Aloqalar a'lo nuqtada
Download 1.53 Mb.
|
AQSH – O`zbekiston munosabatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Siyosiy aloqalar
Islohotlarga pul kerak. Prezident Mirziyoyev oʻz chiqishlarida iqtisodiyotda davlat ulushini kamaytirish va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash haqida gapirgan. Tahlilchilarga koʻra, Mirziyoyev oʻzi eʼlon qilgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishi uchun yirik xorijiy sarmoyalarni jalb etishi kerak boʻladi. Oʻtgan oy hukumatning yil yakunlariga bagʻishlangan yigʻilishida Elyor Gʻaniyev doxil, xorijiy sarmoya uchun maʼsul vazirlar va idoralar rahbarlarini tanqid qilgan. "Sizlar Koreyaga komandirovkaga sarflagan mablagʻlaringizga ikkita korxona qurish mumkin edi", - deb aytgan Mirziyoyev mulozimlardan biriga.
Avvalroq Mirziyoyev AQSh Davlat Kotibining siyosiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Tomas Shennon bilan muzokaralar oʻtkazgan Prezident xorijiy sarmoyalarni jalb etish uchun Senat raisining yangi oʻrinbosari lavozimini taʼsis etgan. Ushbu lavozimga tayinlangan senator Sodiq Safoyev oʻtgan yil dekabrida Oʻzbekistonda sarmoya muhiti yomonligini tan olgan. Toshkentda xorijiy sarmoyalarga bagʻishlangan anjumanda gapirgan Safoyev xorijlik ishbilarmonlar bilan ochiq muloqotga tayyor ekanliklarini aytgan. "Agar elektr taʼminoti yaxshi boʻlmasa, bironta ham sarmoyador Oʻzbekistonga kelib, zavod ochmaydi", -deb aytgan anjumanda qatnashgan yevropalik diplomatlardan biri. Tahlilchilarning aytishlaricha, pul valyuta siyosati erkinlashtirilmas va korruptsiyaga qarshi jiddiy kurash boshlanmas ekan, xorijiy sarmoyadorlarni jalb qilish qiyin boʻladi. Oʻzbekiston hukumati aprel oyida pul-valyuta islohotini oʻtkazishni rejalayotganini aytgan, ammo hozirga qadar bu borada aniq harakat rejasi eʼlon qilinmagan. Sodiq Safoyev Oʻzbekistonda "siyosiy modernizatsiya"ga ehtiyoj borligini ham tan olgan. Siyosiy aloqalar. Oʻtgan yil oktyabrida prezident vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Samarqandda AQSh Davlat Kotibining siyosiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Tomas Shennon bilan muzokaralar olib borgandi. Muzokaralar chogʻida ikki tomon jumladan, siyosiy aloqalarda ham "koʻzga koʻrinarli natijalar"ni qoʻlga kiritish niyatida ekanliklarini tasdiqlashgan. Tomas Shennonning safaridan koʻp oʻtmay, sobiq deputat va siyosiy mahkum Samandar Qoʻqonov qamoqdan ozod etilgandi. AQSh Davlat Departamenti 23 yildan koʻproq umrini qamoqda oʻtkazgan faolning ozod qilinishi Oʻzbekiston hukumati bilan olib borilgan muzokaralar natijasi ekanini tasdiqlagan. Ammo ayni paytda yana oʻnlab siyosiy faollar va mustaqil jurnalistlar qamoqxonada qolayotir. Oʻtgan oy AQShda joylashgan Jurnalistlarni Himoya Qilish Qoʻmitasi Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni qamoqdagi jurnalistlarni ozod etish, matbuotga erkinlik berish va internetga qoʻyilgan cheklovlarni olib tashlashga chaqirgan. Prezident Mirziyoyev hozirga qadar mamlakatda tub siyosiy islohotlar oʻtkazish haqida gapirmagan. Mamlakatda marhum prezident Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish va uning ziddiyatli siyosiy merosini ulugʻlash harakatlari boshlangan. AQSh Davlat Departamenti Oʻzbekistonda Karimov davrida qaror topgan siyosiy tuzumni "inson haqlarini qoʻpol ravishda poymol qiluvchi repressiv va shafqatsiz tuzum" deb taʼriflab kelgan. Amerikalik diplomatlar inson haqlarining buzilishini Oʻzbekiston bilan aloqalarning rivojlanishiga toʻsqinlik qilayotgan asosiy omil sifatida koʻradilar. AQSh yangi maʼmuriyatining Oʻzbekiston bilan munosabatlarda inson haqlariga qanchalik eʼtibor qaratishi nomaʼlum. Toshkentdagi diplomatik manbaʼlardan birining aytishicha, Donald Trampning prezidentlikka saylanishi oʻzbek diplomatlari uchun "yaxshi yangilik" boʻlgan. Oʻtmishda Jorj Bushning respublikachi maʼmuriyati Oʻzbekistonni terrorga qarshi urushda muhim ittifoqchi sifatida tanlagani uchun tanqid qilingan. O‘zbekiston-AQSh: Hamkorlik va sherikchilik aloqalari rivojlanyapti So‘nggi yillarda O‘zbekiston-AQSh munosabatlari tobora chuqurlashib, o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalari rivojlanib bormoqda. Buni shu oyning o‘zida ikki davlat rasmiylari tashriflarining soni keskin oshgani va erishilayotgan kelishuvlar misolida ko‘rishimiz mumkin. Xususan, 15–17 iyun kunlari Oliy Majlis Senati raisi – Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Qo‘shma Shtatlariga tashrif buyurib ko‘plab uchrashuvlar o‘tkazdi. Dastlab Senat raisi AQSh davlat kotibining fuqarolar xavfsizligi, demokratiya va inson huquqlari masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Uzra Zeya bilan uchrashdi. Suhbatda tomonlar mamlakatda majburiy mehnatga barham berish, odam savdosining oldini olish va unga chek qo‘yish, ayollar va gender tenglik, OAV faoliyati masalalarini muhokama qilgan. Shuningdek, AQSh rasmiysi Davlat departamentining odam savdosi to‘g‘risidagi ma’ruzasida O‘zbekistonning o‘rni “nazorat ostidagi ro‘yxat”dan ikkinchi darajaga (TIER-2) ko‘tarilgani bilan qutlab, ushbu harakatlar davom ettirilishiga umid bildirdi. Tanzila Norboyeva, shuningdek, AQSh Kongressidagi O‘zbekiston bo‘yicha kokus rahbarlari – kongressmenlar demokrat Visente Gonsales va respublikachi Trent Kelli bilan uchrashuv o‘tkazdi. Kongressmenlar AQSh Kongressining O‘zbekiston mustaqilligi va suverenitetini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan maxsus rezolyutsiyasi hammualliflari bo‘lishga chaqirishni davom ettirishini ta’kidladi. “Hozirgi vaqtda bizda 21 ta ovoz bor va ushbu hujjat AQSh Kongressi tomonidan ma’qullanishi uchun bizni yana to‘rt nafar kongressmen qo‘llab-quvvatlashi kerak. Rezolyutsiya mamlakatlarimiz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan qabul qilinishi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni ishga solishga tayyormiz”, degan Trent Kelli. Amerikalik qonun chiqaruvchi AQSh Kongressi O‘zbekistonga nisbatan “Jyekson-Venik” tuzatishini qo‘llashni tugatish haqidagi qonun loyihasini qabul qilishga sodiq ekaniga ham ishontirdi. Bu juda muhim, chunki bu ikki mamlakat o‘rtasida savdo sohasida kamsitmaydigan normal munosabatlar o‘rnatilishiga yordam beradi. Tashrif chog‘ida o‘zbek delegatsiyasi Kongress kutubxonasiga “O‘zbekiston madaniy merosi dunyo to‘plamlarida” loyihasidan kitoblar to‘plamini topshirdi. Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling