Amaliy №1
Mavzu: Axborot tizimlarida ma’lumotlarni tasvirlash va tashkil etish, axborotlarni izlash.
Ma’lumotlarning axborotli modellari. Zamonaviy axborot texnologiya vositalari bilan tashish.
Grafik axborotlar bilan ishlovchi dasturiy vositalari bilan ishlash.
Ishning maqsadi. Talabalarda Axborot tizimlarida ma‟lumotlarni tasvirlash va tashkil etish,
axborotlarni izlash. Ma‟lumotlarning axborotli modellari. Zamonaviy axborot texnologiya vositalari
bilan tashish. Grafik axborotlar bilan ishlovchi dasturiy vositalari bilan ishlash bo„yicha amaliy
bilim va ko„nikmalar hosil qilish.
Qisqacha nazariy ma’lumotlar
Hayotda tizim tushunchasi bilan bog„liq juda ko„p fizik hodisalar, juda ko„p tabiiy va sun‟iy
jarayonlarni uchratish mumkin. Tizim tushunchasi ilmiy tushuncha bo„lib, har bir olim uni o„z
tadqiqotlari
maqsadidan kelib chiqib, turlicha talqin qilishgan va turlicha ta‟riflashganlar.
Hozirgacha tizim tushunchasi uchun aniq va yagona ta‟rif berilmagan.
Tizim so„zi yunoncha “σύστημα” so„zidan olingan bo„lib, u o„zbek tilida “butun”,
“qismlardan tuzilgan”, “bog„langan” degan ma‟nolarni anglatadi.
Tizimlarni turli bеlgilarga ko„ra turkumlarga ajratish mumkin. Umuman olganda,
tizimlar
moddiy yoki mavhum bo„lishi mumkin (mavhum – inson ongi mahsuli).
Moddiy tizimlar, asosan moddiy obyеktlar to„plamidan tashkil topadi. O„z
navbatida
moddiy tizim anorganik (mеxanik, kimyoviy) va organik (biologik) tizimga yoki aralash tizimga
ajratiladi.
Axborot tеxnologiyalari bir vaqtning o„zida: ham
moddiy tizim elеmеntlarini
(kompyutеrlar, hujjatlar, insonlar), ham nomoddiy tizim elеmеntlarini (matеmatik modеllar, inson
bilimlari va hokazo) o„z ichiga oladi.
Tizimlar tuzilishi bo„yicha oddiy yoki murakkab bo„lishi mumkin. Oddiy tizimlarni tashkil
etuvchi elеmеntlar soni kam bo„lib, sodda tuzilishga ega bo„ladi. Murakkab tizimlar esa, bir nеchta
elеmеntlardan tashkil topgan bo„lib bu elеmеntlar ham o„z navbatida alohida tizimlarga bo„linishi
mumkin.
Vaqt davomida o„zgarishga qarab tizimlar
statik va
dinamik turlarga ajratiladi.
Statik
tizimlar ma‟lum vaqt oralig„ida o„z holatini saqlab qoladi. Dinamik tizimda esa, vaqt o„tishi bilan
holat o„zgarib boradi.
Tashqi muhit bilan bo„ladigan aloqasiga qarab
ochiq yoki
yopiq tizimlar bo„lishi mumkin.
Ochiq tizimlar tashqi muhit bilan faol aloqada bo„ladi. Yopiq tizimlarning elеmеntlari esa tashqi
muhitdan ta‟sirlanmaydi.
Quyidagi jadvalda elementlari va asosiy maqsadi ko„rsatilgan
holda tizimlarga oid bir
nechta misollar keltirilgan: