Амалий машулот б´йича дарс ´тиш
O‘qitish texnikasi va usullari
Download 7.13 Mb.
|
Ўткир аппендицит
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘qitish jihozlari
- O‘qitish shartlari O‘quv xonalari, palatalar. Monitoring va baholash
- 2. Motivatsiya
- 3. Fanlararo va fan ichida bog‘liqlik
2. Motivatsiya Talabalarni og‘ir asoratlar rivojlanguniga qadar o‘z vaqtida samarali davolash muhimligini tushuntirish orqali muhokama qilinayotgan mavzuga qiziqtirishni oshirish, asortalar rivojlangan bo‘lsa diagnostika, davolash, profilaktika va reabilitatsiyaning eng informativ va zamonaviy usullari bilan tanishtirish. Talabalarning klinik tafakkurini rivojlantirish. Jahon tibbiyoti va umumiy amaliyot shifokori nuqtai nazaridan muammoga zamonaviy qarashni ishlab chiqish. 3. Fanlararo va fan ichida bog‘liqlik Ushbu mavzuni o‘qitish talabalarning normal anatomiya, normal va patologik fiziologiya fanlari asoslarini bilishiga asoslanadi. Dars davomida olingan bilimlar boshqa klinik fanlarni o‘zlashtirishda asqotadi. 4. Darsning mazmuni O‘tkir appenditsit – ko‘richak chuvalchangsimon o‘simtasining nospetsifik yallig‘lanishi bo‘lib, jarrohlik amaliyotida eng ko‘p uchraydigan kasallik hisoblanadi. Har 1000 axoli soniga 4-5 bemor to‘g‘ri keladi. Ko‘p yillar mobaynida appenditsit juda ko‘plab jarrohlarni sarosimaga solib kelgan. Appendiks kichkinagina, o‘zicha mustaqil ahamiyatga ega bo‘lmagan a'zo bo‘lib ko‘rinsa-da, uning muammolari bilan butun dunyo jarrohlari jamoasi kurashib kelmoqda - hali uning muammolari to‘liq yechilmagan. Yirik rus olimlaridan I.I. Grekov – “chuvalchangsimon o‘simta yallig‘lanishini xamelionsimon kasallik” - deb atab, uni - “tahmin qilgan joyingdan topmaysan, balki kutilmagan joydan topasan” – degan edi. O‘tkir appenditsitni davolashda ham huddi shunday tamoilga duch kelamiz, ya'ni appendektomiya – bu bir vaqtning o‘zida studentlar bajara oladigan oson va shunday xolatlar bo‘ladiki, hattoki malakali jarrohdan ham katta mahorat va tajribani talab etadi. Yurtimizda 1 yil mobaynida 500 mingdan dan ortiq bemor ushbu kasallik bo‘yicha shifoxonalarga yotqiziladi va ulardan 89 % appendektomiya operatsiyasini boshidan o‘tkazadi. Operatsiyadan keyingi o‘lim darajasi rivojlangan mamlakatlar klinikalarida 0,2-0,3% ni, resublikamizda esa o‘rta hisobda 0,2% ni tashkil qiladi. O‘lim ko‘rsatkichining asosiy sabablari: bemorlarning shifoxonaga kech murojaat qilishi, kasalxonada diagnostika davrining uzayishidir. Download 7.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling