Allergik kasalliklar bilan kasallangan bolalarda oziq-ovqat mahsulotlarining sensibilizatsiya xususiyatlarini gigiyenik asoslash
Download 450.03 Kb.
|
monografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- kamaytirish
- organizmda gipo
Tiamin yetishmaslik sabablaridan biri faqat qayta ishlov berilgan don mahsulotlarini iste’mol qilish bo‘lib, ovqat ratsionida uglevodlarning haddan tashqari ko‘p iste’moli ham tiaminning nisbiy yetishmasligiga olib kelishi mumkin, chunki Riboflavin (vitamin V2) — ribitol spirti bilan bog‘langan izoallaksazin hosilasi bo‘lib, oksiddanish —qaytarilish reaksiyalarida qatnashuvchi ferment sistemalari tarkibiga kiruvchi kofermentlarning tuzilishida rol uynaydi. Riboflavin ko‘z to‘r pardasini ultrabinafsha nurlarning ortiqcha ta’siridan himoyalab turadi va ko‘ruv purpurining tuzilishida ham qatnashadi.
Vitamin V2 sut va sut mausulotlari iste’molini keskin kamaytirish, ichak absorbsiyasi buzilishi bilan kechuvchi surunkali me’da —ichak kasalliklari, riboflavin antogonistlari bo‘lgan dori- darmonlar (akrixin) iste’moli natijasida organizmda gipo- va avitaminoz qolatini keltirib chiqarishi mumkin. Katta yoshdagi kishining riboflavinga bo‘lgan ehtiyoji sutkasiga 0,8 mg/1000 kkalni tashkil qiladi. V2 vitamnnining o‘rtacha miqdori qishki - bahorgi mavsumda fiziologik me’yorning minimal miqdoriga nisbatan inson organizmi ehtiyoji uchun yetarli bo‘lgan mimimal miqdorning 1/3 qismi yetishmasligi malum bo‘ldi. Yozgi-kuzgi mavsumda esa V2 vitaminiiing o‘rtacha sutkalik qiymati fiziologik me’yorlarga mosligi aniqlandi. Niatsin (vitamin РР) guruhiga nikotin kislota va nikotinamid kiradi. Niatsin oksidldnish — qaytarilish reaksiyalari fermenti-degidrogenazalar tarkibiga kiradi. Bu vitamin yetishmasligi oqibatida pellagra kasalligi kelib chiqadi, bunda me’da —ichak va asab sistemasi zararlanadi. Nagijada glossit, diareya kelib chiqadi, me’da shirasi sekretsiyasi buziladi, yuz terisi va tananing ochiq qismida simmetrik dermatit yuzaga keladi. (u qo‘zg‘aluvchanlik, teri reflekslari sezuvchanligi buzilishi, pay reflekslari oshishi va patologik reflekslar paydo bulishi, adinamiya, ataksiya, demensiya vujudga kelishi mumkin. Vitamin PP yetishmasligiga uning so‘rilishi buzilishiga olib keluvchi me’da —ichak kasalliklari sabab bo‘lishi mumkin. Katta yoshli kishining niatsinga bo‘lgan eqtiyoji sutkasiga 6,6 mg/1000 kkalni tashkil qiladi. Askorbin kislota (vitamin S) uglevod qosilasi qisoblanadi. Bu vitamin prokollagendan kollagen hosil bo‘lishida qatnashadi. U yana tirozin aminokislotasi metabolizmida, ichakda temir so‘rilishida, to‘qimalar regeneratsiyasi va bitishida, organizmning gematologik va immunologik statusining normal bo‘lishini ta’minlanishida, turli stress qolatlariga nisbatan chidamlilik oshishida muuim rol uynaydi. Uning yetishmasligi sababchisi alimentar omil hisoblanadi, chunki vitamin S ning asosiy manbai sabzavot —mevalar bo‘lib, ularga kulinar ishlov berilganda bir qismi yo‘qoladi. Katta yoshli kishining vitamin S ga bo‘lgan ehtiyoji sutkasiga 80 mgni, homiladorlarda 100 mg, laktatsiya davrida 120 mg ni tashkil qiladi. Pediatriyada muhim oziq moddalar bilan ta’minlaydigan oziq-ovqat allergenlarini yo‘q qilish noto‘g‘ri ovqatlanishning rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Eng ko‘p uchraydigan ovqatlanish buzilishlariga yomon o‘sish, mikroyelementlarning etishmasligi va ovqatlanishdagi qiyinchiliklar kiradi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, o‘sishning kechikishi yaxshi o‘rganilgan va bolalarda oziq-ovqat allergiyasining keng tarqalgan omili sifatida qaraladi. Ovqat allergiyasi bo‘lgan bolalarda mikroyelementlarning kam iste’moli tez-tez uchraydi; Biroq, kam iste’mol qilish biomarkerlar tomonidan o‘lchanadigan tanqislikka olib kelishi shart emas [120]. Download 450.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling