Amaliy antropologiya va biomexanika asoslari
Y u r a k n i t u z i l i s h i
Download 1.67 Mb.
|
portal.guldu.uz-AMALIY ANTR. VA BIOMEXANIKA ASOSLARI
Y u r a k n i t u z i l i s h i . Yurak konussimon shaklga ega, ichi bo‘sh mushak a'zosidan iborat. Yurakni asosiy qismi ko'krak qafasining chap yarmida joylashgan. Uning o’lchami taxminan odamning musht o’lchamiga; massasi esa - 300gr. ga yaqin.
Odam yuragi to’rt kamerali bo’lib, o’zaro bog’lanmagan o’ng va chap bo’laklarga ajralib turuvchi, bo’ylama to’siq bilan ta’minlangan. Yurakning har bir bo’lagi o’z navbatida, yurak oldi-qonincha orasida joylashgan teshikcha yordamida ulangan, ustki - yurak oldi va pastki - qorinchadan tashkil topgan. Shuni ta'kidlash kerakki, yurakning chap qorinchasi o’ng qorinchaga nisbatan ancha qalin. Odam tanasidagi hamma qon katta va kichik doiralar bo’ylab harakatlanadi. Katta doira bo’ylab qon yurakning chap qorinchasidan a'zolarga tarqaladi, a'zolardan esa - o’ng yurak oldi qismiga yiqiladi. Qon aylanishning kichik doirasi yurakning o’ng qorinchasidan chiqib, o’pka orqali chap yurak oldi qismiga boradi. Chap qorinchadan a r t a deb ataluvchi eng katta arterial tomir chiqadi va u arterial qonni butun organizmga olib borishga xizmat qiladi. Aortalar ikki qismga bo’linadi: birinchisi ko’tariluvchi (ko’tariluvchi aorta), aorta yoyi; ikkinchisi pasayuvchi (pasayuvchi aorta) qismlaridir. Ko’tariluvchi aorta yurakni qon bilan ta'minlaydi. Aorta yoyidan: yelka-bosh ustuni, umumiy chap uyqu va chap o’mrov osti kabi uchta katta arteriyalar tarqaladi. O’z navbatida yelka-bosh ustuni umumiy o’ng uyqu va chap o’mrov osti arteriyalariga bo’linadi. Umumiy o’ng va chap uyqu arteriyasi bo’yinning ikki tomonidan qalqonsimon tog’ayning ustki qismigacha ko’tarilib, u yerda ikki tashqi uyqu va ichki son butoqlariga ajraladi. O’mrov osti arteriyalarning har biri qo’ltiq qismiga o’tadi va yelka kamar mushaklarini, hamda yelkaning bo’g’im xaltasini qon bilan ta'minlaydi. Qo’ltiq arteriyasi yelkaga, yelkadan esa bilak va tirsak arteriyalariga o’tadi. Yelka, tirsak va bilak arteriyalari: qo’lni erkin turgan qismining terisini: mushaklarni va suyaklarni qon bilan ta'minlaydi. Pasayuvchi aorta diafragma vositasida ko’krak va qorin qismlarga bo’linadi. Qorin aortasi IV-V bel umurtqalari atroflda umumiy o’ng va chap qov aortalariga. ular esa - qov dumg’aza bo’g’imi xududida tashqi va ichki qov arteriyalariga ajraladi. Ichki qov arteriyaning bir butog’i chanoq-son bo’g’imini va son mushaklarini qon bilan ta'minlashda ishtirok etadi. Tashqi qov arteriyasi songa o’tadi, uning davomi son arteriyasi deb nomlanib. son mushaklarini, terisini va suyagini qon bilan ta'minlaydi. Son arteriyasi tizza ostiga o’tib, o’z navbatida old va orqa katta boldir tomirlariga aylanadi va ular boldir(mushak? teri, suyaklar)ga qon yetkazib beradi. Orqa katta boldir arteriyadan nisbatan katta tomir chiqib kichik boldir tomon o’tadi, ular oyoq panjasining izida medial va lateral arteriyalarga bo’linadi. Old katta boldir arteriya esa - oyoq panjasini ust qismiga o’tadi. Shu oyoq panjasini iz va ust qismlarini arteriyalari butun panjani qon bilan ta'minlaydi. Odam tanasining arteriyalari asosan mushaklar orasida chuqur joylashadi. Faqat ba'zi joylarda yuzaga yaqin. ya'ni mushaklar bilan himoyalanmagan bo’ladi. Masalan, bilak suyagining distal boshchasida mushaklar bilan yopilmagan va uni bir oz bosilishi og’riq keltirib chiqaradi. Chuqur venalar asosan arteriya yo’nalishi bo’ylab yotadi. Venalarning yuzakilari iaqat teri osti hujayralaiiiii yopib turadi va agar unda yog’ to’qimalari kam bo’lsa. teri ostidan aniq ko’rinib turadi. Odam tanasida qon aylanish sistemasidan tashqari, limfatik tomirlar mavjud. Ular vena sistemasini to’ldiruvchi vazifasini bajarib, vena qonini qo’shimcha harakatianishiga xizmat qiladi. Limfatik sistemani qismlari sifatida limfatik kapillyarlar, tomirlar, ustunlar va boylamlar ishtirok etadi. Ularning hammasi limfa bilan to’ldirilgan bo’ladi. Limfa tarkibi bo’yicha qon plazmasini eslatadi. Limfatik sistemaning vazifasi turlicha: tozalaovchi, immuno-himoyalovchi, saqlovchi va limfa tashkil qiluvchilarga bo’linadi. Limfatik kapillyarlar to’qimalarni qon yurituvchi kapillyarlariga singmaydigan (vuqori molekulalik oqsillar. boshqa jins bo’lakchalar va boshqa) mahsulotlardan tozalaydi. Bu ingradientlar limfa bilan limfatik tomirlarga o’tib, ularning har biri limfatik boylamlarda ushlab qolinadi. Boylamlar, immunitetni ta'minlovchi, limfotsit mahsulotdan va oqsil moddalar(antitel)dan himoyalovchi joy hisoblanadi. Povabzalni ichki shakli(qolip)ni loyihalashda qon aylanish sistemasining normal holatda bo’lishi muhum omillardan biri hisoblanadi. Chunki poyabzal oyoq panjasiga yopishib turadigan, egiluvchan va karkas konstruktsiyadan iborat. Shuning uchun oyoq panjasining yuzasida paydo bo’ladigan ozgina bosim kapillyarlami ezilishiga va ulardan qon o’tmay qolishiga olib kelishi mumkin. Sezilarli bosim odam terisini, ayniqsa oyoq panjasini, ma'lum darajada oqarishiga olib keladi. Kapillyarlarda uzoq vaqt davomida qon aylanishini buzilishi oyoq panjasini travmatik zaralanishiga sabab bo’ladi. Agar yuqoridagi omillar, poyabzalni ichki shakli(qolip)ni loyihalashda hisobga olinmasa uning qulayligi yo’qoladi va poyabzal noratsional deb hisoblanadi. Oyoq panjasida, teri qatlamlari va suyak strukturasida qon aylanish sistemasini buzmay, ya'ni uni normal harakatlanishini ta'minlaydigan holat, poyabzalni qulay deb hisoblash imkonini beradi. Ma'lumki, oyoq panjasi poyabzalda, ayniqsa tufli va qo’njsiz botinkalarda, ko’ndalang yo’nalishda biroz siqilgan bo’ladi. Oyoq panjasi tayanchda bo’lmagan holatda, poyabzal birinchi marta kiyilishida panjani siqilishi va poyabzal ustki material lari ko’ndalang yo’nalishda cho’zilishi seziladi. Bu o'z navbatida poyabzalni oyoqdan tushib ketmasligini ta'minlaydi. Poyabzalni oyoqqa bo’lgan bosimini ob'yektiv baholash talab qilinadi. Oyoq panjasining siqilishida qon bilan ta'minlanishning o’zgarishini aniqlash, ob’vektiv baholash omillaridan sanaladi. Buning uchun L.P.Gurova, Yu.I.Pushkar va Yu.P.Zibinlar tomonidan oyoq panjasi tomirlarida qon aylanish darajasini o’zgartirmay. joiz bo’lgan bosimni aniqlashda bo'ylama reografiya usuli qo’llanilgan. Bu usul nafaqat katta qon tomirlarda, balki vena va uncha katta bo’lmagan arterial tomirlarda qon yurishini eng to’liq ifodalashga imkon beradi. Ma'lum bosim berish uchun. bo’shlig’iga havo yuboriladigan, ichi bo’sh rezina manjetni oyoq panjasiga kiygizilib qon yurish darajasi aniqlangan. Oyoq panjasini buqilish (0,48-0.68L„„) qismida bosim o’lchangan. Natijalari quyida keltirilgan:
Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling