Amaliy antropologiya va biomexanika asoslari
Download 1.67 Mb.
|
portal.guldu.uz-AMALIY ANTR. VA BIOMEXANIKA ASOSLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mushak tanasi
1.14-rasm. Mushaklar shakli
Mushaklar shakli va o’lchamlari turlicha bo’lib, ular uzun va nozik, qisqa va yo’g’on. keng va yassi bo’lishi mumkin. Tanada joylashgan mushaklar, qo’l va oyoq mushaklariga nisbatan, ancha yassi shaklga ega. Qo'l va oyoq mushaklari yuqori uzunligi, urchuqsimon shakli bilan ajralib turadi va bir (1.15,a-rasm). ikki (1.15,b-rasm) yoki ko’p (1.15,v-rasm) bo’g’imli birlashuvlar atrofida joylashgan mushaklar hisoblanadi. Mushaklarni xilma-xilligi ularning bajaradigan vazifasi bilan bog’liq. Uzun nozik (masalan oyoq va qo’l barmoqlarini bukuvchi) suyaklarga katta bo’lmagan maydon bilan birlashgan mushaklar, asosan katta ampletuda bilan harakatlanadigan joyda ishtirok etadi. Qisqa yo’g’on mushaklar (masalan belni kvadrat mushagi) esa. yuqoridagiga qarama-qarshi, kichik ampletuda bilan harakatlanadi. lekin ular kuchli va yuqori qarshilikni yenga oladi. M u s h a k l a r t u z i l i s h i . Skelet mushagining har biri ko’ndalang yo’l - yo’l mushak tolalari va boylamdan iborat. Bu boylamlarni g’ovak birlashtiruvchi to’qima o’rab turadi. Mushaklar guruhi yoki, alohida mushak ancha qalin, zich birlashtiruvchi to’qima plastina - fastsiya bilan qoplangan. Mushaklar tana (yoki qorincha), bosh va dum qismlardan iborat bo’ladi. Mushak tanasi, mushakni o’rta go’shtli qismi bo’lib, mayda tolalardan tashkil topgan. Suyakni qo’zg’almas qismiga bilashgan bo’lagi mushak boshi, qo'zg’aluvchi qismiga birlashuvchi bo’lagi esa, dumi deb ataladi. Mushaklarni boshi va dumi pay tolalaridan iborat bo’lib, bu kollagen tolalar cho’zilishga yuqori qarshilik ko’rsatuvchiligi bilan farqlanadi. Mushaklarning keng. yassi pay lari aponveroz deb ataladi. Mushaklar, harakat faoliyatda ishtirok etib. ta'minlash (qon, ovqat hazm qilish, nafas olish va boshqalar) va boshqarish (nerv, endokrin) sisemalaridan iborat. Mushakka boruvchi nerv uch xil: harakatlanuvchi; vegetativ (o’sish); sezuvchi tolalarga ega. Harakatlanuvchi tolalar bo’ylab. markaziy nerv sistemasidan yuborilgan impulslar, mushaklarni qisqartirishga xizmat qiladi. Vegetativ tolalar, vegetativ markazdan kelgan impulslar, moslashuv-trofik vazifasiga (modda almashinuviga, tomir devorlarini holatiga, mushaklarni o fsis/ti va rivojlanishiga) ta'sir qiladi. Mushakdan miyaga boruvchi impulslar esa- sezuvchi tolalar hisoblanadi. Mushaklar qisqarish va cho’zilish qobiliyatiga egaligi, doimiy noixtiyoriy kuchlanishi muhum holatni ifodalaydi va u tonus deb ataladi. Mushak tonusi markaziy nerv sistemasi orqali boshqariladi va u reflektor haraktyerga, ya'ni cho’zilish paytida mushakni o’zida pay do bo’luvchi impulsga bog’liq. Mushaklarni ishi birdamlikda amalga oshiriladi va uni “harakatni koordinatsiyalash ” deb nomiash qabui qiiingan. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling