Allergik kasalliklar bilan kasallangan bolalarda oziq-ovqat mahsulotlarining sensibilizatsiya xususiyatlarini gigiyenik asoslash
BOB III. OVQAT ALLYERGIYАSI XASTALIGI TARQALISHI, KECHISHI VA KLINIKASINING O’ZIGA XOSLIGI
Download 450.03 Kb.
|
monografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.2. Ovqat allergiyasida murojaatlar bo‘yicha kasallanishni o‘rganish
BOB III. OVQAT ALLYERGIYАSI XASTALIGI TARQALISHI, KECHISHI VA KLINIKASINING O’ZIGA XOSLIGI
3.1. Ovqat allergiyasi tarqalishining o‘ziga xosligi. Ma’lumki, O’zbekiston aholisining aksariyat qismi (41%) ni bolalar tashkil etadi. Lekin qozirgi kunda tug‘ilayotgan bolalarning aksariyati (deyarli 65%) ning vazni me’yoridan ancha kam, nimjon, kupchiligi esa ko‘krak sutisiz boqilmoqda. Keyingi yillarda faqat ona suti bilan boqiladigan bolalar soni 10% ga kamaygan. Mazkur holatlar, tabiiyki, bola organizmining chaqaloqlik davridanoq allergik kasalliklarga moyilligini oshiradi. OA boshqa hamma allergik kasalliklar orasida 5% dan 30% gacha uchraydi. Allergik dermatit bilan kasallangan bolalar orasida OA 47% hollarda kuzatilgan. Nafas yo‘llarining allergik xastaliklarida oziq —ovqat allergenlari 20% qollarda aniqlangan [45, 67]. R.X.Inog‘omov bergan ma’lumotlar bo‘yicha 7—14 yoshli 83 nafar bemor bolalarga teri skarifikatsion sinamalar qo‘yilganda sigir sutiga nisbatan 71,1%, tuxum oqiga 15,6%, baliqqa 12%, tuxum sarigiga 12%, go‘shtga 13,2%, sitrus mevalar (limon) ga 16,8%, ziravorlar (zira) ga 15,6% da musbat natijalar olingan. Shuni aytib utish joizki, sigir sutiga nisbatan organizm sensibilizatsiyasi eng yuqori ekanligi ma’lum bo‘lgan [26]. Ovqat hazm qilish a’zolari tomonidan anatomik, fiziologik va immunologik buzilishlar OA rivojlanishiga olib keluvchi omillar (xavfli omillar) qisoblanadi. Bu omillar oziq —ovqat mahsulotlarining parchalanishi va surilishining buzilishiga olib keladi. Bundan tannqari oqsilli ovqatlarni qaddan tashqari kup iste’mol qilish, oziq —ovqat mahsulotlari tarkibida konservant va rangli buyoqlar, zaharli kimyoviy moddalarning bo‘lishi, gijjalar ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. OA ning kelib chiqishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar ichida irsiy omillar muhim o‘rin egallaydi. OA ning nasl orqali o‘tish mexanizmi xujayralar rivojlanish jarayonida muvofiqlik buzilgan hollar bilan bog‘liq. HLA (V —8, V —7) bilan qondagi maxsus immunoglobulinlar orasida o‘zaro bog‘liqlik aniqlangan. homiladorlik davrida homilada oziq- ovqat mahsulotlariga sezuvchanlikning ortishi tashxi allergenlar ta’siri natijasida yuzaga keladi. Bolalarda sut va boshoqli don mahsulotlariga nisbatan allergiya bo‘lishi me’da — ichak sistemasidagi fermentlarning yetarli rivojlamaganligi va ichak — jigar to‘siqlari o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘lishi bilan boliq bo‘ladi. Kattalarda esa OA yuzaga kelishida allergenlar so‘rilishini kuchaytiruvchi achchiq taomlar va spirtli ichimliklar iste’mol qilish va me’da — ichak tizimidagi kasalliklar sabab bo‘ladi. OA da ichakda to‘liq parchalanmagan antigenlik xususiyatini saqlab qolgan oqsil mahsulotlarining qonga so‘rilishi yuz beradi. Bunda turli fermentlar yetishmasligi, ya’ni peptidaza, enterokinaza kabilarning mixdori kamayib ketishi, natijada antigenlik xususiyatini yuqotmagan oxsil molekulalari jigar to‘sig‘idan o‘tishi ham ta’sir ko‘rsatadi. OA bilan kasallangan bemorlarning 40% ida ovqat hazm qilish a’zolarining kasalliklari aniqlangan. Irsiy yo‘l bilan o‘tgan A immunoglobulin ishlab chiqarishdagi yetishmovchilik ham OA ni keltirib chiqarishi mumkin. Uning yetishmasligi ham oziq-ovqat antigenlarining so‘rilishiga yordam beradi. Ichak devorlariga antigenlar katta miqdorda tushganda immun birikmalar antigen — antitelo paydo bo‘lishi mumkin. homilaga antitelo onadan yo‘ldosh orqali passiv o‘tkazish yo‘li bilan yoki oziq —ovqat otsili — antigenning yo‘ldosh orqali faol o‘tish yuli bilan kirishi mumkin. OA bilan kasallangan bolalarning katta guruqi tekshirilganda 40% ida sutga nisbatan allergiya, 33% ida tuxumga, 12% ida baliqqa nisbatan, 6% ida meva va sabzavotlarga, 3% ida esa boshoqlilarga nisbatan allergiya borligi aniqlandi. Kattalarda OA ko‘proq sabzavotlarga 80%, boshoqlilarga 40% va mevalarga 18% hollarda qayd qilingan [45.]. Tahlillar natijalari shuni ko‘rsatdiki, bemorlarda allergenlar o‘rtasida o‘zaro ta’sirlar mavjud: qulupnay va shaftoli (29,4%), Rosaceaye va asal (20,6%), yeryong‘oq va qahva (11,8%). Umumiy allergenlarga Rosaceaye oilasining mevalari kiradi: shaftoli, olma, nok, o‘rik, qulupnay va boshqa tosh mevalar. Ko‘pgina bemorlarda olma allergiyasi ularning allergen oqsillari kimligi tufayli qayin gulchanglariga allergiya bilan birlashtiriladi, og‘iz bo‘shlig‘i va farenksga zarar etkazish belgilari asosan kuzatiladi, ba’zida allergik rinit, bronxial astma va oshqozon-ichak kasalliklari bilan birga bo‘lishi mumkin [89]. 3.2. Ovqat allergiyasida murojaatlar bo‘yicha kasallanishni o‘rganish RIIAM da ambulator sharoitda 2021 — 2022 yil davomida davolangan oziq — ovqat mahsulotlarining u yoki bu turiga nisbatan allergiyasi bo‘lgan Toshkent shaqrida yashovchi bemorlarning ambulator kartalarini o‘rganish natijasida quyidagi ma’lumotlar olindi. 2021— 2022 yillarda davolangan 102 ta bemor bolalarning ambulator kartalarini tahlil qildik. Tahlil natijasida 87 nafar bolalarda ovqat allergiyasi xastaligi aniqlandi. RIIAM da statsionar sharoitda davolangan oziq-ovqat mahsulotlarining u yoki bu turiga nisbatan allergiyasi bo‘lgan bemorlarning kasallik varaqalari va statistik kartalarini o‘rganish natijasida quyidagi ma’lumotlar olindi. Download 450.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling