyati, qarindosh-urug‘larida allergik xastaliklarga moyillikning mavjudligini so‘rab surishtirish bemorning o‘zi uchun juda muhim [65].
Allergik kasalliklar kelib chiqishi genetik va tashqi muqit omillariga bog‘liq bo‘ladi. Genetik omillar individual xavf mavjudligini belgilaydi va bunday xavf bo‘lgan shaxslar erta aniqlanishi kerak (asosan klinik kasalik tarixi va immunologik sinama — kindik qonida IgE ni aniqlash). Lekin bu usullarni axolida qo‘llash kam ma’lumot beradi. Shuning uchun bolani ko‘krak suti bilan boqishni uzaytirish (ona allergen oziq — ovqat mahsulotlarini iste’mol qilmagan taqdirda) va xavf tug‘diruvchi xq.) ovqatni bolaga berishni kechiktirish kabi omillar turli olimlar tomonidan tavsiya xqilingan. Xavfli guruhdagi go‘daklarni ovqatlantirish qolati OA rivojlanishiga ta’sir qiladi [112,128.].
Bemorning anamnezini qanchalik to‘liq o‘rganilsa, unga shunchalik to‘g‘ri va to‘laqonli yordam berish mumkin bo‘ladi. Allergologik anamnezni tuliq yig‘ish OA bilan xastalangan bemorga to‘g‘ri tashxis qo‘yish va davolashda yagona muolaja hisoblanadi. U OA tashqisini qo‘yishda ilk asosiy axborot bo‘lib xizmat qiladi. Bemordan yoki uning ota- onasidan u tug‘ilgandan boshlab xronologik tartibda allergik simptomlar paydo bo‘lishi, bunga sababchi bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini so‘rash katta ma’lumot beradi. Oilaviy anamnez ham muhim, chunki irsiyat o‘ta sezuvchanlik kelib chiqishida asosiy omil hisoblanadi. Diyetologik anamnez esa me’da-ichak nuqsonlari, bemor ko‘tara olmaydigan oziq-ovqat mahsulotlari, ular bilan kasallik simptomlari orasidagi vaqtning bog‘liqligi kabi axborotlarni jamlashi kerak [37].
Bemor uchun parxez yordamida davolash usulini tanlash bemor organizmidagi patologik jarayonning ogirligiga, teridagi lanish va infiltratsiya jarayonlarining darajasiga, anitslangan sababchi allergenlarga bogliq. OA bilan kasallangan bolalarda gipoallergen parxezga qat’iy amal qilinganda 90% hollarda kasallik kechishi yaxshilangan va ularning 1/3 qismida kasallik belgilari umuman yo‘qolgan [54].
Bemor kechirgan kasalliklari u xox allergik kasallik bulsin, xox somatik, xox yuqumli kasallik bo‘lsin, organizmga ta’sirini utkazmay qolmaydi. Bemordagi mavjud kasalliklarni urganishning qanday axamiyati bor degan savol tugilishi tabiiy. Bunga quyidagi misollar bilan javob bermoxushmiz. OA aspirinli astma xastaligi bilan birga kechganda bemorlar ovqat ratsionidan asal, malina, malinali murabbo, oziq —ovqat buyoqlari saqlovchi mahsulotlari (rangli konfetlar, gazlangan ichimliklar, saqichlar) ni cheklash bemor ahvolining yaxshilanishiga yordam beradi, chunki yuqorida keltirilgan mahsulotlar salitsilatlar satslaydi va ular aspirinli astma kelib chitsishiga sabab bo‘ladi. Bronxial astma kasalligi bo‘lgan bemorlarga ayniqsa kasallik huruji davrida ovqat tarkibida kup miqdorda sut, tuxum, yong‘oq, garmdori, gorchitsa va boppqa ziravorlarni qo‘llamagan yaxshi. Ular bemorda kasallik huruji vujudga kelishiga yoki uning zo‘rayishiga olib keladi [46.].
Tarkibida ko‘p mitsdorda gistamin (pishlots, sosiska, konserva mahsulotlari) yoki tiramin (shokolad, konservalangan oalits mahsulotlari) satslovchi ozits-ovqatlar qavarchiqlar va boshqa allergik hamda psevdoallergik reaksiyalar chatsirishi mumkin. Bunda chin OA ga uxshash yolgon allergik reaksiyalar vujudga kelishi mumkin. Yolg‘on OA nospetsifik gistamin mexanizmiga bog‘liq patologik holatlar kompleksi bulib, tezkor tipdagi allergik reaksiyani immitatsiya qiladi. Uning asosida gistamin mexanizmi bo‘yicha patologiyani keltirib chiqara oladigan bir yoki bir necha oziq-ovqat mahsulotining xaddan tapqari ortiqcha iste’mol qilinishi; ovqat hazm qilish a’zolari shilliq qavati membranalarining funksional yetishmasligi oqibatida ovqat ingridiyentlarining gszn aylanish tizimiga utib ketishi; organizmda kup gistamin ajralishi xususiyati yoki unga sezgirligining uta oshishi (Moneret — Vautrin, 1986) kabilar yotadi. Gistaminning parchalanish mexanizmi ichaklarda o‘tadi, ularning epiteliylari mukoproteidlar sekretlaydi. Mukoproteidlar gistaminni ushlab qoladi va inaktivatsiya qiladi, shilliq qavatdan utgan dolgan gistaminni esa MAO va atsetilaza prachalaydi, portal vena orqali jigarga utgan gistaminni gitaminaza parchalaydi. MAO yetishmaganda, funksional jigar yetishmovchiligida, un ikki barmotsli va ingichka ichak shilliq qavatlari utkazuvchanligi oshganda bir vaqtning o‘zida ko‘p miqdorda gistamin qabul qilinishi natijasida psevdoallergik reaksiyalar kelib chirshi uchun tsulay sharoit yaratiladi [60.].
Tarkibida feniletilamin (shokolad, pishlots, qizil vino), natriy nitrit (mikroblarga tsarshi ta’sirga ega konservant — antioksidant bo‘lib, pishlou marinadlar tayyorlashda ishlatiladi) satslovchi mahsulotlarning zqam allergik reaksiya chatsirish xususiyati kuchli. Ularniing ta’sir mexanizmi tuliq urganilmagan, lekin taxminlarga kura, mukoproteidlar denaturatsiyasi, SIgA molekulyar tarkibining buzilishi, monoaminooksidazaning fermentativ faolligi ingibitsiyasi yuzaga keladi. Alkogol tarkibidagi etanol aldegid kuchli gistamin liberatori hisoblanadi va ba’zi qizil vinolarda gistamin yuqori konsentratsiyalarda saqlanadi. Ba’zi kimyoviy moddalarga sensibilizatsiyalangan kishilarda yangi sabzavot va mevalarga nisbatan OA yuzaga kelishi mumkin. Bunda oziq —ovqat antigenlari emas, balki bu mahsulotlar tarkibidagi pestitsidlar allergik reaksiya kelib chidishida rol uynaydi. Muzlatilgan mahsulotlarni iste’mol dilganda dam ba’zilarda allergik reaksiyalar kelib chidishi mumkin, bunga asosiy sabab — oziq —ovqat allergenlari emas, balki ushbu mahsulotlarga ishlov berishda ishlatiladigan kimyoviy moddalar hisoblanadi. Ovqatga turli hashoratlar, antibiotiklar, ximikatlar, dorilar, bakteriya va zambug‘lar tushib qolganda («ovqat allergiyasi») ham psevdoallergik reaksiyalar kelib chiqishi mumkin [60].
Quyida oziq—ovqat qo‘shimchalarini saqlovchi ba’zi mahsulotlarni keltiramiz. Bemorlar uchun GA parhez tavsiya qilishda ushbu mahsulotlar tarkibini e’tiborga olish va shifokorlar bemorlardan anamnez yiqqanda oziq —ovqat mahsulotining faqat o‘ziga emas, balki tarkibidagi qo‘shimchalarga ham allergik reaksiyalar yuzaga kelishi mumkinligini unutmasliklari, bemorlarga tupguntirish ishlari olib borishlari kerak.

Download 450.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling