Amaliy antropologiya va biomexanika asoslari


-rasm. Yelka, tezlik richagi sifatida


Download 1.67 Mb.
bet26/101
Sana30.03.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1310342
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   101
Bog'liq
portal.guldu.uz-AMALIY ANTR. VA BIOMEXANIKA ASOSLARI

1.17-rasm. Yelka, tezlik richagi sifatida

Tananing ko’pchilik mushaklari ikkinchi turkumdagi richag printsipida ishlaydi. Harakat qulochi mushak tanasini va richag yelkasini uzunligiga bog’liq. Oyoq va qo’l suyaklari, o’zini uzunligiga teng radius bilan trayektoriya chizishi mumkin bo’lgani uchun, katta kuchga ega desa bo’ladi. Harakat qulochiga bo’g’im yuzalarini bir-biriga mosligi, bo’g’im ichi tog’aylarni mavjudligi va bo’g’im xaltalarini cho’zilishi katta ta’sir ko’rsatadi.


Mushakaturaning rivojlanish darajasi har odamda har xil. U yoshiga, jinsiga.


kasbiga va boshqa omillarga bog’liq.


Mushaklarning o’sishi va rivojlanishi har xil yosh davrlarda bir xil bo’lmaydi. Yangi tug’ilgan bolalarda butun muskulaturaning vazni, tananing umumiy massasidan 24% ni tashkil qiladi. Maktabgacha yoshda mushak massasi kam o’zgaradi va 7 yoshda 28% gacha etadi. Ammo 7 dan 12 yoshgacha mushak tolalarini yo’g’onlashish hisobiga. mushaklar massasini tez o’sishi kuzatiladi. Keyinchalik muskulaturani o’sishi sekinlashib, 18 yoshgacha davom etadi va tana og’irligiga nisbatan 30-45% ga etadi. Erkaklarga nisbatan, ayollarda mushaklar massasi sezilarli kam.


Ko’pchilik mushaklarning anatomik qismlarini o’sishi bir xil emas. Mushaklarni qisqaruvchi go’shtdor qismiga nisbatan, 13-15 yoshdagi bolalarda pay uzunligi jadallik bilan o’sishi kuzatilgan. Bunday holat naysimon suyaklarni o’sishiga monand ravishda bog’liq. Shu yoshda mushaklar uzun va nozik bo’lib. o’spirinlarni o’zi esa - uzun oyoqli va uzun qo’lli bo’lib ko’rinadi. Yaxshi rivojlangan muskulaturali sportchilarda mushaklar massasi tana og’irligidan 50% ni tashkil qilishi mumkin.


1.5.1. Qo’lni erkin turgan qismining mushaklari

Qo’l odam gavdasining erkin, harakatchan qismlaridan biridir. Qo’lning erkin harakati qo’l mushaklari yordamida amalga oshiriladi. Qo’l mushaklari yelka kamari va



qo’lning erkin qismi mushaklariga bo’linadi. Qo’lning erkin qismi o’z navbatida yelka, bilak va panja mushaklariga bo’linadi.

Yelka soxasida uzun mushaklar joylashgan bo’lib, yelka suyagini boshidan oxirgacha yopib turadi va oldingi, hamda orqa guruhga bo’linadi. Yelkaning old tomonida ikki boshli mushak va yelka mushagi joylashgan.


Ikki boshli mushaklarning boshlari ikki yerdan boshlanib. ikki yerga birikkani uchun bu mushaklarning ayrim tizimlari qisqarganda turli ishlarni bajarishi mumkin: uzun boshi, yelka suyagini gavdadan uzoqlashtiradi va bir oz ichkariga buradi; kalta boshi yelka-suyagini old tomonga ko’taradi. yelka gavdadan uzoqlashgan holda bo’lsa. uni gavdaga yaqinlashtirishda ishtirok etadi. Umuman yelkaning ikki boshli mushagi tirsak bo’g’imining kuchli bukuvchisidir. Yelka mushagi esa, tumshuqsimon mushak bo’lib, yelkani ko’taradi va gavdaga yaqinlashtiradi.

Yelkani orqa tomonida, uch boshli va tirsak mushagi joylashgan. Yelkaning uch boshli va tirsak mushaklari bilakning tirsak bo’g'imini yozadi. Bilak mushaklari joylashishiga qarab uch guruhga, oldingi, orqa va lateral guruhlarga bo’linadi.


Bilakning oldingi guruhi mushaklariga kaftni va panjani bukuvchi mushaklar kirsa, orqa va lateral guruhga asosan yozuvchi mushaklar kiradi.

Bilakning oldingi guruh mushaklari yuza va chuqur qatorlarda joylashgan. Kaftni bilak tomonga bukuvchi mushak, yuza qavat mushak bo’lib, bilakning uzun suyaklari sohasidan ikkinchi kaft suyagi tomon o’tar ekan. mushak payi trapetsiyasimon suyakdagi chuqur ariqchaga joylashgan. Bu mushak kaftni oldinga va bilak suyagi tomoniga bukadi.


Kaftni uzun mushagi kaft aponervrozini tarang qiladi va kaftni bukadi. Panjani bukuvchi yuza mushak va panjani bukuvchi chuqur mushaklarining har biri to’rttadan alohida payga aylanib II-V barmoqlarini bukadi, binobarin panjani ham bukadi.


Bosh barmoqni bukuvchi uzun mushak bosh barmoqning tirnoq falangasini bukadi.


а



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling