Allergik kasalliklar bilan kasallangan bolalarda oziq-ovqat mahsulotlarining sensibilizatsiya xususiyatlarini gigiyenik asoslash
Salitsilatlar sadlovchi ozid-ovqat mahsulotlari (Nazarov O.A., 1994 bo‘yicha)
Download 450.03 Kb.
|
monografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tartrazin va benzoatlar saqlovchi oziq-ovqat mahsulotlari (Nazarov O.A., 1994; Farrell M. va Kettelxat B., 2000 bo‘yicha)
- Sulfitlar saqlovchi oziq-ovqat mahsulotlari ( Farrell M. va Kettelxat B. g 2000 bo‘yicha)
Salitsilatlar sadlovchi ozid-ovqat mahsulotlari (Nazarov O.A., 1994 bo‘yicha):
Mevalar: olma, abrikos, greypfrut, uzum, limon, shaftoli, olxuri, chernosliv, qora smorodina, olcha, malina, yejevika, qulupnay, klyukva. Sabzavotlar: bodring, garmdori, tomat, kartoshka, rediska, sholbom Aralash gurud: yoshod, mayiz, qishki ko‘katlar, ildizmevalardan ichimliklar, yalpizli konfetlar, ko‘katlar qo‘shilgan qandolat mahsulotlari va konfetlar. Tartrazin va benzoatlar saqlovchi oziq-ovqat mahsulotlari (Nazarov O.A., 1994; Farrell M. va Kettelxat B., 2000 bo‘yicha): G‘alla, qovurilgan olov rangli kars-qurs kartoshka, pirojniylar uchun aralashma, muzqaymodning ba’zi turlari, sariyog, durud va konservalangan sut, ikra, sodali suv, gazlangan rangli ichimliklar, xamir tayyorlash uchun tayyor aralashmalar, tuxum saqlamaydigan ba’zi makaron mahsulotlari, Pechene, muzlatilgan non mahsulotlari, sabzavot-mevalardan taiyerlangan dandolat mahsulotlari, karamel, rangli zefirlar. Sulfitlar saqlovchi oziq-ovqat mahsulotlari ( Farrell M. va Kettelxat B.g 2000 bo‘yicha): Pomidor, sabzi, garmdoridan tayyorlangan salatlar, mevalar, quritilgan mevalar (turshak), kuritilgan sabzavotlar, vino, pivo, liker, uzum sharbatidan tayyorlangan alkogolli va alkogolsiz ichimliklar, meva sharbatlari, jelatin, pishloq, kartoshka fri, qovurilgan qars — qurs kartoshka, uksus, marinad va tuzlamalar, krevetkalar va bogshqa dengiz mahsulotlari, balik, konservalangan sho‘rvalar va zss. Bemor o‘tkazgan kasalliklari, ayniqsa, ovqat hazm qilish sistemasi kasalliklari kuproq; ma’lumotga ega bo‘lish orqali bemorning tez va tuliq sogayishiga, kasallik qaytalamasligiga erishish mumkin. Ovqat hazm qilish sistemasidagi asosiy kasallik xarakteriga qarab bemor uchun ovqatlanish ratsioni va rejimi, mexanik va ximiyaviy avaylash darajasi belgilanadi. Tugri tuzilgan parzqez organizmga nospetsifik desensibilizatsiyalovchi ta’sir kursatishi va ovqat zqazm g;ilish faoliyatini yaxshilashi mumkin. Ovqat zqazm qilish sistemasining ugkir va surunkali xastaliklarini tulaqonli davolash allergen sadlovchi oziq —ovqat mahsulotlariga nisbatan organizm tolerantligini oshishiga yordam beradi. Natijada ovqat hazm qilish a’zolarining fermentativ faoliyati va ichaklarda ovqat hazm qilish jarayoni yaxshilanadi, jigar tusigadagi ingichka ichak shilliq qavati o‘tkazuvchanligi pasayadi va ovqat tarkibidagi allergenlar qonga surilishi kamayadi [49]. OA bilan xastalangan bemorlar ratsional ovqatlanishini ta’minlashda avvalo bemor ko‘tara olmaydigan oziq-ovqat mahsulotlari spektrini aniqash, so‘ng nospetsifik gipoallergen parxez asosida shaxsiy parxezni tuzish katta ahamiyatga ega. OA bilan og‘rigan bemorning shaxsiy parzqezidan aniklangan sensibilizatsiya chaqiruvchi barcha ozits —ovqat mahsulotlari cheklanishi va iloji boricha parxez uning yoshi, jinsi bajaradigan ish tsobiliyati bo‘yicha fiziologik me’yorlarga mos kelishi kerak. Xastalik hammada har xil kechishi va kimdadir bir oziq — ovqat allergeniga nisbatan, boshqasida esa polivalent allergiya kuzatilishini e’tiborga olib, OA bilan xastalangan har bir bemor allergolog va diyetolog vrachlari nazoratida bulishi, ularning zqar bir biriga alohida yondoshish kerak bo‘ladi. Bunda albatta bemorlar tomonidan ovqatlanish kundaliklari yuritilishi matssadga muvofiq, bo‘ladi. Ovsatlanish kundaliklarida bemor qabul qilgan oziq — ovqat mahsulotlari, ularni qabul qilish vagti, tarkibining ko‘rsatilishi katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Uning yordamida bemorda kasallik belgilarining paydo bo‘lishiga olib keladigan oziq —ovqat mahsulotlari aniqlanadi. Yuqorida ko‘rsatilganlardan tashqqari bemorlardan anamnez yig‘ish, gipoallergen parxez fonida ularning ahvolini dinamikada kuzatib borish, kerak bo‘lganda qo‘shimcha diagnostik usullar (oziq —ovqat allergenlari bilan tern — skarifikatsion sinamalari), immunologik sinamalardan foydalanish yanada ko‘proq ma’lumot beradi. Ovqatlanish kundaligi yordamida aniqlangan oziq — ovqat allergenlari ovqatlanish ratsionidan cheklanadi. Ovqatga termik ishlov berilganda (olma, saozi, kartoshka) mahsulotlarning allergenlik hususiyati kamayadi. Parzxez kalloriyasi va barcha mahsulotlar bo‘yicha balanslangan bo‘lishi kerakligini e’tiborga olib, biz yangi tuzgan gipoallergen parxez ratsionimizga S, V, V2 ,E vitaminlari (oziq— ovqat mahsulotlari tarkibida) kiritdik. Ratsionda sut cheklanganda uning urniga kalsiy saqlovchi mahsulotlar bemorlarga tavsiya qilindi. Sutkalik ratsionni kimyoviy avaylash prinsipiga asosan tuzib, unda achchq, sho‘r taomlar va spetsiyalar cheklandi. Nospetsifik gipoallergen parxezdan ovqatlanish kundaligi va anamnez yordamida aniqlangan mahsulotlar chiqarib tashlandi. Ovqatlanish kundaligi tutganda, albatta har kuni ichak tozalanib turishi kerakligi bemorlarga tushuntirildi, qabziyatga moyillik bo‘lganda tozalovchi klizmalar tavsiya qilindi. OA klinik simptomlari kamayishiga ovqatga kulinar ishlov berish (tsaynatish, qovurish va qk.) qam ta’sir qilishi mumkin, bunga otssilning denaturatsiyasi sabab bo‘ladi. Masalan, ba’zan bemorlar sutni yaxshi kutara olmaydilar, lekin tvorog yoki pishloq qech tsanday reaksiya chaqirmaydi. Xom qovurilgan (vsmyatku) tuxumni yaxshi kugara olmaydigan bemorlar esa suvda pishirilgan yoki taomlar tarkibidagi tuxumni bemalol iste’mol qiladilar [49.]. Yuqori harorat bilan (120° S da 30 minut) ishlov berilganda ko‘pgina allergenlarning faolligi kamayadi yoki umuman yo‘qoladi. Keyingi yillarda eng ko‘p tarqalgan allergenlardan bo‘lgan sut mahsulotlarining kimyoviy xususiyatlarini o‘rganish natijasida sigir suti o‘rniga echki, biya suti yoki uning o‘rinbosarlari berilishi bemorlar ahvolining yengillashuviga olib kelmoqda [62]. Gipoallergen parxez to‘qimalarning gidrofilligi va yalliglanish reaksiyalarining faolligini kamaytiradi. OA ga nisbatan profilaktik parxez bilan davolash yordamida bemorlarda mavjud bo‘lgan surunkali xastaliklarining asoratlari ham yo‘qolishi kuzatiladi [60]. Bemorlar uchun gipoallergen parxez tuzganda ovqat ratsionidan obligat va sababchi allergenlar cheklanadi, lekin ko‘pincha bu parxezda essensial omillar kamligi, ovqatdagi almashtirib bulmaydigan o‘ta to‘yinmagan yo‘g‘ kislitalari (O’TYOK) hamda yog‘da eruvchi vitaminlar oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida tushishi muhimligi e’tibordan chetda qoladi [8,16,17]. O’TYOK to‘qimalardagi hujayra membranalari tuzilishida va funksional faolligida muhim auamiyatga ega bo‘lib, uniig yetishmasligi oqibatida epidermisning zrshoya funksiyasi uzgaradi (teri qoplamining quruqlashuvi, po‘st tashlashi, distrofik va ekzematoz o‘zgarishlarga uchrashi), infeksiyalarga nisbatan qarshilik grbiliyati kamayadi [55]. AK bilan kasallangan barcha bemorlar ratsionida O’TYOK kompleksiga boy, uglevod almashinuviga ijobiy ta’sir qilish xususiyatiga ega bo‘lgan F vitamini saqlovchi o‘simlik kiritilishi zarur. Ko‘pchilik sariyog‘ organizm uchun eng foydali yog‘ mahsuloti deb faqat uning iste’moli bilan cheklanadi. U haqiqatdan ham yuqori ta’m xususiyatiga ega, tarkibidagi retinol esa uning yaxshi hazm b o‘lishiga yordam beradi. Lekin yog‘larga bo‘lgan biologik ehtiyoj o‘simlik va hayvon yog‘larining ratsional uyg‘unligi hisobiga qondiritshshi kerak. Uzoq vaqt davomida faqat sariyog qabul qilinganda hayot uchun zarur ozuqa moddalari yetishmasligi mumkin va organizmning aterosklerozga qarshilik kursatish kuchi kamayadi. Tekshirishlarning kursatishicha, O’TYOK organizmning himoya kuchini oshiradi va turli kasalliklarga nisbatan qarshilikni ta’minlaydi. O’TYOK ko‘p saqlovchi o‘simlik yog‘lari sutkalik yog‘larga bo‘lgan talabni qondirishi uchun yog‘larning 1/3 kismini, hayvon yog‘lari esa 2/3 qismini tashkil qilishi kerak [16,62]. J.Yu.Gorelova, K.S.Ladodo va boshqa olimlarning ishlarida davolovchi gipoallergen parxez ratsionlarini turli xildagi bioaktiv qo‘shimchalar yordamida boyitib, allergik xastaliklar bilan og‘rigan bolalarda sinab ko‘rish keng yoritilgan. UTYoK larning kelib chiqishi bo‘yicha hayvon (yuqori sifatli baliq moyi) va o‘simlik (kanop yogi) lardan olinadigan so —3 turi hamda u —linolen kislotasi foydalanish kerak. Bunda faqat kasallik tabiatani va sababchi omilni qidirish kerak bo‘ladi [14,95]. OA da allergen 2 xil klinik ko‘rinishni, ya’ni o‘tkir (qavarchiq, bronxospazm, anafilaksiya) va surunkali (ekzema, rinit, ovqat hazm qilishdagi muammolar) OA ni namoyon qilishi mumkin. Kasallikni davolash, ayniqsa, parxez allergiyaning 2 holatiga ham mos ravishda olib borilishi kerak [106, 107,108]. Adabiyot manbalarida surunkali qavarchiqlarda psevdoallergik reaksiyalar roli ko‘p tahlil qilingan, lekin ularning klinik ahamiyati yaxshi o‘rganilmagan. Surunkali qavarchiqlar bilan og‘rigan bemorlarga psevdoallergenlardan xoli bo‘lgan parxez buyurilganda, 73% bemorda 2 hafta ichida kasallik belgilari kamaygan yoki umuman yo‘qolgan, 19% ida esa individual allergenlar aniqlangan. Bemorlarning 11% turli yalliglanish kasalliklaridan davo topgan va 16% bemorda kasallik sababi aniqlanmagan. Bemorlardan 46% kasalxonadan keyin 6 oy davomida parxezga amal qilishi natijasida cheklashlardan umuman qutilgan [42]. Download 450.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling