1) tizim elementlardan tashkil topgan bo„lishi lozim;
2) bu elementlar o„zaro va tashqi muhit bilan aloqada bo„lishi lozim;
3) tizim aniq maqsad bilan “faoliyat yuritishi” lozim;
4) tizimda funksiya bo„lishi lozim;
5) tizim komponentlarga va strukturaga ega bo„lishi lozim va hk.
Shunday qilib, tizim tushunchasi qadimdan ilmiy soha vakillarini
qiziqtirib kelgan ilmiy
tushuncha bo„lib, unga ta‟rif berishda olimlar turli nuqtayi nazarga yondashganlar.
Masalan, Aristotel tizimni “u o„zining qismlaridan taskil topgan butunlik” deb tushuntirgan
bo„lsa, falsafaning boshqa bir sahifalarida uni “butun va uning o„zining
qismlari orasidagi
munosabat” deb talqin etilganligini ko„rish mumkin.
XIX-XX asrlarga kelib tizim tushunchasiga nisbatan ilmiy yondashuvlar ta‟sirida
zamonaviy dunyoqarashlar bilan yangicha ta‟riflar kiritildi.
Do'stlaringiz bilan baham: