Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida


-modda. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ta’rifi va ularning huquqiy maqomi


Download 41.53 Kb.
bet2/21
Sana14.03.2023
Hajmi41.53 Kb.
#1267141
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
yashil4

3-modda. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ta’rifi va ularning huquqiy maqomi
Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar — bu yerlar va suv kengliklari (akvatoriylar)ning ustuvor ekologik, ilmiy, madaniy, estetik, sanitariya-sog‘lomlashtirish ahamiyatiga molik qismlaridir.
Tabiat rang-barangligini saqlab qolish, ekologik muvozanatni va biosfera monitoringini saqlab turishga, shuningdek shikast yetgan tabiiy majmuilarni tiklashga mo‘ljallangan yagona tizimni tashkil etuvchi O‘zbekiston Respublikasining alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlari xo‘jalik maqsadida foydalanishdan to‘liq yoki qisman, bir umrga yoki vaqtincha tortib olinishi mumkin.
Tabiiy zaxiralardan foydalanish va ularni muhofaza qilishga doir rejalar va dasturlar, yer tuzilishi va joylarni tekislash kesmalari hamda boshqa rejalarni ishlab chiqishda alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar hisobga olinadi.
Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga Qonunda belgilab qo‘yilgan tartibda davlat qo‘riqxonalari (shu jumladan biosfera qo‘riqxonalari), davlat milliy bog‘lari, davlat tabiat yodgorliklari, davlat buyurtma qo‘riqxonalari maqomi beriladi.
Suvni muhofaza qilish mintaqalari (tegralari), kurort va rekreatsiya tegralari, yer usti va yer osti suvlari hosil bo‘ladigan tegralar (daryo uvalari, oqiziqli adirlar, tog‘ yonbag‘irlarining etaklari), nodir va qimmatbaho mineral konlari, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning qo‘riqlanma (oraliq) tegralari, baliq xo‘jaligi tegralari, o‘rmonlarning taqiqlangan mintaqalari, tarixiy-tabiiy va yodgoriy bog‘lar, botanika va hayvonot bog‘lari, dendrariylar hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va xalqaro shartnomalar bilan belgilab qo‘yiladigan tartib asosidagi boshqa hududlar ham alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga kiradi. Davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy idoralarining qarorlari bilan alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning boshqa toifalari ham nazarda tutilishi mumkin.
4-modda. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga bo‘lgan mulkchilik
Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat mulkidir va uning muhofazasidadir.
Botanika, dendrologiya va hayvonot bog‘lari boshqa shakllardagi mulk asosida ham tashkil etilishi mumkin.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Erdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Erlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.04 Tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar]

Download 41.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling