Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida
-modda. Davlat qo‘riqxonalarida ilmiy-tadqiqot faoliyati
Download 41.53 Kb.
|
yashil4
- Bu sahifa navigatsiya:
- OKOZ: 1.
14-modda. Davlat qo‘riqxonalarida ilmiy-tadqiqot faoliyati
Ilmiy tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish va o‘tkazish uchun davlat qo‘riqxonalari o‘z ilmiy xodimlar shtati bilan ta’minlanadi. Ilmiy tadqiqotlar, shuningdek chet ilmiy tashkilotlarni va ayrim mutaxassislarni jalb etish yo‘li bilan ham o‘tkazilishi mumkin. Davlat qo‘riqxonalarida olimlar kengashi (ilmiy kengash) tuziladi. “Tabiat solnomasi”ni yuritish barcha davlat qo‘riqxonalari uchun majburiydir. Davlat qo‘riqxonalarining ilmiy jamg‘armalarini saqlash muddati chegaralanmaydi. Davlat qo‘riqxonalariga ilmiy asarlarni nashr etish huquqi beriladi. Davlat qo‘riqxonalarining ilmiy tadqiqotlarini O‘zbekiston Respublikasining Fanlar akademiyasi muvofiqlashtirib boradi. [OKOZ: 1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.03 Tabiat bog‘lari] III BO‘LIM. DAVLAT MILLIY TABIAT BOG‘LARI 15-modda. Davlat milliy tabiat bog‘larining ta’rifi va vazifalari Davlat milliy tabiat bog‘lari tabiatni muhofaza qilish muassasasi bo‘lib, ularning hududlari (akvatoriylari) alohida ekologik, tarixiy va estetik qimmatga ega bo‘lgan hamda tabiatni muhofaza qilish, rekreatsiya, ma’rifiy, ilmiy va madaniy maqsadlarda foydalanishga mo‘ljallangan tabiiy majmuilarni qamrab oladi. Davlat milliy tabiat bog‘lari hududi davlat milliy bog‘lariga egalik qilish yoki ulardan foydalanish uchun beriladigan yerlarda, shuningdek boshqa yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning yerlarida joylashadi. Davlat milliy tabiat bog‘lariga: rekreatsiya, ma’rifiy va ilmiy maqsadlarda foydalanish uchun tabiiy majmuilar va tarixiy-madaniy meroslarni asrab qolishni ta’minlaydigan ish tartibiga rioya etish; shikast yetgan tabiiy majmuilarni tiklash; tarix, madaniyat, me’morchilik obidalarini saqlab qolish; turizm, ekskursiya va dam olish uchun sharoit yaratish; ekologiya bilimlarini targ‘ib qilish; zaxiralarni tejaydigan, ekologik jihatdan sof texnologiyalarni qishloq xo‘jaligi, sanoat ishlab chiqarishi va boshqa faoliyatda ishlatishga joriy etishga ko‘maklashish; tabiatni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanish sohasida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, ilmiy kadrlar va mutaxassislar tayyorlashga hamkorlik qilish vazifalari yuklatiladi. Download 41.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling