“aloqa bank” samarqand shahar filiyali reja: Kirish
Download 249.02 Kb.
|
Jabborov murod hisoboti
“ALOQA BANK” SAMARQAND SHAHAR FILIYALIReja:Kirish.1. “ALOQA BANK”ATB faoliyati bilan tanishish va o’rganish 2. “ALOQA BANK”ATB faoliyatini taxlili 3. “ALOQA BANK”ATB faoliyatini baxolash Xulosa va takliflar Fodalanilgan adabiyotlar Ilova Kirish.Bank — tijorat tashkiloti bo’lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan quyidagi faoliyat turlari majmuini amalga oshiradigan yuridik shaxsdir: yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda qabul qilingan mablag’lardan tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash uchun foydalanish; to’lovlarni amalga oshirish; O’zbekiston Respublikasida tashkil etilgan hamma banklar bank faoliyatining sub’ektlaridir. Banklar o’z faoliyatlarida quyidagi bank operatsiyalarini amalga oshiradilar: jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan vakil banklarning hisobvaraqlarini ochish va yuritish, hisobvaraqlar bo’yicha hisob-kitob qilish; omonatlarni jalb etish; kreditlarning qaytarilishi, foizliligi va muddatliligi sharti bilan o’z mablag’lari va jalb etilgan mablag’lar hisobidan o’z nomidan kreditlar berish. Banklar boshqa turdagi operatsiyalarni ham amalga oshirishlari mumkin mablag’ egasi yoki mablag’ni tasarruf etuvchi bilan tuzilgan shartnomaga binoan pul mablag’larini boshqarish; chet el valyutasini naqd pul va naqd bo’lmagan pul shakllarida yuridik hamda jismoniy shaxslardan sotib olish va ularga sotish; pul mablag’lari, veksellar, to’lov va hisob-kitob hujjatlarini inkasso qilish; uchinchi shaxslar nomidan majburiyatlarning bajarilishini nazarda tutuvchi kafolatlar berish; uchinchi shaxslardan majburiyatlarning bajarilishini talab qilish huquqini olish; qimmatli qog’ozlar chiqarish, xarid qilish, sotish, hisobini yuritish va ularni saqlash, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan qimmatli qog’ozlarni boshqarish, qimmatli qog’ozlar bilan boshqa operatsiyalarni bajarish; bank faoliyati yuzasidan maslahat va axborot xizmati ko’rsatish; jismoniy va yuridik shaxslarga hujjatlar va boshqa boyliklarni saqlash uchun maxsus binolar yoki ular ichidagi po’lat sandiqlarni ijaraga berish; moliyaviy lizing; xalqaro bank amaliyotiga muvofiq, litsenziyada maxsus ko’rsatilgan boshqa operatsiyalar. Ushbu ishda “ALOQA BANK”ATB Samarqand shahar filialida ishlab chiqarish amaliyotini o’tish to’grisidagi hisobot taqdim etilgan. Amaliyotni 17.04.2023 dan 20.05.2023 ga qadar o’tkazish ko’zda tutilgan Amaliy mashg'ulotlar joyi “ALOQA BANK”ATB Samarqand shahar filiali. Ishlab chiqarish amaliyotining asosiy maqsadi bitiruv malakaviy ishim uchun ma’lumotlar yig’ish, o’quv jarayonida olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash va chuqurlashtirish. Tadqiqot obyekti- ALOQA BANK”ATB Samarqand shahar filiali Tadqiqot predmeti- ALOQA BANK”ATB Samarqand shahar filialining normativ hujjatlari. Amaliyot jarayonida o’rganib chiqilishi kerak bo’lgan savollar: Bankning rivojlanish bosqichlari va bankning ishlash ko’rsatkichlari; Bank faoliyatining asosiy yo’nakishlari; Bankning tashkiliy tuzilmasi; Bankning depozit va kreditlash operatsiyalari; Bankning qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalari; Plastic kartochkalar bilan operatsiyalar; Naqd pulsiz to’lo’vlarni tashkil qilish; Bankning kassa operatsiyalari; Bankning valyuta operatsiyalari; Qarz bajburiyatlar bilan ishlash; Amaliyotdan oldin ALOQA BANK”ATB Samarqand shahar filialining nizomi, tuzilamviy tashkilotlar, xavfsizlik texnikasiga oid meyyoriy hujjatlar bilan tanishdim. Download 249.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling