Aloqalar a'lo nuqtada
AQSH 2021 yilda O`zbekiston munosbatlari
Download 1.53 Mb.
|
AQSH – O`zbekiston munosabatlari
2. 1 AQSH 2021 yilda O`zbekiston munosbatlari.
AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Deniyel Rozenblyum Yangi yil bayrami munosabati bilan O‘zbekiston xalqini tabrikladi. Elchi 2020 yil og‘ir kelganini, bu yil ko‘plar yaqinlaridan ayrilganiin, koronavirus sabab ulkan iqtisodiy inqiroz yuzaga kelganini ta’kidlab o‘tgan. “2020 yil o‘z yakuniga yetar ekan, men bu yil barchamiz uchun qanchalik qiyin bo‘lgani haqida mulohaza yuritmoqchiman. Koronavirus oramizdan ko‘plab yaqinlarimizni olib ketdi va katta iqtisodiy qiyinchiliklarni keltirib chiqardi”, deydi diplomat. Rozenblyum qiyinchiliklarga qaramay, davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar rivojlanganini qo‘shimcha qilgan va O‘zbekiston-AQSH munosabatlarini bunga misol qilib ko‘rsatgan. “Ammo umumiy qiyinchilik do‘stlarni yanada yaqinlashtirish ham mumkin ekan va buni shu yil AQSH va O‘zbekiston miolida ko‘rdik. Pandemiyaga javoban AQSH O‘Zbekiston sog‘liqni saqlash tizimini qo‘llab-quvvatlashni sezilarli darajada oshirdi. Natijada mamlakatingizning jasur shifokor va hamshiralari odamlar hayotini saqlab qolish uchun zarur bo‘lgan vositalarga ega bo‘lishdi”, deydi AQSH elchisi. Shu o‘rinda qayd etish kerakki, 2020 yilda AQSHning O‘zbekiston aloqalari ijobiy tomonga o‘zgardi. AQSH Davlat kotibi Maykl Pompeo fevral oyida O‘zbekistonga kelgandi. U “Markaziy Osiyo – AQSH” (S5+1) formatidagi Tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida qatnashgandi. Maykl Pompeo Afg‘onistonda tinchlikka erishish bo‘yicha O‘zbekiston tashabbuslarini alohida qayd etdi. Pompeo tashrifi davomida Prezident Shavkat Mirziyoyev qabulida ham bo‘ldi. Deniyel Rozenblyum AQSH koronavirus pandemiyasiga qaramay, O‘zbekistonda adolatli fuqarolik jamiyati qurish yo‘lida amalga oshirilgan ishlarni e’tirof etdi. “Pandemiyaga qaramay biz mamlakatingizni zamonaviy, adolatli va farovon jamiyatga aylantirish maqsadida O‘zbekiston hukumati va xalqi olib borayotgan ulkan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashda bardavom bo‘ldi”, deydi elchi janoblari. 2021 yildagi rejalar haqida gapirarkan Deniyel Rozenblyum AQSH va O‘zbekiston munosabatlari yanada yaxshilanishiga umid bildirgan. “2021 yilda siz bilan yanada yaqindan hamkorlik qilishni orziqib kutamiz. AQSH xalqi va Amerikaning Toshkentda joylashgan elchixonasidagi hamkasblarim nomidan O‘zbekiston xalqini Yangi yil bilan chin qalbimdan tabriklayman. Siz va oilalaringizga mustahkam sog‘lik, tinchlik, farovonlik va baxt tilayman. Yangi yilingiz muborak bo‘lsin”, deya O‘zbekiston xalqini tabrikladi amerikalik diplomat. 2020 yilda AQSH va O‘zbekiston munosabatlarida haqiqatan ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi. Avvalo shuni aytish joizki, O‘zbekiston AQSHning diniy erkinlik bo‘yicha “Maxsus kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi. Bundan tashqari, Amerika Qo‘shma Shtatlari Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni general Kennet Makkenzi O‘zbekistonga keldi va Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi. Suhbat davomida Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish yuzasidan fikr almashildi. Ma’lumot uchun, AQSH koronavirus pandemiyasi boshlangandan beri bir necha marta O‘zbekistonga yordam berdi. Xususan, O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurashish uchun laboratoriyalarni jihozlash hamda virus haqidagi dezinformatsiyalarga qarshi kurashish va insonlarni davlat va tibbiyot xodimlari bilan hamkorlikda ishlashga jalb qilish uchun 848 ming AQSH dollari ajratildi. Bundan tashqari, 16 aprel kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarining Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) orqali, O‘zbekistonga qiymati qariyb 400 000 AQSH dollari bo‘lgan 131 320 kg oziq-ovqatni yetkazib berdi. Shu bilan birga, bir necha marta turli tibbiy vositalar ham sog‘liqni saqlash tizimi ma’sullariga topshirildi. Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling