AQShning O'zbekistondagi elchisi: Oldimizda misli ko'rilmagan imkoniyatlar. Birinchi navbatda qo'shnilar bilan aloqani yaxshilashga
bel bog'lagani, dunyoga ochilish, G'arb bilan, xususan Amerika bilan yaqindan ishlashni xohlashi, "iqtisodiyotni ochamiz" degan gaplari AQShga umid bergan va Vashington uni bu borada quvvatlashga qaror qilgan. "Muammolar bir pasda hal bo'lishini bilmas edik. O'zbekiston bir zumda demokratik tizimga aylanib qolmasligi, oldinda mashaqqatli yo'l turganini yaxshi tushunganmiz va hali ham tushunamiz", - deydi Spratlen.
"Mirziyoyev aytganini amalda ko'rsata oldi, masalan, BMT maxsus elchilariga eshik ochildi... Siyosiy mahbuslar ozod etildi. O'zgarishlar biz xohlagan darajada bo'lmadi, lekin jarayonlar boshlanganini ko'rdim", - deydi diplomat. Kongressda O'zbekistonga e'tibor oshdi. Davlat departamenti O'zbekiston bilan dasturlarni ko'paytirish harakatiga tushdi. Mirziyoyev 2018-yilning mayida Vashingtonga kelib, Oq uyda Donad Tramp bilan muloqot qildi. 2002-yilda boshlangan strategik sheriklik yangilandi.
"Elchilikni boshaganimda O'zbekiston yopiq va yakkalangan mamlakat edi. Bugungi O'zbekiston ochiq va ochilishda davom etishi kerak. O'zgarishlar to'xtamasligi kerak. Prezident Mirziyoyev shuni va'da qilgan, xalq biladi, biz ham eshitganmiz", - deydi Spratlen. AQShning Toshkentdagi hozirgi va to'qqizinchi elchisi Daniel Rozenblum deydiki, Vashington hozir qator maqsadlar yo'lida harakatlanmoqda. Birinchidan, barqarorlik uchun hamkorlik qilish, jumladan Afg'oniston va O'zbekistonning xavfsizlikni ta'minlash salohiyatini oshirish. Ikkinchidan, O'zbekistonda islohotlarni quvvatlash va ular davomiy va natijali bo'lishiga hissa qo'shish. Uchinchidan, deya tushuntiradi Rozenblum, biznes imkoniyatlarni kengaytirish, sarmoya muhiti yaxshilanishi, shaffoflik uchun intilish. To'rtinchidan, inson huquqlari va qonun ustuvorligiga e'tiborni oshirib, fuqaro erkinliklari himoyasini yo'lga qo'yish, adliya va sud tizimidagi islohotlarni quvvatlash.
II bob. AQSH 2021 yilda O‘zbekiston bilan yanada yaqin hamkorlik qilmoqchi.
Do'stlaringiz bilan baham: |