«alpomish» dostoni


«Alpomish» dostonidagi yoy - kamon bilan bog`liq epizodlar hindlarning qadimiy eposi «Ramayana»


Download 19.85 Kb.
bet4/7
Sana08.01.2022
Hajmi19.85 Kb.
#240867
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
«ALPOMISH» DOSTONI

«Alpomish» dostonidagi yoy - kamon bilan bog`liq epizodlar hindlarning qadimiy eposi «Ramayana»dagi tasvirlarga juda o`xshab ketadiki, bu esa eposning juda qadimiyligini bildiradigan xususiyatlaridan yana biridir.

Adabiyotshunos olim, «Alp Er Tunga (Afrosyob) jangnomasi» tadqiqotchisi Abdurashid Abdurahmonov «Alpomish» dostonining yaratilishini Qadimgi Turk xoqonliginining mashhur vakili Alp Er Tunga - Afrosiyob bilan bog`laydi. Qisqasi,



«Alpomish» eposining yaratilganiga 2000 yildan ortdi, aniqrog`i, 2500 yil to`ldi, desak to`g`ri bo`ladi.

«Alpomish» dostonining Fozil Yo`ldosh o`g`lidan yozib olingan nusxasi 1939, 1935, 1979, 1992, 1993, 1999 yillarda chop etilgan bo`lsa, 1972 yilda Sh. Murodovning Saidmurod Panoh o`g`lidan yozib olingan nusxasi, 1998 yilda T. Turdiyevning Xushboq Mardonqul o`g`lidan yozib olgan nusxasi chop etildi. Umuman olganda, dostonning 30 ta shoirdan yozib olingan 50 ga yaqin variantlari bo`lib, bular orasida folklorshunos Tojiboy G`oziboyev tomonidan Haydar sannovchi Boychaevdan yozib olgan Namangan variantlari ham bor.

«Alpomish» dostonida o`zbek xalqining mardlik, jasurlik, insonparvarlik, qahramonlik haqidagi tarbiyaviy tamoyillari o`z ifodasini topgan. Dostonda markazlashgan davlat tuzish g`oyasi etakchi o`rinda turadi. Shu bilan birga, asarda islom dinining ta`siri ham sezilib turadi deyish mumkin. Fozil Yo`ldosh o`g`li nusxasida qahramonlar ruhiy holatini tasvirlashga alohida e`tibor berilgan. Ayni chog`da, Kashal yurti tasvirlanar ekan, bozordagi tarozu toshlarining olinishi tasvirlanadi. Qayd etilganlarning hammasi «Alpomish» dostonining o`zbek dostonchiligida muhim o`rin egallaganligini tasdiqlaydi.

Doston juda ulkan hajmli bo`lgani uchun ham unda bir necha etakchi g`oyalar ilgari surilgan. Avvalo bir urug`, bir elat xalqlari tinch-totuv, ahil va inoq yashashlari lozim deb ta`kidlanadi. Qolaversa, vatandoshlarni, sevgilisini qutqarish, dushmanga hech qanday imkoniyat bermaslik, Ona-Vatanga sadoqat, odillik, halollik, to`g`rilik, mardlik, sodiqlik kabi g`oyalarning ilgari surilishi bugungi kunda ham o`z qimmatini yo`qotmagan va aksincha ayni paytda juda katta ahamiyat kasb etadi.




Download 19.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling