Tizim – o„zaro bir-biri bilan hamda tashqi muhit bilan muayyan qonuniyat asosida aloqada
bo„lgan elementlar majmuasidir (L. fon Bertalanfi).
Tizim – o„zining belgilari bilan o„zaro aloqador predmatlar to„plamidir (A. Xoll).
Tizim – bu qismlari muayyan qonuniyat bilan joylashgan va o„zaro aloqada bo„lgan
shunchaki butunlikdir (Ojegov).
Tizim – bu o„zgartirish yoki shakl almashtirishlarning bir qiymatliligini ta‟minlovchi
o„zgaruvchilar ro„yxati bo„lib, u moddiy narsa emas (U.R.Eshbi).
Tizim – bu qismlarining doimiy o„zaro ta‟siroti natijasida bir butunlikni egallagan shakldir
(P.Senge).
Tizim – bu o„zaro bir-biri bilan ixtiyoriy dinamik aloqada bo„lgan elementlar majmuidir
(S.Bir).
Tizim – bu kuzatilayotgan obyekt belgilari va uning xossalari o„rtasidagi formal o„zaro
bog„liqlikdir (M.Masarovich, Y.Takaxara).
Bunday ta‟riflarni ko„plab keltirish mumkin. Ammo umumiy holda quyidagi ta‟rif biz
o„rganadigan fan doirasida yetarli tushunchalarni bera oladi:
Tizim (sistema) deganda, yagona maqsad yo„lida, bir vaqtning o„zida ham yaxlit, ham
o„zaro bog„langan tarzda faoliyat ko„rsatuvchi elementlar (obyektlar) majmuasi tushuniladi. Bu
elementlar to„plami oddiy elementlar yig„indisidangina iborat bo„lmay, har bir element ham o„z
navbatida tizim bo„lishi mumkin.
Agar tizimga berilgan turli ta‟riflarga e‟tibor qaratadigan bo„lsak, ularning qurilishi va
ishlashi, rivojlanishida “element”, “maqsad” va “yaxlitlik” kabi parametrlar qatorida ular bilan teng
kuchli bo„lgan boshqa parametrlar ham alohida ahamiyat kasb etadi. Quyida bu parametrlarning har
birini tushuncha sifatida qarab, ularga tavsif berishga harakat qilamiz.
Demak, tizimlarninig qurilishi, ishlash faoliyati va rivojlanishini xarakterlovchi asosiy
tushunchalar quyidagilardan iboratdir:
1. Tizimning elementi deganda, kelishilgan qoidaga muvofiq, tizimning bo„linmas bir
bo„lagi tushuniladi. Boshqacha aytganda, element tizimning bo„linish chegarasi yoki qismiy birligi
bo„lib xizmat qiladi. Tizim tarkibiga kiruvchi har qanday elementning o„zi ham mustaqil tizim
sifatida faoliyat ko„rsatishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |