Amaliy antropologiya va biomexanika asoslari
TOMIRLAR SISETMASI TO’G’RISIDA UMUMIY TUShUNChA
Download 1.67 Mb.
|
portal.guldu.uz-AMALIY ANTR. VA BIOMEXANIKA ASOSLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qonning vazifasi.
1.6. TOMIRLAR SISETMASI TO’G’RISIDA UMUMIY TUShUNChA.
1.6.1. QON Yurak bilan qon tomirlari va limfatik sistema birgalikda tomirlar sistemasini tashkil qiladi. Zichligi 1,054 1,066 g/sm3 bo'lgan qizil rangdagi suyuqlik qonni ifodalaydi. Yoshi ulug’ odamlarda qonning umumiy miqdori, o’rtachi 51 (odam massasining 1/13 qismiga) teng. To’qima suyuqligi va limfa birgalikda qon a'zosining ichki muhitini tashkil qiladi va turli xil vazifalarni bajaradi. Qonning vazifasi. Qon, modda almashinuvida muxim rol o’vnaydi. Qon hamma a'zo to’qimalariga. achchiq ichakdan so’rib olish yo’li bilan. oziqa moddalar yetkazib beradi va ajralish organlari orqali parchalangan mahsulotlarni chiqarib tashlashga xizmat qiladi. Qon, nafas olishda ham muhum vazifani bajaradi. U hamma a'zo to’qimalarini kislorod bilan ta'minlab, karbonat angidridni o’pka orqali tashqi muhitga chiqaradi. Qon, a'zolar faoliyatini muvozanatlaydi. U hamma a'zolarga har xil garmon va boshqa moddalarni yetkazib beradi. Qonning himoya vazifasi, unda himoya hususiyatiga ega fagotsitoz kletkalari va boshqa muhum moddalar anti tanachalar, himoya rolini bajaruvchi kletkalar hisoblanadi. Qon organizmda issiqlikni taqsimlanishida va tanada doimiy hararotni ushlab turishda ishtirok etadi. Tomirlarda qonni harakati tufayli tananing issiqligi yuqori qismidan kam qismiga o’tkazadi. Ortiqcha issiqlikni esa, qon tashqi muhitga chiqaradi va shu tufayli organizmni isib ketishidan saqlaydi. Tani sog’ odamda qon miqdori va tarkibi, uning fizik - kimyoviy hususiyatlari nisbatan bir me'yorda va doyimiy. Organizmdagi sharoitga qarab, ular o’zgaruvchanlikga uchrashi mumkin, lekin tez muvozanatlanadi. Qonda nisbatan doimiy miqdorda oqsillar, glyukoza, qon ivituvchi va qon ivishiga qarshi moddalar, tuzlarni kontsentratsiyasi, osmatik bosim, kimyoviy reaktsiya, qon harakati, doimiy miqdorda ushlab turiladi. Shuning uchun qonni tarkibi va hususiyatini doimiyligi, hamma organ va to’qimalarini hayot faoliyatini zaruriy va kerak shartlari hisoblanadi. Odam va boshqa issiq qonli jonzodlarda hujayralar va to’qima suyuqligi, hamma to’qimalar va qon ichidagi hujayralarning modda almashinuvi organizmni ichki muhiti (qon. to’qima suyuqligi, limfa) nisbatan doimiy bo’lganda m e'yo rd a g id a y bo’ladi. Jonzod kasallanganda. hujayra va to’qimalarda modda almashinuvi, hamda kasallik tufayli qonni tarkibi va hususivatlarida o’zgarish kuzatiladi. Qonning tarkibi va hususivatlari. hujayra va to’qimalarning modda almashinuvini o’zgarishi, jonzod kasallanganda namoyon bo’ladi. O’zgarish holatiga qarab, ma'lum darajada, kasallik to’g’risida mulohaza qilish mumkin. Shuni ta'kidlash kerakki, qon tomirlari bo’ylab hamma qonning bir qismi harakatlanmay. taloq, jigar va teri osti hujayra kapillyarlarida saqlanadi. Aylanuvchi qonning hajmi organizmni holatiga qarab. saqlangan qon hisobiga, kamayishi yoki ko’payishi mumkin. Ko’p miqdorda suyuqlik iste'mol qilish va ichakdan suv so’rilish natijasida qonning umumiy miqdori qisqa vaqtga ko’payishi mumkin. Lekin sog’lom odamni organizmidan ortiqcha suv nisbatan tez buyrak orqali chiqarib yuboriladi. Qon miqdorini vaqtincha kamayishi qon yo’qotish paytida kuzatiladi. Qonni ko’p miqdorda (butun hajminil/3-1/2 qismigacha) tez yo’qotilishi o’limga sabab bo'iishi mumkin. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling