Allergik kasalliklar bilan kasallangan bolalarda oziq-ovqat mahsulotlarining sensibilizatsiya xususiyatlarini gigiyenik asoslash
Download 450.03 Kb.
|
monografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-jadval Allergenlar bilan teri skarifikatsion allergik sinamalar o‘tkazilgan bemorlarning taqsimlanishi
- 2-rasm. Kasallanishning yosh bo‘yicha o‘g‘il bolalarda aks etishi
- 3-rasm. Kasallanishning yosh bo‘yicha qizlarda aks etishi
- 4-rasm. Bemorlarda allergik kasalliklarning tarqalishi
- OA kasalligining davriyligi (absolyut sonlarda)
- 5-rasm. OA xastaligining davriyligi
- 6-rasm. Allergik kasalliklar bilan xastalangan bemorlar orasida yondosh xastaliklarning tarqalishi (% larda)
- 7-rasm. Bolalarda oziq-ovqat allergenlariga nisbatan musbat sinamalar
- 8-rasm. Bolalarda turli simptomlarning tarqalishi
1-jadval
Allergologiya markazi poliklinikasiga murojaat qilgan bemorlarning yosh guruhlari va ularda oziq- ovqat allergenlari bilan o‘tkazilgan sinamalarda olingan ijobiy natijaning taqsimlanishi
2-jadval Allergenlar bilan teri skarifikatsion allergik sinamalar o‘tkazilgan bemorlarning taqsimlanishi Xastalik 16-18 yoshdagi qizlarda eng yuqori korsatkichlarga ega ekanligi aniqlandi. 1-rasm. OA ni yosh va jins bo‘yicha tarqalishi (absolyut sonlarda). Tadqiqotda OA xastaligi tashxisi bilan davolangan bolalarning ambulator kartalaridan olingan ma’lumotlardan foydalandik. OA xastaligini jins bo‘yicha tahlil qilganda quyidagilar aniqlandi. Bolalarda OA 11-14 yoshda eng k‘op uchrashi ma’lum bo‘ldi. 2-rasm. Kasallanishning yosh bo‘yicha o‘g‘il bolalarda aks etishi Murojatlar bo‘yicha kasallanish ko‘rsatkichini bemorlar yoshi, jinsi buyicha tahlil qilganda quyidagilar aniqlandi. Oziq —ovqat mahsulotlariga nisbatan allergiya bilan kasallangan va allergologiya markazi poliklinikasida ambulator sharoitda davolangan 87 ta bemorlarning aksariyatini 14-18 yoshdagi (49,4%) bemorlar tashkil qildi, ulardan 30 nafari (34,5%) qizlar, 13 nafari (14,9%) o‘g‘il bolalar bo‘lib chiqdi. Bolalar ichida 7-14 yoshda OA 50,6% ni tashkil etdi, ulardan 21 nafari (24,1%) qizlar, 23 nafari (26,5%) o‘g‘il bolalar edi. Xastalik boshqa guruh allergenlariga ham sezuvchanlik bilan kechishi ma’lum bo‘ldi. 7-14 yoshdagi (21,8%) va 14-18 yoshdagi (45,9%) bemorlarda osimlik changlari, uy changi, hayvonlar allergenlariga nisbatan sezuvchanlik aniqlandi. 3-rasm. Kasallanishning yosh bo‘yicha qizlarda aks etishi Oziq — ovqat mahsulotlariga nisbatan allergiya bilan kasallangan va allergologiya markazi poliklinikasida ambulator sharoitda davolangan 87 nafar bemorlarga poliklinika vrachlari tomonidan qo‘yilgan tashxislar asosida allergik kasalliklarning uchrash chastotasini taxlil xilganimizda bemorlarning aksariyatini ayollar tashkil qilishi ma’lum bo‘ldi. 4-rasm. Bemorlarda allergik kasalliklarning tarqalishi Jumladan, qavarchiqlar tekshirilgan qizlarning 15 nafarida, o‘g‘il bolalarning 11 nafarida, allergik dermatit xastaligi qizlarning 10 nafarida, o‘g‘il bolalarrning 7 nafarida, uchrashi ma’lum bo‘ldi. Ovqat allergiyasi tashxisi bilan davolangan qizlar barcha bemorlarning 58,6% ini, o‘g‘il bolalar esa 41,4% ini tashkil qildi. OA kasalligining davriyligi (absolyut sonlarda)
18 nafar qiz va 12 nafar o‘g‘il bolalarni allergik rinit OA bilan birga kechishi ma’lum bo‘ldi. Bemorlar ichida 1 nafar qizda dori allergiyasi ham bezovta qilishi aniqlandi. 8 nafar qizda va 6 nafar o‘g‘il bolalarda boshqa allergik kasalliklar mavjudligi qayd qilingan. Pollinoz va allergic rinit bilan kasallanish ko‘rsatkichlari bolalar orasida ancha yuqori bo‘lib, barcha tekshirilgan bemorlar ichida 34,5% ni tashkil qildi. 5-rasm. OA xastaligining davriyligi Bemorlarda surunkali xastaliklarning jins bo‘yicha uchrash chastotasini aniqlab, quyidagi natijalarni oldik: Tekshirilgan bemorlar ichida anamnezida asosan allergik xastaliklar bilan oirgalikda me’da —ichak, nafas va jigar, ug yo‘llari xastaliklari bilan xastalangan o‘g‘il bolalar va qizlarning yosh guruhlari bo‘yicha taqsimlanishi diagrammada aks ettirilgan. Barcha tekshirilganlar ichida me’da—ichak kasalliklari erkaklar orasida 3,2% (9) bemorda, qizlar orasida esa 8,2% bemorda, nafas a’zolari kasalliklari erkaklar orasida 3,9% bemorda, qizlar orasida esa 6,7% bemorda, jigar va o‘t yo‘llari kasalliklari esa o‘g‘il bolalar orasida 2,1 % bemorda, qizlar orasida esa 8,5% bemorda qayd qilindi. Umuman olganda o‘g‘il bolalar orasida 9,2% hollarda va qizlar orasida 23,4% hollarda surunkali kasalliklar bilan xastalanish kuzatildi. Bu ko‘rsatkichlar, albatta nisbiy, chunki ko‘p hollarda bemorlar ambulator kartalarida ularning anamnezidagi o‘tkazgan barcha kasalliklari to‘liq yoritilmaganligini e’tiborga olish muhim.
6-rasm. Allergik kasalliklar bilan xastalangan bemorlar orasida yondosh xastaliklarning tarqalishi (% larda) Bemorlarning yosh bo‘yicha tahlilida quyidagilar aniqandi. Ambulator kartalarida teri skarifikatsion sinamalari qayd qilingan bemorlarning qaysi mahsulotlarga nisbatan musbat reaksiya berishini urganib chiadik. Bemorlarga asosan limon, apelsin, mol go‘shti, tovutq go‘shti, sigir suti, guruch yormasi, ovsyanka yormasi, butdoy uni, javdar uni, treska va xek baligi, grechka yormasi, tovuq tuxumi, tuxum oqsili, kakao kabi oziq-ovqat allergenlari bilan teri —skarifikatsion sinamalari o‘tkazilgan. Tekshiruvlar natijasida quyidagi oziq-ovqat allergenlariga musbat javob aniqlandi. 7-rasm. Bolalarda oziq-ovqat allergenlariga nisbatan musbat sinamalar Tekshiruvlar natijasida qizlar va o‘g‘il bolalarda limon (5,7% va 4,6%), baliq (3,4 va 2,3%), sigir suti (3,4), tuxum (5,7% va 3,4%), qulupnay (9,2% va 8%), shaftoli (11,5% va 9,2%), dukkakli mahsulotlar (6,9% va 5,7%) ga nisbatan laborator sinamalarida musbat javob aniqlandi. Adabiyot manbalaridan ma’lumki, allergodermatozlar bilan og‘rigan bemorlarning 60% dan ko‘prog‘ida OA bilan boglitushk kuzatiladi. Sokolova T.S., Balabolkin I.I. va Sinyavskaya O.A. ning ta’kidlashicha, oziq —ovqat etiologiyali allergodermatozlar bilan og‘rigan deyarli barcha bemorda ovtqat qazm qilish sistemasining xastaliklari uchraydi. Mazurin A.V. klinikasida 4—15 yoshli bolalarda ovqat qazm qilish sistemasining yuqori qismi kasalliklari kelib chiqishida OA ning roli borligi isbotlangan [14.]. Allergik kasalliklardagi oziq — ovqat antigenlari me’da —ichakdagi yalliglanishlar va funksional kasalliklar kelib chiqishiga sabab bulishi mumkinligi germaniyalik olimlar ishlarida aks ettirilgan [96]. Allergologiya markazida keyingi yillarda statsionar sharoitda ovqat allergiyasi tashxisi bilan davolangan bemorlarning statistik kartalardan olgan ma’lumotlar bo‘yicha, ularning 76% ida teri simptomlari, 15,6% hollarda me’da— ichak kasalliklari, 6,3% hollarda nafas olish sistemasi tomonidan va 2,1% hollarda asab sistemasi tomonidan simptomlar kuzatildi. 8-rasm. Bolalarda turli simptomlarning tarqalishi Shuni aytib utash joizki, bizning izlanishlarimizda me’da — ichak sistemasi tomonidan shikoyatlar (zarda qaynashi, qabziyat, qorin dam bo‘lishi va hokazo) aksariyat (66,6%) bemorlarda kuzatildi. Bu esa bemorlarning vaqtida to‘g‘ri va sifatli ovqatlanmasligi, ularning betartib, ya’ni ba’zan kuniga 1—2 maqal ovqatlanishi, och qolib birdaniga ko‘p miqdordagi ovqatni yegandan keyin turli shakldagi me’da —ichak, jigar va ut yullari kasalliklari yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Afsus bilan aytishimiz kerakki, ko‘pchilik bemorlar ovqatlanish tartibi haqida ma’lumotga eta emas, ularni biron kasallik huruji bezovta qilmaguncha vrachlarga murojaat qilmasligi, profilaktik tekshiruvlardan o‘tmasligi tufayli yuqorida sanab o‘tilgan kasalliklar vaqt o‘tgan sari surunkali tus oladi, bemorlarga vaqtida tashxis quyilmasligi va davolanmasligi oqibatida yana boshqa kasalliklar, jumladan, ovqat allergiyasi xastaligi yuzaga kelish eqtimoli ortadi. А * Biz tuzgan maxsus anketa yordamida so‘rov natijasida 60 ta o‘quvchida, ya’ni tekshirilgan maktab o‘quvchilarining 45.7% ida 36 ta qiz (27.2%), 24 ta o‘g‘il bola (18.3%) da ba’zi oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘tara olmaslik va allergiya holatlari mavjudligi aniqlandi. Tekshirilgan bolalarning ko‘p qismida ovqat allergenlariga sezuvchanlik bilan birgalikda boshqa xildagi alllergenlarga sezuvchanlik hollari kuzatildi. Oziq- ovqat mahsulotlaridan baliq va dengiz mahsulotlariga nisbatan yuqori sezuvchanlik holati 5.3-11,4%, asal va yongoqqa nisbatan 4.5%, tuxum va shokoladga nisbatan 3.8%, kofe va kakaoga nisbatan esa 2.2% hollarda aniqlandi. Download 450.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling