Allergik kasalliklar bilan kasallangan bolalarda oziq-ovqat mahsulotlarining sensibilizatsiya xususiyatlarini gigiyenik asoslash


IV.5. Ovqat ratsionida asosiy ozuqaviy moddalar, minerallar va vitaminlarni mutanosiblash


Download 450.03 Kb.
bet19/23
Sana10.02.2023
Hajmi450.03 Kb.
#1184405
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
monografiya

IV.5. Ovqat ratsionida asosiy ozuqaviy moddalar, minerallar va vitaminlarni mutanosiblash
Bemorlar ratsionida oson o‘zlashtiriladigan oqsillar bo‘lishi, allergik reaksiyalar chaqirish ehtimoli ko‘p bo‘lgan oqsillar miqdorini kamaytirish muhim hisoblanadi. Umuman olganda allergik xastaliklar bilan og‘rigan bemorlar sutkalik ratsionida oqsillar miqdorini sog‘lom shaxslarnikiga nisbatan chegaralash yaxshi natija beradi. Lekin kasallik og‘ir va sust kechuvchi teri simptomlari bilan o‘tsa, uzoq davom etgan gormonal davolashda oqsillar miqdori sutkalik ratsionda oshiriladi. Shuni yodda tutish kerakki, oziq-ovqat antigenlari har doim ham ovqatdagi oqsil komponentlari tarkibida bo‘lmaydi. Shuning uchun faqat bir tomonlama oqsillarni chegaralash to‘g‘ri davolashga olib kelmaydi. Olimlarning tekshirishlari kursatishicha, ekzema va bronxial astma kabi kasalliklarda bukish jarayoni va balg‘am ajralish natijasida oqsil tanqisligi vujudga keladi. Bunday bemorlarga kasallik hurujidan keyingi va remissiya davrida normal miqdordagi oqsilli, ayniqsa, hayvon oqsiliga boy bo‘lgan taomlar (bijg‘igan sut mahsulotlari, go‘sht) berish maqsadga muvofiq bo‘ladi. AK bilan xastalangan bemorlar ratsionida oqsillarni uzoq vaqtga chegaralash mumkin emas, aks etganda kasallik uzoq muddatga cho‘zilishi yoki ikkilamchi alimentar kasalliklar kelib chirsh xavfi yuzaga keladi. Shuni unutmaslik kerakki, ovqatlanish ratsionida haddan tanщshqari ko‘p miqdorda hayvon oqsili bo‘lganda OA ga moyillik oshishi kuzatilgan [11].
Agar yirik oqsil molekulalari yoki ularning parchalari antigenlik xususiyatini yutqotmagan holda jigar filtridan o‘tsa, OA yuzaga kelishi mumkin. Bunday holatda jigarning yot oqsilni ushlab qolish qobiliyati chegaralangan bo‘lib, oqsil portal vena orqali umumiy qon aylanish doirasiga tushgandan so‘ng sensibilizatsiya yuzaga keladi [74]. Ko‘krak yoshidagi bolalarda OA asosan sigir sutidagi oqsillarni ko‘tara olmaslik bilan bog‘liq bo‘lib, bunday bolalarni ovqatlantirishda ko‘pincha o‘simlik oqsili asosidagi aralashmalardan foydalaniladi. Odatda oqsil komponenti sifatida soya o‘simligi oqsili izolyati qo‘llaniladi [81] .
Oziq —ovqat mahsulotlarini ko‘tara olmaslik holatida parxez yordamida davolash usuli yetakchi, ba’zan esa yagona davolash usuli bo‘lib xizmat qiladi va bemorni kerakli nutriyentlar hamda quvvat bilan ta’minlab, izdan chiqqan metabolik o‘zgarishlarni yo‘lga soladi. Davolovchi ovqatlanish katta diagnostik imkoniyatlarga ega bo‘lib, ma’lum darajada profilaktik ta’sir ko‘rsatadi. Uning yordamida kasallikka olib keluvchi sababchi omillarni aniqlash imkoniyati ham tug‘iladi [46].
Oqsil gidrolizati 90% bolalarda sigir sutiga nisbatan allergiyasi bo‘lgan bolalarni davolashga yordam beradi, ya’ni sigir sutiga nisbatan allergiyasi bo‘lgan qolgan 10% bolalar oqsil gidrolizati asosida tayyorlangan ovqatlarni ko‘tara olmaydi yoki ularda allergiya yuzaga keladi [68].
Bemorlar ratsionida yog‘lar miqdori sog‘lom shaxslar uchun tuzilgan yosh va jins aspektlariga muvofiq me’yorlar bo‘yicha qoldiriladi. Ovqat allergiyasi bilan og‘rigan bemorlar sutkalik ratsionida tez parchalanuvchi uglevoddar miqdori kamaytiriladi va bemorlarning uglevodlarga bo‘lgan ehtiyoji sekin so‘riluvchi uglevoddar hisobiga qondiriladi. Shuni esda tutish lozimki, katta miqdordagi tez so‘riluvchi uglevoddar (shakar, asal, murabbo, shokolad) organizmning allergiyaga «tayyorgarligini» oshiradi. Ovqatni xaddan tashqari ko‘p iste’moli natijasida o‘ta to‘yib yeyilganda ovqat hazm qilish sistemasi ortiqcha ovqatni hazm qilishga ulgurmaydi. Shuning uchun ayniqsa, bolalarni zo‘rlab ovqatlantirish kerak emas, zero u yoki bu ovqatga nisbatan yoqtirmaslik tagida OA yashiringan bo‘lishi mumkin [22].
Me’da-ichak yallig‘lanish kasalliklari sanoatlashgan populyatsiyalarda ko‘proq uchraydi degan fikrni tasdiqlaydigan mamlakatlar turmush tarzining "g‘arbiylashuvi", xususan, ovqatlanish ratsionida (trans yog‘lar, hayvon oqsillari, shakarni ortiqcha iste’mol qilish, past meva va sabzavotlar ratsionida), kasallanishning oshishiga olib keladi [42].
OA tufayli oziq-ovqat mahsuzulotlarini cheklash natijasida ko‘pgina zararsiz mahsulotlar ham chegaralanishi mumkin. Parxezdagi keraksiz cheklashlar muammoni yanada chigallashtirishi mumkin. Keraksiz cheklashlarning oldini olish uchun OA diagnozini tuliq isbotlash kerak. Allergen oziq ovqat mahsulotlarini topish va ularning o‘rniga boshqa mahsulotlarni berish, allergen oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishdan saqlanish choralarini aniqlash kerak. Oziq-ovqat bilan bog‘liq muammolarni erta hal qilish uzoq muddatga sog‘lom bo‘lishga yordam beradi. Bunda shifokor bemorga to‘gri tavsiya berishi, iste’mol qilinadigan mahsulotlar tarkibigagina emas, balki hajmiga, vaqtiga ham e’tibor berishi kerak [https://www.fao.org/].
Sigir suti va tuxum oqsili go‘daklarda OA chaqiruvchi eng asosiy allergenlar sanaladi. Bolani ko‘krak suti bilan bshuin esa garchi bolada kasallik belgilari boshlangan bo‘lsa ham, uni OA dan himoya qilish vositasi bo‘lib ham xizmat qiladi. Agar onaning parxezidan sigir suti va tuxum oqsili cheklansa, yuzaga kelgan belgilar asta —sekin yo‘qolishi kuzatiladi. Sigir suti oqsili erta bolalikdagi allergen sifatida klinik ahamiyati bo‘yicha yetakchilik qiladi. Haqiqiy allergiyaning eng yuqori darajasi bola hayotning birinchi yilida sodir bo‘ladi. Kelajakda, 5 yoshga kelib, taxminan bemorlarning 80 foizida tolerantlik rivojlanadi: mos ravishda 6 yoshgacha kasallanish 1% dan kamroqqa kamayadi [33].
Amerika pediatriya Akademiyasi va Kanada pediatrlar jamiyati 4 — 6 oygacha bo‘lgan bolalarga faqat ko‘krak suti yoki bolalar aralashmasini tavsiya qidadilar. Birinchi qo‘shimcha ovqat kiritilganda bola organizmi moslashishi uchun birinchi marta faqatgina allergen bo‘lmagan bitta mahsulot (guruch, mevalar, grechixa, saryog‘) ni berish kerak. 6 oygacha bo‘lgan bolalarning qariyb 40 foizi faqat ona suti bilan oziqlanadi [127].
O’tgan yuz yillikda sigir sutini kutara olmaslik holatida sigir suti o‘rnini bosuvchi oqsil manbalarining ko‘p turlari qo‘llanildi. Ular soya (Businco va bogshqalar, 1992), soya va sigir suti gidrolizati (Deyen, 1993), mag‘iz (mindal (Moll, 1923)), mak (Findelstein 1930), don (Wolpe i Silverstone, 1942), zardob gidrolizati (Walker —Smith , Digeon va Phillips, 1989) kazein gidrolizati (Walker —Smith, 1989) kabilar edi [127].
Sanoati rivojlangan jamoalarda allergik kasalliklar ta’sir doirasi o‘sib bormoqda. Go‘daklarda atopik kasalliklarning xavfini kamaytirish maqsadida ko‘krak suti bilan boqilmaganda uning o‘rnini bosuvchi formulalar yaratish kerak bo‘ladi. Bu formulalar quyidagilarni ta’minlashi kerak: allergenlari kamaytirilgan yoki gipoallergen optimal ovqat va arzon narx [72].
Allergik xastaliklar bilan og‘rigan bolalarni ovqatlanishida antigenlardan avaylash muhimligi M.S.Maslov, A.F.Tur va boshqa olimlar ishlarida ta’kidlanadi. M.S.Maslov bronxial astma bilan og‘rigan bolaning parxezida hayvon oqsilini cheklashni tavsiya qilsa, A.F.Tur esa terida allergik jarayon huruji vaqtida parxezda barcha ovqat ingrediyentlarini cheklashni, ekssudativ —kataral diatez bilan xastalangan bolaga sigir sutini chegaralashni buyuradi. Allergik xastaliklar bilan og‘rigan bolalarni ovqatlanishida antigenlardan avaylash prinsipiga rioya qilmaslik (ratsionda oqsilning yuqori miqdordaligi, vitamin yetishmovchiligi profilaktikasi maqsadida parxezga xaddan ziyod meva sharbatlari, yuqori sensibilizatsiya xususiyatiga ega mevalar, sitrus, ananas kabilarni) kasallik kechishini og‘irlashtiruvchi ovqat sensibilizatsiyasi yuzaga kelish ehtimolini oshiradi.
Keyingi yillarda ovqatlanish muammosiga energetik quvvat, sifat va miqdor jihatidan to‘laqonli bo‘lishiga asoslangan an’anaviy yondoshishdan tashqari yangi yo‘nalish — funksional ovqatlanish rivojlanib bormoqda. Bu ilmiy — yo‘nalish chet ellarda intensiv taraqqiy etgan va 1989 yildan beri funksional ovqatlanish termini ilmiy adabiyotda hamda kundalik amaliyotda qo‘llanib kelinmoqda.
Mutanosib ovqatlanishdan farqli ravishda funksional ovqatlanishda tabiiy mahsulotlardan foydalaniladi va ular kundalik ovqatlanishsda foydalanilganda organizmga yoki ma’lum a’zo, sistema va funksiyalarga boshqaruvchi ta’sir qiladi. Yaponiyalik olimlarning ta’kidlashicha, funksional ovuatlanishning asosiy toifa (kategoriya) siga oziq —ovqat qo‘shimchalari, oligosaxarid va bifidbakteriyalar saqlovchi mahsulotlar kiradi. Oxirgi yillardagi ma’lumotlarga ko‘ra, funksional ovqatlanish yuqoridagilardan tashqari ko‘pgina mahsulotlarni, masalan, antioksidantlar, organik kislotalar va laktobakteriyalar saqlovchi mahsulotlarni ham o‘z ichiga oladi. Funksional ovqatlanish inson salomatligini tiklashda yuqori potensialga ega va organizmdagi immun jarayonlarga ijobiy ta’sir qilib, rezistentlikni oshiradi va moddalar almashinuvini stimullaydi, oxir — oqibatda ovqatlanishning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Ovqat tolalari xavfli mikroorganizmlar va ularning hayot faoliyatida hosil bo‘ladigan moddalarmi organizmdan chiqarilishiga yordam berishi va detoksikatsion ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan (pektinlar). Yuqorida sanab o‘tilgan mahsulotlarning biologik qiymati pektin moddalarining protektorlik xususiyati tarkibida ko‘p miqdorda kalsiy va magniy mikroyelementlari tutishi hisobiga giposensibilizatsiyalovchi ta’siri bilan baholanadi [21].
Issiq iqlim sharoitida ovqat ratsioni to‘la qiymatli oqsillar, suvda eruvchi vitaminlar va mineral moddalarning optimal miqdori va kam miqdorda to‘yingan yog‘larni saqlashi kerak. Sabzavot, mevalar va minerallar suvda eruvchi vitaminlarga bo‘lgan ehtiyojni qoplaydi va suv- elektrolit balansini bir me’yorga soladi. Ovqat yegach va dam olgandan keyin tabiiy meva sharbatlari va turli kompotlar ichgan ma’qul [64].
Yeyiladigan ovqatimiz ham allergiyaning kelib chiqishiga sababchi bo`layotganligini ko`rsatib o`tishimiz lozim. Yuz yil oldingiga qaraganda eyiladigan ovqat tarkibi o`zgardi. Kerakli moddalar miqdori ikki marta qisqargan bo`lsa, kaloriya miqdori oshdi. Harakatchanlik esa kamaydi. Bu narsa semirishga olib kelmoqda. Natijada har xil kasalliklar soni ham oshib bormoqda.
Ovqat allergiyasi ko‘pincha tarkibida allergen saqlovchi mahsulotlarni ko‘proq ist`mol qilish natijasida kelib chiqadi. Bu boshqa oziq-ovqat mahsulotlari allergiya chaqirmaydi, degani emas. Zero har qanday oziq-ovqat mahsulotlari allergiya chaqirishi mumkin. Ushbu allergiya ham immunoreaksiya hisobiga kelib chiqadi va qorindagi og‘riq, qusish, ich ketishi, Kvinke shishi, eshak emi, ekzema, teridagi qichishishlar kuzatiladi [64].
Ko`proq o‘zida allergen saqlovchi mahsulotlar: (sigir suti, tuxum oqsili, tovuq go`shti, baliq, achchiq qalampir, asal, qizil mahsulotlar, uksus, mayonezlar, qulupnay, yong‘oqlar, sitrus mevalar, dukkakli o‘simliklar) ovqat allergiyasini keltirib chiqaradi.
Hasharotlar (asalari, nonxo‘rak, pashsha, chivin, kanalar) chaqishidan keyingi allergiya ko`pincha shish ko`rinishida (og`riqli qizil suvli shish yoki har xil kattalikdagi qizil shish) bo‘ladi. Bunda bemorda holsizlik, qon bosimining tushib ketishi, eshak emi toshishi, bo`g`ilish, bosh aylanishi ro`y beradi. Ba`zan qorindagi og‘riq, qusish, hiqildoq shishi bilan kechib, anafilaktik shokkacha borishi mumkin.
Ko‘pgina tadqiqotchilar oziq-ovqat va immunologik testlar natijalari bo‘yicha reaktsiyalar bo‘yicha anamnestik ma’lumotlarning nomuvofiqligi haqida xabar berishadi [28, 49, 52]. Masalan, bemorlar laktozani ko‘tara olmaslik haqida xabar berishgan, ovqatlar, achchiq ovqatlar, qahva va spirtli ichimliklar, baliq, guruch, bug‘doy, shirin kartoshka, selderey, piyozga nisbatan murosasizlikni ko‘rsatdi, ya’ni bemorning allergiyasi va natijalar o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik topilmadi [60, 106, 123, 124].
Deyarli har qanday oziq-ovqat mahsuloti alergen bo‘lishi mumkin va oziq-ovqat allergiyasini keltirib chiqaradi. Biroq, eng aniq sezuvchanlik xususiyatlari sut, tuxum, bug‘doy, soya, yeryong‘oq, yong‘oq, baliq va qisqichbaqasimonlar kabi hayvon va o‘simlik oqsillarini o‘z ichiga olgan proteinli mahsulotlarda kuzatiladi [4]. Birinchi marta o‘zaro allergik reaktsiyalar paydo bo‘lishi o‘simliklarning gulchanglari va mevalari o‘rtasida tasvirlangan. Keyinchalik ko‘plab boshqa allergic bog‘liqliklar topildi, ular turli xil mahsulotlar o‘rtasidagi reaktsiyalar, gomologik allergenlarni o‘z ichiga oladi.
Odatda oziq-ovqatlar sezuvchanlik xususiyatiga ega bo‘lmagan birikmalarga bo‘linadi (aminokislotalar va boshqa antigenik bo‘lmagan tuzilmalar) va ichak devori hazm bo‘lmaydigan moddalarni o‘tkazmaydi. Muayyan sharoitlarda sezgirlashtiruvchi faollikka ega yoki psevdo-allergik reaktsiyalarni keltirib chiqarish qobiliyati bo‘lishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar oziq-ovqat allergiyasining rivojlanishi kattalar va bolalar omillari uchun umumiy sababga ega. Avvalo, bu oshqozon-ichak traktining yallig‘lanish kasalliklari, oshqozon osti bezi yetishmovchiligi, enzimopatiya, o‘t yo‘llari va ichak diskineziyasi va boshqalarda kuzatiladigan ichak shilliq qavatining o‘tkazuvchanligini oshirish sanaladi.
Ba’zida oziq-ovqat allergiyalari ba’zi oziq-ovqat qo‘shimchalariga, ayniqsa, azo bo‘yoqlarga (xususan, tartrazin) rivojlanishi mumkin, bu holda ikkinchisi haptenlarning roli va oqsil bilan, masalan, qon zardobidagi albumin bilan komplekslar hosil qilib, organizmda o‘ziga xos antitanalar ishlab chiqariladigan to‘liq antigenlarga aylanadi [51].
Oziq-ovqat alergeni ta’siridan keyin yuzaga keladigan tizimli allergik reaktsiyalar va mahalliy reaktsiyalar farqlanadi. Ularning og‘irligi har xil engil va o‘ta og‘ir (anaphilaktik shok bilan). Oziq-ovqat mahsulotlariga tizimli allergik reaktsiyalar rivojlanishi va davom etishi mumkin, bu asosan turli organlarga va tizimlarga ta’sir qiladi. Eng erta va eng tipik ko‘rinish haqiqiy ovqat allergiyasida - bu ovqat allergiyasi sindromining rivojlanishi. Bunday bemorlarda ma’lum bir oziq-ovqat allergenini iste’mol qilgandan keyin lablar, til, farenks, qattiq va / yoki yumshoq tanglayda shish va qichishish paydo bo‘ladi [40].
Allergik qorin og‘rig‘i ovqatdan keyin bir necha soat ichida bo‘lishi mumkin yoki undan keyin darhol kuzatiladi va o‘ziga xos yoki ichakning silliq mushaklarining spazmidan kelib chiqadi. Qorin og‘rig‘i odatda kuchli ba’zan "o‘tkir qorin" manzarasini berib, ishtahaning pasayishi, najasdagi shilimshiq va boshqa dispeptik kasalliklar. Oziq-ovqat allergiyasi tufayli allergik enterokolit kuchli qorin og‘rig‘i, meteorizm bilan tavsiflanadi. Allergik enterokolit bilan og‘rigan bemorlar og‘ir zaiflik, ishtahani yo‘qotish, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi haqida shikoyat qiladilar. Allergik enterokolit oziq-ovqat allergiyasining ko‘rinishi sifatida ko‘proq tarqalgan. Gistologik tekshiruvda, allergik enterokolit bilan og‘rigan bemorlarda gemorragik o‘zgarishlar, sezilarli to‘qimalar eozinofiliyasi, mahalliy shish va shilliq qavatning gipersekretsiyasi aniqlanadi [24].
Oziq-ovqatga psevdo-allergik reaktsiyalar teri toshmasi polimorfizmi: qavarchiqlar (10%), papulyar (20-30%), eritematoz, makulyar (15-30%) gemorragik va bullyoz toshmalar bilan namoyon bo‘lishi mumkin. Har qanday shaklda oziq-ovqat allergiyalari odatda turli intensivlikda terining qichishishi bilan birga namoyon bo‘lishi mumkin. Teri ko‘rinishlari bilan bir qatorda, oziq-ovqat allergiyasi bo‘lgan bemorlarda ishtahaning pasayishi, yomon uyqu, astenonevrotik reaktsiyalar mavjud [74].
Boshqa allergik (atopik) kasalliklardan farqli o‘laroq, ovqat allergiyasi tarixini va oziq-ovqatni ko‘tara olmaslikni etarli darajada aniqlik bilan baholash qiyin. Oziq-ovqatga yuqori sezuvchanlik tabiati butunlay boshqa mexanizmlar, xususan, oshqozon-ichak trakti va gepatobiliar tizimdan patologiyaga bog‘liq bo‘lishi mumkin [74].
Oziq-ovqat allergiyasini davolash bo‘yicha ko‘rsatmalar amalga oshirishda kompleks yondashuv va simptomlarni engillashtirishga qaratilgan terapiya bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Eng muhimi muhimi, oziq-ovqat tarkibiy qismlari bemorning yoshiga, uning vazniga, birga keladigan somatik kasalliklarga va hajmi va nisbati bo‘yicha mos keladigan adekvat ratsional ovqatlanishni tayinlashdir [74].
Oziq-ovqat allergiyalari ko‘plab allergik kasalliklarning asosini tashkil qiladi: atopik dermatit, qavarchiqlar, angioshish, oshqozon-ichak trakti belgilari, allergik rinit, bronxial astma, anafilaksiya. Ko `p holatlarda oziq-ovqat allergiyalari ortiqcha ishlab chiqarishdan kelib chiqadi [113, 119].
Unda turli xil immunokompetent hujayralar rol o‘ynaydi, ular orasida limfotsitlar ajratiladi; dendritik hujayralar, eozinofillar, semiz hujayralari va bazofillar bor [71].
Ovqat allergiyasi (OA) keng tarqalgan kasallikdir, aholi orasida tarqalishi 0,1% dan 50% gacha. Ovqat allergiyasining klinik ko‘rinishlari keng doirani qamrab oladi, masalan, teri, oshqozon-ichak trakti va nafas yo‘llarining kasalliklari. Oral allergiya sindromi (OAS) ko‘rinishlaridan biri polen sezgirligi bilan bog‘liq bo‘lgan oziq-ovqat allergiyasi. OAS termolabil o‘simlik gulchanglari, yangi meva va sabzavotlar oqsillarning homologiyasi bilan tavsiflanadi [89].
OA diagnostikasi va davolashning hozirgi yondashuvlari - dalillarga asoslangan allergiya Jahon Allergiya Tashkilotining (WAO) xalqaro konsensus [4], Yevropa bolalar gastroyenterologiyasi gepatologiyasi va ovqatlanishi jamiyati, ESPGHAN) [5], Yevropa allergiya va klinik immunologiya akademiyasi (EAACI) [1] hujjatlarida keltirilgan.
Echki va sigir suti oqsillarining homologiyasi (biokimyoviy va immunologik o‘ziga xoslik) 85-95% ga etadi [4], bu yuqori konsentratsiya bilan bog‘liq. Echkiga o‘zaro allergik reaktsiyalarning chastotasi va sigir suti 95-97% bolalarda aniqlangan [4]. Shu bilan birga, reklama xarakteridagi adabiyotda mutlaqo noo‘rin go‘yoki asosiy farqlar haqidagi haqiqat ma’lumotlari ularning tarkibida, xususan, echki sutining yo‘qligi S1-kazein va shuning uchun uning past alergenikligida. Bugungi kunda mikrobiota ta’siri borligiga shubha yo‘q, ichak inson salomatligiga ta’sir qiladigan asosiy omil hisoblanadi. Mikrobial jamoalar asosan immunitet reaktsiyasi va ta’sirini aniqlaydi, patogenlarga qarshilik uchun, shuningdek, barcha makro va mikroyelementlar almashinuvining ishtirok turlarini belgilaydi. Bunda makroorganizmning sog‘lig‘i, ovqatlanishi bilan va atrof-muhit katta darajada ichak mikrobiotsenoziga ta’sir qiladi [55, 102, 107].
Endi ma’lumki, oziq-ovqatdagi protein molekulalarining minimal miqdori rivojlanishning prenatal davrida bolaning immunitet tizimiga ta’sir qiladi [8]. Shunday qilib, bola hatto tug‘ilishdan oldin (va keyin emizish paytida), u kelajakdagi diyetasi bilan "tanishadi" va shunday qilib, oziq-ovqat oqsillariga tolerantlikni shakllantiradi. Biroq, ba’zi bolalarda bu jarayon buziladi [49].
Yaqinda sut mahsulotlari bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa oziq moddalar, masalan, ba’zi yog‘lar va kazein oqsillari, ovqat hazm qilishga yordam berishi tan olingan. Oziq-ovqatni ko‘tara olmaslik belgilarini keltirib chiqaradigan jarayonlarga parallel ravishda ko‘plab normal va patologik o‘zaro ta’sirlarda ichak mikroflorasining roli tan olingan. Nima uchun odamlarda ovqatdan keyin alomatlar paydo bo‘lishini tushuntirishni murakkablashtirdi. Laktoza ozuqa moddalari orasida noyob bo‘lib qoladi, chunki uning manbai birinchi navbatda sutemizuvchilar sutidir va uning metabolizmi genetik jihatdan o‘zgartirilgandir [6].

Download 450.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling