Allergik kasalliklar bilan kasallangan bolalarda oziq-ovqat mahsulotlarining sensibilizatsiya xususiyatlarini gigiyenik asoslash
Klinik, bioximik tekshirish usullari
Download 450.03 Kb.
|
monografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-bob boyicha hulosa
2.3. Klinik, bioximik tekshirish usullari
Ma’lumki, ovqat allergiyasi diagnostikasida puxta amalga oshirilgan klinik tekshiruv bemorda yuzaga kelayotgan kasallik simptomlarining tashqi muqit omillari va iste’mol qilayotgan ovqati orasidagi bog‘liklikni aniqlashga yordam beradi. Yuqoridagi ma’lumotlarni e’tiborga olgan qolda maxsus tuzgan karta-anketa yordamida bemorlarning ugkazgan kasalliklari (murojatlar ouyicha), surunkali somatik va yukumli kasalliklar va yallitlanish o‘choqlari (surunkali xoletsistit, kolit), allergik kasalliklar mavjudligi, kasallikning mavsumga bogliqligi, iqlim, ob — havo omillari va boshqa omillarning kasallik kechishiga ta’siri mavjudligi, bemorning gelmintozlar bilan og‘riganligi, yashash va ish sharoiti, kasbiy zararlarga alohida ahamiyat berildi. Tekshiruvga olingan respublika qoshidagi ilmiy — ixtisoslashgan allergologiya markazida statsinar sharoitda davolangan va tanlab olingan 22 ta bemorlarning anamnez ma’lumotlaridan foydalanildi. Bu bemorlarga eliminatsion parxez usuli va gipoallergen parxez ratsionidan foydalanish tavsiya qilindi. 2-bob boyicha hulosa Allergik kasalliklar bilan xastalangan bemorlar soni yer yuzida tobora ortib borayotgani va kasallik tarqalish chastotasi har bir xalkning o‘ziga xos turmush tarziga bog‘likligini isbotlash maqsadida, turli mamlakatlarda turli xildagi allergenlarga nisbatan allergik reaksiyalar kuzatilishini hisobga olgan xolda izlanish olib bordik. Ovqat allergiyasini keltirib chiqaruvchi omillarni o‘rganish maqsadida biz tuzgan maxsus karta —anketa yordamida so‘rov o‘tkazildi. So‘rov respublika qoshidagi ilmiy — ixtisoslashgan allergologiya markazida 2021-2022 yil davomida gospitalizatsiya qilingan va ambulator sharoitda davolangan bemorlar va Qoraqalpogiston Respublikasida yashovchi 131 ta maktab o‘quvchilarida o‘tkazildi. Bemorlarni klinik va tibbiy - ijtimoiy tekshiruvdan o‘tkazildi. Tibbiy-ijtimoiy tekshiruv tibbiy skrining tekshiruv, bemorlar tibbiy varaqasidan ko‘chirma, maxsus tuzilgan karta —anketa bo‘yicha so‘rov asosida o‘tkazildi. Anketa yordamida so‘rov o‘tkazilganda bemorlarning yoshligida o‘tkazgan kasalliklari. surunkali kasalliklari, ijtimoiy holati, oilasi va oilasidagi holat, allergik kasalliklarning naslida mavjudligi, ovqatlanish xususiyatlari, allergik reaksiya chakiruvchi oziq-ovkat mahsulotlari, dori-darmonlar, o‘simlik va maishiy chang va boshqa allergenlarga munosabati kabi omillarga e’tibor qaratildi. Ma’lumki, ovqat allergiyasi diagnostikasida puxta amalga oshirilgan klinik tekshiruv bemorda yuzaga kelayotgan kasallik simptomlarining tashqi muqit omillari va iste’mol qilayotgan ovqati orasidagi bog‘liklikni aniqlashga yordam beradi. Yuqoridagi ma’lumotlarni e’tiborga olgan qolda maxsus tuzgan karta-anketa yordamida bemorlarning ugkazgan kasalliklari (murojatlar ouyicha), surunkali somatik va yukumli kasalliklar va yallitlanish o‘choqlari (surunkali xoletsistit, kolit), allergik kasalliklar mavjudligi, kasallikning mavsumga bogliqligi, iqlim, ob — havo omillari va boshqa omillarning kasallik kechishiga ta’siri mavjudligi, bemorning gelmintozlar bilan og‘riganligi, yashash va ish sharoiti, kasbiy zararlarga alohida ahamiyat berildi. Download 450.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling