Amaliy №1 Mavzu: Axborot tizimlarida ma’lumotlarni tasvirlash va tashkil etish, axborotlarni izlash. Ma’lumotlarning axborotli modellari. Zamonaviy axborot texnologiya vositalari bilan tashish. Grafik axborotlar bilan ishlovchi dasturiy vositalari bilan


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana10.02.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1187427
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Amaliy 1 -2

2. Qismiy tizim (tizim osti) deganda o„zida tizimning barcha xossalarini saqlagan
muayyan bir guruh elementlarini o„zida mujassamlashtirgan ichki tizim tushuniladi. Bir tizim 
tarkibida bir yoki bir nechta qismiy tizim hamda alohida ko„rinishdagi avtonom elementlar bo„lishi 
mumkin. 
3. Tizimning strukturasi – bu tizimdagi elementlar, ularning muayyan tartibdagi 
joylashuvi hamda ular o„rtasidagi o„zaro aloqalar majmui bo„lib, u tizimning mavjudligini va 
tavsifini ifoda etuvchi asosiy tushuncha bo„lib xizmat qiladi. Tizimning strukturasi grafik, matritsa, 
graf, iyerarxik tarzda hamda strukturani modellashtirishga mo„ljallangan boshqa tillarda 
tasvirlanishi mumkin. 
4. Tizimda aloqa deyilganda, tizim elementlarining tashqi muhit bilan va ichki muhitdagi 
o„zaro axborot almashinuvi yoki ta‟siroti tushuniladi. 


Tizim o„zining tuzilishi va maqsad-mohiyatiga ko„ra statik hamda dinamik xususiyatlarga 
ega bo„lishi mumkin. 
Aloqa tizimning xuddi shunday xususiyatlarini tavsiflashda foydalaniladigan va hattoki 
tizimni ta‟riflashda ham kuchli ishtirok etadigan asosiy tushunchalardan biri sanaladi. 
Tizim elementlari o„rtasida o„zaro aloqalarninng yuzaga kelishi tizimning yangi sifat 
ko„rinishini ham hosil qiladi. Tizimda aloqa quyidagi ko„rinishlarda bo„lishi mumkin: 
4.1) 
yo„naltirilgan va yo„naltirilmagan aloqa; 
4.2) 
kuchli va kuchsiz aloqa; 
4.3) 
tashqi va ichki aloqa; 
4.4) 
to„g„ri va teskari aloqa. 
5. Tizimning holati – tizimning oniy vaqtdagi mavjud xossalar to„plami bo„lib, u 
tizim tarkibidagi barcha o„zgaruvchilarning shu oniy lahzadagi qiymatlarini ifodalaydi. 
6. Tizimning o‘zini tutishi – vaqtning istalgan lahzasida tizimning bir holatdan 
ikkinchi holatga o„tib turishini bildiradi. 
Tizimning o„zini tutishini xarakterlovchi asosiy tushunchalar: muvozanati, turg„unligi, 
rivojlanishi va maqsadi. 

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling