Amaliy antropologiya va biomexanika asoslari


Qanot osti (qo’ltiq) nervi


Download 1.67 Mb.
bet39/101
Sana30.03.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1310342
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   101
Bog'liq
portal.guldu.uz-AMALIY ANTR. VA BIOMEXANIKA ASOSLARI

Qanot osti (qo’ltiq) nervi deltasimon mushakni, uning ustidagi terini va yelka bo’g’im xaltasini innervatsiyalaydi.


B e l o’ r i m i belni uch old qismini ustki. qisman pastki qovurg’alararo va to’rtinchi bel nervlaridan tashkil topgan bo’lib, ular katta bel mushagini orqa qismining chuqurligida joylashgan.

Bel o’rimini eng katta butoqlari quyidagilar.


S o n n e r v i qov boylamini tagidan sonni old yuzasiga o’tadi va u yerda to’rt boshli va mashinachilar mushaklarini, hamda ular ustidagi terini nerv bilan ta'minlaydi.
Bundan tashqari son nervidan, boldirni medial yuza terisini innervatsiyalovchi, oyoqni ichki nervi chiqadi.

Q u l f l o v c h i n e r v nomdosh kanal orqali songa o’tadi. Sonda bu nerv medial (yaqinlashtiruvchi) mushakni va uning ustidagi terini innervatsiyalaydi.


Q u у m i ch o’ r i m i qisman to’rtinchi va beshinchi umurtqa hamda quymuch va dumg’aza nervlaridan iborat. Bu о5rim kichik chanoq bo’shlig’ida joylashgan va uning butoqlari, chanoqni hamma mushaklarini. sonni orqa mushaklarini va ustidagi terini, boldirni medial yuzasidagi teridan tashqari, boldir va oyoqlarning mushak va terilarini hammasini innervatsiyalaydi. Quymuch o’rimining eng katta butog’i - quymuch nervini tashkil qiladi va bu nerv butun tana nervlari ichida eng kattasi hisoblanadi. U kichik chanoq bo’shlig’idan chiqib, sonni orqa yuzasiga o’tadi. U yerda yarim pay, yarim parda va ikki boshli mushaklarni nervlashtiradi. Quymuch nervi tizza osti chuqurligini tepa burchagida ikki (katta boldir va umumiy kichik boldir) butoq nervlariga ajraladi.

K a t t a b o l d i r n e r v i o’zining butoqlari bilan boldirni orqa mushaklarini va ular ustidagi terini, hamda oyoq panja izining mushaklarini va terisini nervlashtiradi.


U m u m i y k i c h i k b o l d i r n e r v i o’z navbatida chuqur va yuza kichik boldir nervlariga bo’linadi. Ulardan birinchisi, boldirni old mushaklarini va panja ustini, ikkinchisi esa - boldirni mushaklarini va panjaning ustki qismini innervatsiyalaydi.


Orqa miyaning reflektor faoliyati quyidagilardan iborat. Orqa miyada, turli vazifalarning reflektor markazlarini negizi, jumladan mushak faoliyatining markazlari yotadi. Orqa miyaning har bir (segment) bo’lagi ma'lum mushak guruhlariga ta’aluqli. Masalan: diafragma, bo’yin, yelka kamari va qo’l mushaklarining harakatlanish reflektor markazi, bo’yin segmentida; tana mushaklarini markazi - ko’krak segmentida; chanoq va oyoq mushaklarini markazi - bel va quymuch segmentida joylashgan.

Orqa miyada yana ba'zi boshqa refleks va markazlar mavjud. Masalan: ter chiqarish va tomir-harakatlantirish markazlari - ko’krak va bel qismida; siydik ajratish va jinsiy a'zolar faoliyat markazi - quymuch qismida.


Mushak tonusi (aktivligi) ham reflektorlik haraktyerga ega. Hamma mushaklar doimiy ravishda ma'lum tonus (aktiv) holatda bo’ladi. Mushaklarda, paylarda, boylamlarda va bo’g’im xaltalarida sezish nervlarining uchlari bo’lib, ularning holatini o’zgarishi retseptorlami qo’zg’alishiga olib keladi. Qo’zg’aluvchanlik, sezish nervlari orqali orqa miyaga, undan esa harakatlantiruvchi nerv vositasida mushaklarga uzatiladi. Yuqoridagilar natijasida ma'lum holatda mushaklar tonusi ushlab turiladi.

Qo’zg’aluvchanlikni vazifasi quyidagilardan iborat. Orqa va bosh miyalarning о’rim bo’limlari o’tkazuvchanlik yo’llari orqali nerv tolalari bilan: orqa miya nervlari esa - a'zolar (mushak, teri, qon tomirlar va boshqalar) bilan bog’langan.


Orqa miyada o’tkazish yo’llari ikki turda: markazga intiluvchi (sezuvchi) va markazdan qochuvchi (harakatlantiruvchi) bo’ladi. Shundan kelib chiqib orqa miya nerv lar tarkibida sezuvchi va harakatlantiruvchi nerv tolalari faoliyat ko’rsatadi.
Markazga intiluvchi yo’llar orqali a'zolar (teri, mushak va boshqalar) dan bosh miyaga nerv impulslari o’tkaziladi.

Markazdan qochuvchi yo’llar orqali bosh miyadan orqa miyaga, undan esa harakatlanish tolalari vositasida nerv impulslari a'zolarga uzatiladi. Shu impulslar ta'sirida turli a'zolar holati o’zgaradi (masalan, skelet mushaklari qisqaradi).


Orqa miyaning shikastlanishi (shish, jaroxat va boshqa), uning vazifasini o’zgarishiga olib keladi. O’tkazish yo’llarnin shikastlanishi tananing turli qismlarini sezuvchanligini yo’qolishiga, ya'ni mushaklarni qisqarish qobiliyatini buzilishi (shol bo’lib qolish) va boshqa xodisalarga sabab bo’ladi. Orqa miyaning vazifasini aniqlashda. uning faoliyati bosh miyaning muvozanatlash ta'siri ostida amalga oshirilishi hisobga olinishi kerak.





Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling