Amaliy antropologiya va biomexanika asoslari


Download 1.67 Mb.
bet38/101
Sana30.03.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1310342
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   101
Bog'liq
portal.guldu.uz-AMALIY ANTR. VA BIOMEXANIKA ASOSLARI

о’ у i n o’ r i m i to’rtta ustki bo’yin nervlarining old butoqlaridan tuzilgan bo’lib, bo’yinni orqa qismining terisini, o’mrov usti va o’mrov osti xududlarini va quloq kemigini innervatsiya qiladi.

Y e l k a o’ г i m i to’rtta pastki bo’yin nervlarining old butoqlaridan va qisman birinchi ko’krak nervining old butog’idan tashkil topgan. O’rimning o’mrov usti qismidan bir nechta qisqa nervlar tarqalib, tana va ko’krakda joylashgan qo’l mushaklarini nerv bilan ta'minlaydi. O’mrov osti qismi qo’lni uzun nervlarining boshini beruvchi uchta ustki, pastki va o’rta yo’g’on ustunlardan iborat. Ustki ustundan, yelkani bukishga xizmat qiluvchi, mushak - teri nervlari; pastki ustundan - yelka va yelka oldi, bilak va o’rta nerv qabig’i; o’rta ustundan esa - tirsak va qanot osti (qo’ltiq) nervlari boshlanadi.




O’ r t a n e r v yelkada butoq bermay, bilakda, qo’l panjasini tirsak bukuvchisidan va barmoqlarini bukuvchi chuqur qismidan tashqari, hamma old mushaklarni nerv bilan ta'minlaydi (innervatsiyalaydi). O’rta nerv bilakdan panjaning kaft tomoniga o’tib, bosh barmoq do’mbog’ini, ikkita chuvalchangsimon mushaklarni va I, II, III,IV barmoqlarni orqa tomonini innervatsiyalaydi.
Bilak nervi uch boshli mushakni va velkaning orqa yuza, terisini, bilakni orqa mushagini va orqa yuza terisini panja I va qisman II va III barmoqlarini orqa yuzalarini innervatsiyalaydi.


Tirsak nervi bilakda barmoqni tirsak bukuvchi mushakni va barmoqlarni bukuvchi chuqur mushaklarni qolgan qismlarni nerv bilan ta'minlaydi. Bilakni quyi bo’limida nerv ikki butoqqa bo’linib. panjaga o’tadi va u yerda: bitta nerv - beshinchi, qisman to’rtinchi va uchinchi barmoqlarni; ikkinchisi esa beshinchi barmoq do’moq’ining mushaklarini, hamma suyaklararo va qolgan ikkita chuvalchangsimon mushaklarni, hamda beshinchi barmoqni va to’rtinchini yarmini kaft yuzasidagi terini innervatsiyalovchi, nervlarga bo’linadi. Shuni takidlash kerakki tirsak nervi yelkadan bilakka o’tganda yelka suyagini medial to’piq ustida va tirsak suyagini o’simtasida yuza joylashgan bo’ladi va u yerda oson shikastlanishi mumkin.



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling