Aloqalar a'lo nuqtada


O'zbekistonning AQShdagi elchixonasi vebinari, 29-iyul, 2021


Download 1.53 Mb.
bet5/12
Sana15.06.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1485001
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
AQSH – O`zbekiston munosabatlari

O'zbekistonning AQShdagi elchixonasi vebinari, 29-iyul, 2021
O'zbekistondagi uchinchi elchi Josef Presel deydiki, ikki davlat razvedka tizimlari orasidagi aloqalar uning paytida ancha mustahkam edi. 1990-yillar oxirida xizmat qilgan diplomat mamlakatda inson huquqlari bilan bog'liq vaziyat yomonlashgani sari Amerika bilan hamkorlikka ham darz keta boshlagan.
"Lekin, umuman olganda, Vashington va Toshkent o'zaro manfaatlar yo'lida hamisha til topisha olgan. Ziddiyatlarni tan olib, ularni hal etish uchun harakat bo'lgan, tomonlar muloqotni to'xtatmagan", - deya eslaydi Presel.
2001-yilda Shanxay Hamkorlik Tashkiloti tuzilishi, AQSh ekspertlari tahlilicha, o'ziga xos tarixiy burilish bo'lgan, chunki bu Xitoy va Rossiya yetakchiligida mintaqani birlashtirgan blok edi. G'arbga qarshi ekanini ochiq aytmasa-da, iqtisodiy tashkilot va xavfsizlik doirasi sifatida Osiyodagi yirik organ bo'lishni maqsad qilgan.
O'tgan yillarda kengaygan tashkilot kelajakda NATO kabi xavfsizlik bloki bo'ladimi yo iqtisodiy integratsiya mexanizmi? Amerikalik siyosatdonlar ta'biricha, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti har ikkisini qila olmaydi va boshqa diplomatik platformalar singari asosan dialog maydoni bo'lib qoladi.

O'zbekistonning AQSh va Kanadadagi elchisi Javlon Vahobov "Pentagon Toshkent bilan bevosita gaplasha boshlagan". Klark, Eskudero va Presel tahlilicha, O'zbekistonni o'rganish, uni tushunish, Amerika bu mamlakat bilan munosabatlarni qanday olib borishi borasida harakatlarni to'xtatmaslik kerak.


Ilmiy tadqiqotlar, ta'limiy dasturlar va amaliy loyihalardan naf katta, deydi ular. O'tgan uch o'nyillik xatolar va muammolar, shu bilan birga saboqlar va yutuqlarga ham to'la, deya kuzatadi ular. Sarhisob qilish kerak, har ikki davlatda diplomatlarning yangi avlodi ularni anglashi, qadrlashi va rishtalarni mustahkamlash uchun dadilroq qadamlar tashlashi kutiladi. Genri Klark uchun uning elchiligi davridagi yirik muvaffaqiyatlardan biri Ikki davlat mudofaa tizimlarini bog'lash bo'lgan. "Bu oson ish emas edi, - deydi Klark. - Pentagon Toshkent bilan bevosita gaplasha boshlagan". Diplomatiyani noldan boshlab yo'lga qo'yish mayda ish, deya qo'shadi u, elchixona to'liq ishlashini ta'minlash zarur edi va bunga erishilgan.
Eskudero uchun Karimov bilan shaxsiy aloqa o'rnatish, muntazam erkin muloqot olib borish ulkan yutuq bo'lgan. "O'zaro ishonch bor edi. Avtoritar rahbarning bizga ochilishi misli ko'rilmagan holat edi. Diplomatiyada bunga erishish hamisha yuqori baholanadi", - deydi Eskudero. Presel uchun madaniy, professional va ilmiy almashinuvlar aloqani tebratishda muhim ahamiyatga ega. Ularni har doim ham qadrlashmaydi, deydi Presel, ammo xalqlarni yaqinlashtirishda bu beqiyos omil. Elchiligi paytida ularni ko'paytirganidan Presel faxrlanadi.
2016-yilda Karimov olamdan o'tdi. O'rniga Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev hokimiyatga keldi. Mirziyoyevni esa hech kim yaxshi bilmas edi, deydi Spratlen, jumladan AQSh ham. "U ishga kirishishi bilan O'zbekiston endi boshqacha odam qo'lida ekanini his qilganmiz", - deydi Spratlen. "Serg'ayrat, ochiqlik, samimiylik, dadillik...".

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling