Amaliy antropologiya va biomexanika asoslari


Qon hosil qilish organlari


Download 1.67 Mb.
bet32/101
Sana30.03.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1310342
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   101
Bog'liq
portal.guldu.uz-AMALIY ANTR. VA BIOMEXANIKA ASOSLARI

Qon hosil qilish organlari. Organizm butun hayot davrida, o’z faoliyatini tugatgan hujayralami yemirilishi va o’lishi, hamda ular o’rniga yangi hujayralar paydo bo’lishi, qon hosil qilish organlari deb atash qabul qiiingan. Eritrotsitlar 120 kungacha, leykotsitlaming har xil guruhlari 1-3 dan 15-20 kungacha, trombotsitlar esa-5 kunga yaqin hayot muddatini tashkil qiladi. Qon hujayralari qizil ilik yog’i, limfatik boylamlar va taloqda rivojlanadi.


Qizil ilik yog’i yoshi katta odamlarda qisqa va yassi suyaklarning g’ovak xonacha(yacheyka)larida, hamda uzun suyaklar epifizlarida bo’ladi. Homiladagi yoki yangi tug’ilgan bolalarda, yuqoridagilardan tashqari, naysimon suyak kanalida bo’lib, u yerda qizil ilik yog’i, yosh ulg’ayishi bilan sekin asta sarg’ayadi va sariq ilik yog’i qon hosil qilishda ishtirok etmaydi. Qizil ilik yog’ini asosini, qon tomirlari bilan boy ta'minlangan, retikulyar to’qima tashkil qiladi. Qizil ilik yog’ida maxsus hujayralar joylashgan bo’lib, ularda muayyan qon elementlari rivojlanadi. Qizil ilik yog’ining umumiy hajmi odam tanasida, 1500 sm3 dan ko’prog’ini tashkil qiladi.


Limfatik boylamlar qon tomirlarini yo’nalishi bo’yicha joylashgan va ular limfatsitlarni rivojlantiruvchi a'zo hisoblanadi.


Taloq diafragma tagida chap qovurg’a osti qismida joylashgan bo’lib, u qon hosil qilishda ishtirok etishdan tashqari, boshqa vazifalarni ham bajaradi. Taloq o’z muddatini
o’tab bo’lgan eritrotsitlami parchalaydi va sezilarli miqdordagi qonni vaqtincha saqlash qobiliyatiga ega.


1.6.2. YURAK - TOMIR SISTEMASI.

Organlarda qon doimiy harakatda bo’ladi. Bu harakat qon aylanish sistemasi deb ataladi. Qon odam a'zolarini oziqa moddalari va kislorod bilan ta’minlaydi, almashinuv maxsullarini tashqariga chiqaradi, gumoral regulvatsiya va boshqa organizmni hayotiy vazifalarini bajaradi. Qon aylanishini to’xtashi organizmni o’lishiga olib keladi.


Qon, tomirlar bo’y lab harakatlanadi va ular har xil diametrli elastik naychalardan tashkil topgan. Qon tomirlari butun tanada mavjud bo’lib, ular bir-biriga o’tuvchi yagona sistemadan iborat. Qon aylanishining asosiy organi yurak bo’lib, doimiy ravishda qisqaruvchi, ichi bo’sh mushakli a'zodir. Organizmda qonning harakatlanishi, yurakni qisqarishi natijasida vujudga keladi.

Yurak - tomir sistemasi faoliyati nerv sistemasi tomonidan boshqarilib turiladi, Yurak va tomirlar ishlashiga gormon va boshqa moddalar ham ta'sir ko’rsatadi.





Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling