Allergik kasalliklar bilan kasallangan bolalarda oziq-ovqat mahsulotlarining sensibilizatsiya xususiyatlarini gigiyenik asoslash


Download 450.03 Kb.
bet9/23
Sana10.02.2023
Hajmi450.03 Kb.
#1184405
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
Bog'liq
monografiya

2.2. Kasallanishni o‘rganish usullari
Kasallanish aholi salomatligining muhim ko‘rsatkichi bo‘lib, hayotning ijtimoiy — iqtisodiy sharoitlarini baholash mezoni hisoblanadi. Kasalanish ko‘rsatkichini o‘rganish yordamida turli kasalliklarni oldini olish va davolash ishlarining darajasini aniqlash, aholi salomatligini yaxshilash bo‘yicha chora- tadbirlarni ishlab chiqish mumkin bo‘ladi.
Allergik kasalliklar bilan xastalangan bemorlar soni yer yuzida tobora ortib borayotgani va kasallik tarqalish chastotasi har bir xalkning o‘ziga xos turmush tarziga bog‘likligini isbotlash maqsadida, turli mamlakatlarda turli xildagi allergenlarga nisbatan allergik reaksiyalar kuzatilishini hisobga olgan xolda izlanish olib bordik.
Allergik kasalliklar bilan xastalangan bemorlar ichida oziq —ovqat mahsulotlariga nisbatan yuqori sensibilizatsiya xususiyatiga ega bemorlar salmogini aniqlash maqsadida allergologiya markazida davolangan bemorlarning ambulator kartalari hamda kasallik tarixidan foydalanildi. Kasallanishga baho berish maqsadida ekstensiv va intensiv ko‘rsatkichlardan foydalanildi.
Ovqat allergenlarining tarqalishi bo‘yicha ma’lumotlarni kasallik tarixi va ambulator kartalardagi yozuvlar, bemorlar tutgan ovqatlanish kundaliklaridagi ma’lumotlardan olindi.
Ovqat allergiyasini keltirib chiqaruvchi omillarni o‘rganish maqsadida biz tuzgan maxsus karta —anketa yordamida so‘rov o‘tkazildi. So‘rov respublika qoshidagi ilmiy — ixtisoslashgan allergologiya markazida 2021-2022 yil davomida gospitalizatsiya qilingan va ambulator sharoitda davolangan bemorlar va Qoraqalpogiston Respublikasida yashovchi 60 ta maktab o‘quvchilarida o‘tkazildi.
Anketa o‘z ichiga bemorlar haqida quyidagi ma’lumotlarni olgan: bemorning pasport ma’lumotlari, oilaviy ahvoli, zararli odatlari (ichish, chekish), ilgari qaysi allergik kasalliklar bilan og‘rigani, qaysi allergenlarga nisbatan sezgirligi (dori-darmon, chang, turli hidlar), oziq - ovqatlardan qay birini ko‘tara olmaslik holati mavjudligi, o‘gkazgan surunkali kasalliklari, vrach nazoratida allergik xastaliklar bilan qachondan beri turishi va hokazo.

Download 450.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling