Aloqalar a'lo nuqtada
Oʻzbek-Amerika aloqalari: Avval iqtisod
Download 1.53 Mb.
|
AQSH – O`zbekiston munosabatlari
2.2 Oʻzbek-Amerika aloqalari: Avval iqtisod
Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh bilan oʻzaro munosabatlarni "avvalo, iqtisodiyot sohasida mustahkamlashga qaratilgan hamkorlikning yangi mexanizmlarini ishlab chiqish" kerakligini aytgan. Bu haqda Oʻzbekiston rahbari chorshanba kuni Amerika - Oʻzbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm bilan uchrashuv chogʻida gapirgan. Mirziyoyevga koʻra, Oʻzbekiston Qoʻshma Shtatlar bilan savdo-iqtisodiy, investitsiya, texnologiya, innovatsiya va taʼlim sohalarida uzoq muddatli hamda keng koʻlamli hamkorlikni yoʻlga qoʻyishdan manfaatdor. Rasmiy xabarda aytilishicha, uchrashuv chogʻida AQShning "toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalari va zamonaviy texnologik yutuqlari asosida amalga oshiriladigan istiqbolli loyihalar" muhokama etilgan. Avvalroq Lemm xonim Toshkentdagi Amerika - Oʻzbekiston savdo palatasining yigʻilishida ishtirok etgan. Yigʻilishda oʻzbek tomoni AQSh moliya institutlari bilan aloqalarni qayta tiklash zarurati haqida gapirgan. Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Elyor Gʻaniyev Oʻzbekiston hanuz Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkilotining sarmoyalarga xavf katta boʻlgan davlatlar roʻyxatida qolayotgani bu borada muammo yaratayotganidan shikoyat qilgan. "Bizni hozirgacha 6-toifaga kiritishadi. Bu albatta toʻsiq", - degan Gʻaniyev. Ammo uning taʼkidlashicha, bu "birinchi navbatda Amerika sarmoyalari yoʻlidagi toʻsiqdir". Oʻzbek mulozimi oxirgi 13 yilda Oʻzbekistonda yalpi ichki mahsulot oʻsish hajmi 8 foizni tashkil etgani va mustaqillik yillarida Oʻzbekiston iqtisodi 5 barobarga oʻsgani haqidagi odatiy raqamlarni keltirgan. Elyor Gʻaniyev AQShlik sarmoyadorlarni mamlakat boʻylab tashkil etilayotgan 4 ta erkin iqtisodiy hududga sarmoya kiritishga chaqirgan. "Ularda xorijlik sarmoyadorlar uchun mislsiz sharoitlar yaratilmoqda. Qisqacha aytganda, soliq ham, boj toʻlovi ham nolьga teng", - degan oʻzbek mulozimi. Oʻzbek tomonining raqamlariga koʻra, Qoʻshma Shtatlar Oʻzbekistonga kiritgan umumiy sarmoyalar miqdori 1 milliard dollardan oshgan. Bu raqam 2015 yil sentyabr holatiga Amerika Qozogʻistonga kiritgan toʻgʻridan-toʻgʻri sarmoyalar hajmidan 30 barobar (30 milliard dollar-tahr.) kamdir. AQSh Oʻzbekistonni erkin bozor iqtisodi amal qilayotgan davlat sifatida tan olmagan. Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling