Allergik kasalliklar bilan kasallangan bolalarda oziq-ovqat mahsulotlarining sensibilizatsiya xususiyatlarini gigiyenik asoslash


Download 450.03 Kb.
bet22/23
Sana10.02.2023
Hajmi450.03 Kb.
#1184405
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
monografiya

XULOSALAR
1. Bolalar orasida 87 ta bemorlarning aksariyatini 14-18 yoshdagi (49,4%) bemorlar tashkil qildi, ulardan 30 nafari (34,5%) qizlar, 13 nafari (14,9%) o‘g‘il bolalar bo‘lib chiqdi. Bolalar ichida 7-14 yoshda OA 50,6% ni tashkil etdi, ulardan 21 nafari (24,1%) qizlar, 23 nafari (26,5%) o‘g‘il bolalar edi..
2. O‘g‘il bolalar orasida me’da—ichak kasalliklari 3,2% bemorda, qizlar orasida esa 8,2% bemorda, nafas a’zolari kasalliklari erkaklar orasida 3,9% bemorda, qizlar orasida esa 6,7% bemorda, jigar va o‘t yo‘llari kasalliklari esa o‘g‘il bolalar orasida 2,1 % bemorda, qizlar orasida esa 8,5% bemorda qayd qilindi. Umuman olganda o‘g‘il bolalar orasida 9,2% hollarda va qizlar orasida 23,4% hollarda surunkali kasalliklar bilan xastalanish kuzatildi..
3. Tekshiruvlar natijasida qizlar va o‘g‘il bolalarda limon (5,7% va 4,6%), baliq (3,4 va 2,3%), sigir suti (3,4), tuxum (5,7% va 3,4%), qulupnay (9,2% va 8%), shaftoli (11,5% va 9,2%), dukkakli mahsulotlar (6,9% va 5,7%) ga nisbatan laborator sinamalarida musbat javob aniqlandi.
4. Biz tuzgan maxsus anketa yordamida so‘rov natijasida 60 ta o‘quvchida, ya’ni tekshirilgan maktab o‘quvchilarining 45.7% ida 36 ta qiz (27.2%), 24 ta o‘g‘il bola (18.3%) da ba’zi oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘tara olmaslik va allergiya holatlari mavjudligi aniqlandi. Tekshirilgan bolalarning ko‘p qismida ovqat allergenlariga sezuvchanlik bilan birgalikda boshqa xildagi alllergenlarga sezuvchanlik hollari kuzatildi. Oziq- ovqat mahsulotlaridan baliq va dengiz mahsulotlariga nisbatan yuqori sezuvchanlik holati 5.3-11,4%, asal va yongoqqa nisbatan 4.5%, tuxum va shokoladga nisbatan 3.8%, kofe va kakaoga nisbatan esa 2.2% hollarda aniqlandi.

ILMIY-AMALIY AHAMIYATI
1. Allergik kasalliklarni erta aniqlash allergic rinit va bronxial astma kabi kasalliklarni hamda noxush reaksiyalarni oldini ioishga imkon beradi.
2. Ovqat allergiyasida me’da-ichak, nafas, jigar va o‘t yo‘llaridagi yondosh xastaliklarni o‘z vaqtida davolash kasallik salmog‘ini kamaytirishga imkon beradi.
3. Ovqat allergiyasida kasallikka sababchi allergenlarni taomnomadan chiqarish zarur, buning uchun har yili shifokor ko‘rigidan o‘tish, zararli odatlardan voz kechish kerak.


Download 450.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling